1-amaliy mashg‘ulot kirish. Multimediali aloqa tarmoqlarini o`rganish




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana16.02.2024
Hajmi0,99 Mb.
#157740
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-5 Amaliy mashg`ulot. MATdocx (1)

UKS-7 asosiy tushunchalari 
 
1. Signalizatsiya punkti (SP) – signalizatsiya tarmog‘idagi signal axborotiga 
ishlov berish va kommutatsiya tuguni.
2. Signalizatsiya punkti kodi SPC.
3. Signalizatsiya zvenosi yoki liniya kanali SL. Signal kanali – ikkita 
signalizatsiya punktlari orasida signal xabarlarini olib o‘tish uchun ishlatiladi.
4. Signalizatsiya zvenolarni bog‘lash SLS.
5. Tranzit signalizatsiya punkti STP – bitta signalizatsiya zvenosidan qabul 
qilib boshqa zveno orqali ishlov bermasdan uzatuvchi signalizatsiya punkti.
6. Signal xabarini ishlab beruvchi chiqish signalizatsiya punkti (OR) qabul 
qilib oluvchi belgilangan punkt (DR) deb ataladi.
7. Bog‘langan rejimda signalizatsiya.
8. Kvazi bog‘langan rejim.
9. Signal marshruti SR – chiqish punkti bilan belgilangan punktlar orasida 
signalizatsiya tarmog‘i bo‘yicha signal xabarlarini oldindan belgilangan o‘tish yo‘li.
10. Signal marshrutlar bog‘lami SRS – signalizatsiya tarmog‘ida xabarni 
uzata oladigan signal marshrutlar yig‘indisi.
11. Xabarlar uzatish tizimchasi MTR – umumiy transport tizimi.


12. Foydalanuvchilar tizimchasi UP.
1.3-rasm. UKS-7 bazali funktsional modeli 
Xabar MTR da tug‘ri ketma – ketlikda, yo‘qotishsiz va dublsiz, xatosiz 
uzatiladi. Bunda barcha xatolar qabul qiluvchiga uzatilishdan oldin to‘g‘rilanishi 
kerak.
Signal birligining uzunligi uzatilayotgan signal axborotning miqdori bilan 
aniqlanadi va o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Signal birligining 3 turi mavjud :
1. Ahamiyatli (belgilangan) signal birligi MSU
2. Zveno holati signal birligi LSSU.
3. To‘ldiruvchi yoki kuch signal birligi FISU.
MSU- signal birligi tarkibida signal axboroti beriladi.
LSSU – signalizatsiya zvenosi holatini boshqarish uchun ishlatiladi.
FISU – signal axboroti yo‘qligida musbat va manfiy tasdiqlashni uzatish 
uchun ishlatiladi.
Signal birligi qayd etilmaydigan sondan iborat. Ahamiyatli signal birligining 
signal axboroti maydoni (SIF) foydalanuvchi tizimchaning (UP) axboroti va MTR 
marshrut belgisidan tashkil topgan, uzunligi 278 bit dan oshmaydi.


1.4-rasm. MSU formati 
Signal birligining boshlanishi va oxiri “Bayroq” bilan aniqlanadi. 
Yakunlovchi “Bayroq” yangi signal birligini boshlovchi “Bayroq” bo‘lishi mumkin. 
F standart bayroq 0 1111110.
BSN – «teskari tartib raqami» qabul qiluvchi signalizatsiya manzili uzatilgan signal 
birligini qabul qilganini tasdiqlash uchun ishlatiladi. Bu maydonda SU ning raqami 
yozilgan bo‘ladi.
BIB – «teskari bit indikatori» - qabul qiluvchi signalizatsiya manzili uzatilgan SU ni 
qabul qilganligini tasdiqlash uchun ishlatiladi.
FSN – «to‘g‘ri tartib raqam» - SU tartib raqamini yozish uchun ishlatiladi.
FIB – «to‘g‘ri bit indikatori» qabul qilish manzili SU noto‘g‘ri qabul qilganda uni 
qayta uzatish kerakligini ko‘rsatadi.
LI – SU uzunligi indikatori. Signal birligi turini aniqlaydi. Agar LI=0 bo‘lsa, SU turi 
FISU.
LI=1 yoki 2 bo‘lsa LSSU.
LI=3 – 63 bo‘lsa MSU. 
Uzunlik indikatori LI dan keyin CK gacha nechta bayt borligini ko‘rsatadi. LI olti 
bitdan iborat bo‘lib, (0-63) qiymatlarni qabul qiladi (26 =64). Agar LI = 63 yoki 
undan katta (max-272 bayt) bo‘lsa LI ga 63 yozilaveradi.
SU maksimal uzunligi 278 bayt, ya’ni 272 bayt (SIF+SIO)+1 bayt F+1 bayt 
(BSN+BIB)+1 bayt (FSN+FIB)+1 bayt LI (6 bit+2 bit zaxira)+2 bayt CRC.
SIO – signal axborotning bayti yoki xizmat ma’lumotlar bayti 2 qismdan iborat. Har 
bir qism 4 bitdan iborat. Birinchi qismi tarmoq turi:
Maxalliy yoki ichki mintaqaviy 1100


