3- amaliy mashg‘ulot
MULTIMEDIALI UZATISH TIZIMLARIDA ELEMENTLARNING
ISHONCHLILIGINI HISOBLASH
3.1. Mashg‘ulotning maqsadi
Telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini
asosiy parametrlarini
o‘rganish, multimediali uzatish tizimlarini ishonchliligini,
telekommunikatsiya
tarmoqlarida axborotlarni uzatish va qabul qilish traktlarini ishonchliligini
xisoblash.
3.2. Topshiriq
3.2.1. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida quyidagi o‘quv
materiallarining: ma’ruzalar matnini, [3] adabiyotning 3-bo‘limini, o‘rganish va
keltirilgan nazorat savollariga tayyorlanish zarur.
3.2.2. O‘zingizga tegishli variant bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajaring.
4.1-jadvalda variant bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar keltirilgan.
3.2.3. Berilgan boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslangan holda quyidagilar
aniqlansin:
- berilgan optik magistral trassa uzunligi uchun uzatish tizimi va to‘lqin
uzunligi tanlansin;
- tanlangan to‘lqin uzunligiga bog‘liq holda seksiya va
regeneratsiyalash
uchastkasi uzunligi aniqlansin;
- berilgan trassa uzunligi uchun (seksiya va regeneratsiyalash
uchastkasi
uzunligiga bog‘liq holda) optik regeneratolar va multipleksorlar soni aniqlansin;
- OR, multipleksorlarning va kabelning jadalligini aniqlagan holda butun
magistralning rad etish jadalligi aniqlansin;
- butun magistral trassasi uchun rad etishlar orasidagi o‘rtacha ishlash vaqti
T
0
aniqlansin;
- liniya
trakti qurilmalarining T
0
ga bog‘liq bo‘lgan holdagi butun
magistralning tayyorlik koeffitsienti K
t
aniqlansin;
- aniqlangan natijalarga asoslangan holda uzatish tizimining liniya traktini
rad etmasdan ishlash ehtimolligi P(t) hisoblansin
va rad etmasdan ishlash
ehtimolligi P(t)ning vaqtga bog‘lanish grafigi chizilsin. Hisoblangan natijalar (T
o
gacha) 3.2-jadvalga kiritilsin;
- xisoblangan natijalar bo‘yicha liniya trakt tuzilishi keltirilsin.