|
1-amaliy mashg‘ulot kirish. Multimediali aloqa tarmoqlarini o`rganishBog'liq 1-5 Amaliy mashg`ulot. MATdocx (1)IP- telefoniya. Ushbu xizmat tarmoqdagi ikkita abonent o‘rtasidagi ovoz
ma’lumotlarini uzatish uchun ishlatiladi. IP – telefoniya xizmati tashkilotlarida
lokal, korporativ, global tarmoqlar va Internet tamog‘i ishlatilishi mumkin. Telefon
tarmog‘ida umumiy foydalanishda ishlatiladigan mahsus shlyuzlar yordamida
telefon tarmog‘ida abonentlar o‘rtasida aloqa ta’minlar beriladi.
Yuqori sifatdagi ovoz. Yuqori sifatdagi ovoz sifatida biz shunday xizmatni
tushanimizki, bunda tovushlarni uzatishda juda yuqori sifatdagi tovushlardan
foydalaniladi. Bunga misol tariqasida musiqa, konsert chiqishlar va boshqa shu
kabilarni olishimiz mumkin.
Videotelefoniya. Bu xizmatda abonent o‘zining ovozi bilan birga sifati past
bo‘lgan uning ko‘rinishi ham uzatiladi. Bunda abonentlar mahsus aloqa apparatidan
foydanishlari kerak bo‘ladi. Bu holda ular real vaqtda birinchi va ikkinchi abonentlar
bir-birlarini ham eshitishlari ham ko‘rishlari mumkin.
Videokonferensiya. Guruh abonentlari o‘rtasida ham ovoz, ham video
trafigini uzatish uchun mo‘ljallangan xizmat turi hisoblanadi. Bunda ovoz va video
bir abonent boshqa bir abonentga bog‘liq bo‘lmagan holda uzatiladi. Ularni signal
uzatishda transport ulab berish ishlatilib, ularni bir-biri bilan transport bosqichining
ma’lum bir protokoli orqali ulanadi.
Tibbiy yordamni masofadan turib ta’minlab berish. Bu xizmat bemorlarga
masofadan turib tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlab beradi. Bu xizmat orqali turli
xil tashxislarni qo‘yish yoki konsultasiyalar qilish mumkin. Bu xizmat trafigi ovoz
va video signallaridan tashkil topgan. Bu xizmat orqali bemorlarga real vaqtda
hizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Videomonitoring. Bu xizmatda ma’lum bir joyda kuzatish olib borish imkoni
mavjud bo‘ladi. Bu joyni qo‘riqlash uchun turli xil vositalardan foydalanish
mumkin. Bunga misol qilib, turli xil rejalashtirilmagan harakatlarda ogohlantiruvchi
signallar, doimiy kuzatuv olib borish va hakozolar.
|
| |