multimedia ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish, IP-telefoniya, raqamli televizion
eshittirish, mobil videoaloqa va talab bo‘yicha raqamli video.
Taqdim etiladigan xizmatlarning tupiga bog‘liq
xolda multimediali trafik
ikkita asosiy toifaga bo‘linadi.
1. Real vaqt masshtabida foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish
uchun multimediali xizmatlarni taqdim etadigan, real vaqtdagi trafik.
2.
Elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlarga bazasini
masofadan turib boshqarish va boshqa shu kabi zamonaviy
telekomunikasiya tarmoqlarda xizmatlar bilan ta’minlab beradigan oddiy
ma’lumotlar trafigi.
Real vaqt trafigini generasiya qiladigan xizmatlarga
misol tariqasida
quyidagilarni keltirish mumkin: IP – telefon, yuqori sifatdagi ovoz, video telefon,
video
konferensiya, masofadan turib tibbiy yordam ko‘rsatish (tashxis qo‘yish,
monitoring, konsultasiya), video monitoring, keng qo‘yiladigan video, raqamli
televideniya, radio va televizor dasturlarini ko‘rsatish.