• 4. Nazorat savollari
  • 1-amaliy mashg‘ulot kirish. Multimediali aloqa tarmoqlarini o`rganish




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/20
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #157740
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    1-5 Amaliy mashg`ulot. MATdocx (1)

     
    4-amaliy mashg‘ulot 
     
    UKS-7 NI O‘RGANISH. SIGNAL BIRLIKLARI.
     


    1. Amaliy ishining maqsadi 
     
    Multimediali aloqa tarmoqlarida signalizatsiya jarayonining ishlash 
    tamoyilini o‘rganish, UKS-7 signalizatsiya asoslarini va funksional imkoniyatlarini 
    tahlil qilish. 
     
    2. Topshiriq 
     
    UKS-7 signalizatsiya jarayonining umumiy tuzilishini chizish va nazorat 
    savollariga javob yozish. 
     
    3. Hisobotnoma 
     
    Bu amaliy ish bo‘yicha quyidagilar hisobot tarzida keltirilishi lozim:
    - qisqa nazariy qismlarining matni va chizmalari. 
     
    4. Nazorat savollari: 
     
    1. Signalizatsiya deganda nimani tushunasiz. 
    2. Aloqa tarmoqlarida signalizatsiya jarayonlaridan foydalaniladigan 
    texnologiyalarga misollar keltiring. 
    3. UKS-7 signalizatsiyasining qandan imkoniyatlari mavjud. 
    4. Signal birliklari qaysilar va ularning xususiyatlarini yoritib bering. 
    5. ISDN tarmog‘i qanday ishlash tamoyiliga asoslangan. 
    6. ISUP tizimosti haqida tushuncha bering. 
     
    Nazariy qism 
     
    Umumiy kanal signalizatsiya UKS №7 
    Oldingi qurilgan signalizatsiyani uzatish ikki varianti: so‘zlashuv trakti va 
    ajratilgan kanal orqali signalizatsiyani uzatish quyidagi kamchilikka ega:
    - uzatish tezligi past;
    - yetarli moslashishga ega emas;
    - iqtisodiy tomondan qaraganda qimmatga tushadi;
    - utkazuvchanlik qobiliyati chegaralangan. 
    Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun 1980 yilda 7 - sonli signalizatsiya 
    yaratildi. Bunda aloqa tarmog‘idan mantiqan ajratilgan signalizatsiya tarmog‘ini 
    yaratilgan (1.1-rasm).


    1.1-rasm. Signalizatsiya tarmog‘i. 
    So‘zlashuv kanali aloqa o‘rnatilganidan so‘ng ishlatiladi, ya’ni signalizatsiya 
    trakti so‘zlashuv traktidan butunlay ajratiladi. Bir necha marotaba yuqori tezlikka 
    ega bo‘lgan signal xabarlarini uzatuvchi kanallar yordamida ko‘p sonli axborot 
    kanallariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Umumiy kanal signalizatsiyasida signal 
    axborotlari dupleks kanallari bo‘yicha uzatiladi. Bu kanallardan ma’lumotlar paketi 
    uzatiladi (1.2-rasm). Bu ma’lumotlar paketi signal birligi (SU) deb ataladi.
    1.2-rasm. Umumiy kanal signalizatsiyasi 
    Umumiy kanal signalizatsiyasi CCS №7 ning afzalliklari:
    - tezligi – 1 sekundda aloqa o‘rnatadi;
    - yuqori unumdorlikka ega. Har bir signalizatsiya raqami (signal zvenosi) bir 
    paytda bir necha ming telefon chaqiruvlariga xizmat ko‘rsata oladi;
    - tejamkorligi. Zarur uskuna soni kamayadi;
    - ishonchliligi. Signalizatsiya tarmog‘ida qo‘shimcha marshrutlarining 
    ishlatilishi, asosiy aloqa tarmog‘ining ishonchliligini oshiradi:
    - epchilligi. Ixtiyoriy ma’lumotlarni uzata oladi. 
    7 sonli signalizatsiya o‘zaro hamkorligi OSI etalon modelining uchta 
    darajasiga mos keladi: fizik satx, kanal satxi, tarmok satxiga mos keladi. CCS №7 
    arxitekturasida quyidagi nomlardagi tizimchalar mavjud: NSP – xizmat ko‘rsatish 
    tizimchasi;
    MTP- xabarlarni uzatish tizimchasi; SCCP – signalizatsiyani bog‘lashni 


    boshqarish tizimchasi.
    Demak CCS №7 4 ta funktsiyani bajaradi:
    1. Xabarlarni uzatish tizimchasining birinchi darajasi MTR 1 (signalizatsiya 
    ma’lumotlar zvenosi) – bu ikki yo‘nalishli uzatish yo‘li, ya’ni ikkita fizik kanal 
    tushuniladi. Bu kanallar qarama-qarshi yo‘nalishda bir vaqtni o‘zida, bir xil tezlik 
    bilan signalizatsiya xabarini uzatadi. Kanal raqamli yoki analog, yoki yerning sun’iy 
    yo‘ldoshi bo‘lishi mumkin. Raqamli kanal tezligi 64 kbit / s. Analog kanal uzatish 
    tezligi esa 4,8 kbit /s bo‘ladi.
    2. Xabarlarni uzatish tizimchasining ikkinchi darajasi (kanal) MTR 2 
    (signalizatsiya zvenosi) – signal xabarlarini ishonchli uzatishni amalga oshiradi.
    3. Xabarlarni uzatish tizimchasining uchinchi darajasi (tarmok) MTR 3 
    (signalizatsiya tarmog‘i) signal xabarlariga ishlov berish va signalizatsiya 
    tarmog‘ini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Ya’ni xabarlarning marshrutini aniqlash, 
    saralash qilish, yo‘nalishlarga taqsimlash signalizatsiya punkti yoki zvenosi, hamda 
    ishdan chiqqan xabar marshrutini o‘zgartirish kiradi.
    4. Signalizatsiya zvenosini boshqarish tizimchasiga SCCP – MTR ga 
    qo‘shimcha bo‘lib tarmoq xizmatini ko‘rsatishga ishlatiladi.

    Download 0,99 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg‘ulot kirish. Multimediali aloqa tarmoqlarini o`rganish

    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish