1-amaliy mashg‘ulot
KIRISH. MULTIMEDIALI ALOQA TARMOQLARINI O`RGANISH
1.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Birlamchi signallarning turlari va ularning tavsiflarini, multimediali signallar
va turli birlamchi signallarning parametrlarini o‘rganish.
1.2. Topshiriq
1.2.1. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv
materiallarning: ma’ruzalar matni, [1] adabiyotning 1-bo‘limini, [2] adabiyotning
9-bo‘limini o‘rganish va keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur.
1.2.2. O‘zingiz yangi pedagogik texnologiya turlari bo‘yicha
telekommunikatsiya tarmog‘ini tuzilishini keltiring.
1.3. Nazorat savollari
1. Aloqa tarmoqlari qanday tuziladi?
2. Birlamchi tarmoq deganda nima tushiniladi?
3. Ikkilamchi tarmoq deganda nima tushiniladi?
4. Birlamchi signalning qanday turlarini bilasiz?
5. Multimedia deganda nimani tushunasiz?
6. Nima uchun multimediga bo‘lgan talab oshib bormoqda?
7. Multimedia texnologiyalarining afzalliklari va xususiyatlari to‘g‘risida
tushuncha bering.
8. Multimediali trafikni qanday turlari
mavjud va ularni qisqacha
xarakterlang?
9. Multimediali trafikni qanday parametrlar bilan xarakterlanadi?
1.4. Amaliy mashg‘ulotga yakun yasash
Telekommunikatsiya tarmoqlarini tuzilishini, birlamchi signallarni turlari va
parametrlari, multimedia aloqa tarmog‘ining
xususiyatlari,
multimediali trafikni
turlari va parametrlari o‘rganildi.
1.5. Foydalaniladigan adabiyotlar
1. В.В. Величко, Е.А. Субботин, В.П. Шувалов, А.Ф. Ярославцев.
Телекоммуникационные системы и сети. Том 3. Мультисервисные
сети. - Москва, Горячая линия – Телеком. 2005. 592 с.
2. Isayev R.I., Atametov R.K., Radjapova R.N. Telekommunikatsiya uzatish
tizimlari. - «Fan va texnologiya», 2011. — 520 bet.