5-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Statik marshrutizatsiya yordamida multimediya tarmoqlarida
marshrutizatsiya jarayonini sozlash.
Ishdan maqsad: Statik marshrutizatsiya yordamida multimediya tarmoqlarida
marshrutizatsiya jarayonini sozlashni o’rganish
Nazariy qism
Statik marshrutizatsiya — bu shunday mashrutizatsiya usulidirki,
tarmoqdagi mashrutar tarmoq administratori tomonidan mashrutizatorini sozlashda
ko‘rsatilib ketiladi.
Statik mashrutizatsiya usulining afzalliklari quyidagilar:
• Sozlashning soddaligi (katta bo‘lmagan tarmoqlarda),
▪
Tarmoqda qo‘shimcha yuklamani xosil bo‘lmasligi. Dinamik mashrutizatsiyadan
farqli ravishda statik mashrutizatsiyada tarmoqdagi mashrutizatorlar o‘rtasida
xizmat ma’lumoti almashinilmaydi mashrutizatsiya jadvalini tuzish uchun. Bu
esa tarmoqda qo‘shimcha yuklama xosil bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Statik mashrutizatsiya usulining kamchiliklari quyidagilar:
• Katta o‘lchamdagi tarmoqlarni qurishda statik mashrutizatsiyaning qo‘llash
murakkablashadi.
Sababi
statik
mashrutizatsiyada
mashrutizatorda
mashrutizatsiya jadvalini sozlashda tarmoqdagi barcha quyi tarmoqlarning
manzillari va bu quyi tarmoqlarga ulanish interfeysi haqida ma’lumotlarni
kiritiladi. Shuning uchun ko‘p sondagi quyi tarmoqlardan tashkil topgan
qo‘shma tarmoqlarda statik mashrutizatsiya qo‘llash qiyinlashadi.
• Tarmoqni masshtablanuvchanligining qiyinligi. Ya’ni agar tarmoqda
mashrutizatsiya statik usulda tashkil etilgan bo‘lsa va tarmoqga yangi tarmoq
qo‘shish zarurati paydo bo‘lsa, u holda tarmoqdagi barcha
mashrutizatorlardagi mashrutizatsiya jadvalini qayta sozlash lozim bo‘ladi.
Endi Cisco packet tracer dasturida tarmoq mashrutizatorlarida statik
mashrutizatsiyani sozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun dastur ishchi
oynasida quyidagi ko‘rinishdagi tarmoqni hosil qilib olamiz.
5.5-rasm. Mashrutizatorlarda statik mashrutizatsiyani sozlash loyixasi
Yuqoridagi 5.5-rasmda tasvirlangan qo‘shma tarmoq bir necha (192.168.1.0,
192.168.20.0 va 192.168.3.0 kabi IP manzilli) quyi tarmoqlarning o‘zaro
ulanishidan tashkil topgan. Bunda Router 0 bir interfeysi orqali (192.168.1.1
manzilli) 192.168.1.0 manzilli lokal tarmoqga ulangan bo‘lsa boshqa bir interfeysi
orqali (192.168.20.1 IP manzilli) 192.168.20.0 manzilli tarmoq orqali boshqa bir
mashrutizator Router1 ga ulangan. Huddi shu kabi Router 1 ham bir interfeysi orqali
(192.168.3.1 manzilli) 192.168.3.0 tarmoqga ulangan bo‘lsa, boshqa interfeysi
orqali (192.168.20.2 IP manzilli) 192.168.20.0 manzilli tarmoq orqali Router0 ga
ulangan. Bunda Router 0 mashrutizatorga 192.168.3.0 tarmog‘i noma`lum, Router1
mashrutizatorga esa 192.168.1.0 tarmog‘i noma`lum. Shuning uchun ham
mashrutizatorlarni sozlashda har bir mashrutizatorda mashrutizatsiya jadvalini
sozlashda ushbu ma’lumotlar kiritilishi lozim. Router 0 ni sozlaymiz:
Router>enable
Router#
Router#conf t
Router(config)#interface GigabitEthernet0/0
Router(config-if)#no shutdown
Router(config-if)#ip address 192.168.1.1 255.255.255.0
Router(config-if)#
Router(config-if)#exit
Router(config)#interface GigabitEthernet0/1
Router(config-if)#no shutdown
Router(config-if)#ip address 192.168.20.1 255.255.255.0
Router(config-if)#
Router(config-if)#exit
Router(config)#ip route 192.168.3.0 255.255.255.0 192.168.20.2 –
bu Router 0
mashrutizator uchun 192.168.3.0 tarmog‘iga chiqish 192.168.20.2 manzilli interfeys orqali
amalga oshirilishini anglatadi.
Router(config)#ex
Router#
Router#wr mem
Building configuration...
[OK]
Huddi shuningdek Router 1 mashrutizatorda ham sozlash jarayonini amalga
oshiramiz:
Router>
Router>enable
Router#
Router#conf t
Router(config)#interface GigabitEthernet0/0
Router(config-if)#no shutdown
Router(config-if)#ip address 192.168.3.1 255.255.255.0
Router(config-if)#
Router(config-if)#exit
Router(config)#interface GigabitEthernet0/1
Router(config-if)#no shutdown
Router(config-if)#ip address 192.168.20.2 255.255.255.0
Router(config-if)#
Router(config-if)#exit
Router(config)#ip route 192.168.1.0 255.255.255.0 192.168.20.1 –
bu Router
0 mashrutizator uchun 192.168.1.0 tarmog‘iga chiqish 192.168.20.1 manzilli
interfeys orqali amalga oshirilishini anglatadi.
Router(config)#ex
Router#
Router#wr mem
Building configuration...
[OK]
Endi mashrutizatorlardagi (masalan Router0) mashrutlash jadvalini ko‘rish
mumkin. Buning uchun mashrutizatorning imtiyoz (Router#) rejimida show ip route
buyrug‘ini kiritish loyim, ya’ni:
Router#show ip route
5.6-rasm. Router0 da mashrutizatsiya jadvali
Shundan so‘ng mashrutizatordagi mashrutizatsiya jadvali hosil bo‘ladi.
Ushbu jadvalda S nomli qatorda ko‘rsatilganidek, Router0 mashrutizator uchun
192.168.3.0 tarmoqqa chiqish 19.168.20.2 manzilli interfeys orqalidir.
5.7-rams. PC0 dan PC2 ga ping jo’natish orqali ularorasidagi bog’lanishni
tekshirish
Demak har ikki mashrutizatorda ham shu kabi mashrutizatsiya jadvallarini
ko‘rish mumkin. Endi tarmoq umumiy holda ishlayotganligini aniqlash uchun
tarmoqlardagi komyuterlar o‘rtasida ma’lumot almashish jarayonini ping jo‘natish
orqali tekshirish mumkin. Ya’ni 192.168.1.0 tarmoqdagi PC0 kompyuterdan
192.168.3.0 tarmoqdagi 192.168.3.2 manzilli PC2 ga ping jo’natib ko’ramiz.
Buning uchun PC0 kompyuterning ishchi stolidan komandalar qatori oynasini
ochiladi va inda ping 192.168.3.2 terilib Enter tugmasi bosiladi (5.7-rasm). 5.7-
rasmdan ko’rinadiki PC0 dan PC2 ga to’rtta 32 baytli paketlar jo’natildi. Junatilgan
paketlarning bachasi PC2ga etib bordi va yo’qotishlar yo’q. Demak aloqa 100%
mavjud.
Talabaning vazifasi: Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida har
bir talaba o’ziga yuklatilgan variantga asosan tarmoqni sozlaydi tushuntiradi.
|