Sinxronizatsiya tushunchasi Raqamli kommutatsiya tizimida barcha stantsiyalarning uskunalari chastota va faza buyicha
sinxronlashtirilgan bo‘lishi kerak. Chunki xamma kommutatsiya tugunlarida vaqt bo‘yicha
bo‘lingan kannallar bilan uzatish tizimi IKMning tsikl fazalariga aniq mos kelishi kerak. Bu
maqsadni amalga oshirish uchun xamma uzatish tizimlari bir xil chastota bilan ishlashi va xamma
yo‘nalishlar bo‘yicha aloqa liniyalaridan uzatilayotgan guruxli signallarni ushlab qolish yoki bir
xil tsikl davrining butun soniga bo‘linadigan bo‘lishi kerak. Raqamli kommutatsiya tizimida
ikki turdagi takt chastotasi bo‘yicha va faza bo‘yicha sinxronlash bajarilishi kerak.
Sinxronlash usullari O‘zaro xamkorlikdagi ishlaydigan stantsiyalarning takt generatorlari xam sinxron ishlashi
kerak. Bir necha stantsiyalarga ega aloqa tarmoqlari ikki turda sinxronlashni amalga oshirish
mumkin: sinxron va asinxron.
Sinxron tarmoqda xar bir komutatsiya stantsiyasida takt generatori o‘rnatiladi. Bu
generatorlarning ishchi chastotalari sinxronlash tufayli bir xil, yoki bir biriga maksimal yaqin
bo‘lishi kerak. Barcha kirib kelayotgan liniya traktlarining tsikllari bir xil davomiylikka ega
bulishi, ularning boshlanish vaqti bir onda bo‘lishi kerak.
Sinxronizatsiya 1. Takt chastota bo‘yicha sinxronizatsiya
2. Davr bo‘yicha sinxronizatsiya
3. O‘ta davrli sinxronizatsiya
4. Tarmoq bo‘yicha sinxronizatsiya
Xabarlarni uzatish va qabul qilib olish nuqtalarida xabarga ishlov berish tezligini
moslashtirish uchun taktli sinxronizatsiya ishlatiladi.
Taktli sinxronizatsiya guruxli davrli sinxronizatsiya spektridan 2048 kGts chastotani ajratish
hisobiga olinadi.
Такт импульсларини гурухли рақамли
сигналдан ажратиш тамойили