Shaxarlararo 1000
Xalqaro 0000 yoki
Ikkinchi qism foydalanuvchini turi:
1. Boshqarish ma’lumotlari 0000;
2. Signalizatsiya tarmog‘ini tekshirish va ekspluatatsiya qilish ma’lumotlari 0001;
3. SCCP - tizimi ma’lumotlari - 0011;
4. TUP - telefoniyaning foydalanuvchisi - 0100;
5. ISUP ISDN fodalanuvchisi – 0101;
6. DUP – ma’lumotlarni uzatish foydalanuvchisi – 0111;
TCAP tranzaktsiya imkoniyatlarni boshqarish tizimi ma’lumotlari:
SIF – ma’lumot maydoni (signal axboroti maydoni). Bunda quyidagi tizim 
ma’lumotlari uzatiladi.
TUP – telefon tarmog‘ida signalizatsiya funktsiyalarini bajarishini ta’minlaydi.
ISUP – ISDN tarmoqlarida.
TCAP – intellektual tarmoq, uyali aloqa tarmoqlari turi va xizmat ko‘rsatish 
markazlarida signalizatsiya funktsiyasini va ekspluatatsiya, texnik xizmat 
ko‘rsatish, tarmoqlarni masofadan foydalanishini boshqarish va nazorat qilish 
(OMAP) funktsiyalarini bajarilishini ta’minlaydi.
SIF – n baytga teng bo‘lib turli tizim ma’lumotlari uchun turlicha bo‘ladi. Ularga:
DPC – ma’lumotlarni qabul qilish manzili (14 bit).
OPC – uzatish manzili (14 bit)
SLS – signalizatsiya zvenolari bog‘lami (IKM N)
CIC – vaqt kanali N (so‘zlashuv kanali identifikatori) ma’lumot turi (8 bit) 
Ma’lumotlar maydonida stantsiyalar o‘rtasida uzatilishi kerak bo‘lgan signalizatsiya 
ma’lumotlari uzatiladi. M: ISUO uchun:
LAM – boshlang‘ich manzil ma’lumotlari OPC, DPC, tanlangan so‘zlashuv kanali 
A abonentning raqami, V abonentning raqami va x. k.
ACM – manzil raqami yetarli (DPC, OPC, tanlangan so‘zlashuv kanali N).
ANC – abonent javobi.
REL – ozod qilish.
RLC – ozod qilish tamom bo‘ldi.
CK – tekshirish maydoni – axborotlarni uzatishdagi xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash 
vazifalarini bajaradi. Bu davr ortiqligini tekshiruvchi nazorat yig‘indi.
Zvenolar hosil qiluvchi LSSU formati


1.5-rasm. LSSU formati 
LSSU – signalizatsiya zvenosi holatini boshqarish uchun ishlatiladi. Agar 
signalizatsiya zvenosining qabul qiluvchi tomonida yuklanish me’yoridan kattaligi 
aniqlansa, uzatuvchi tomonga yuklanish uzatilgani haqidagi axborot LSSU yordami 
beradi. Bunda LSSU «band» holat indikatsiyasi bilan uzatiladi va tushayotgan 
hamma SB lariga tasdiqlovchi signalni kechiktiradi. Agar bu signal 6 s dan ortiq 
bo‘lmasa, signalizatsiya zvenosida nosozlik bor deb hisoblanadi.
FISU - to‘ldiruvchi SB – signal axborot uzatilmayotgan paytda musbat va 
manfiy tasdiqlashni uzatish uchun ishlatiladi. Musbat tasdiqlash uzatishni to‘g‘ri 
bajarilganini bildiradi. 
1.6-rasm. FISU formati. 
Xatolarni to‘g‘rilash faqat MSU va LSSU larda bajariladi. UKS-7 da signal 
axborot mavjud bo‘lmaganda FISU uzatiladi. Bu xatolar manitoringini amalga 
oshirishga imkon beradi. Nosoz signalizatsiya zvenosini tez topish uchun amalga 
oshiriladi. Xatolarni to‘g‘rilashning 2 xil yo‘li ishlatiladi.
Xatolarni korrektsiya qilishning bazali usuli (VYeSM).
Majburiy (preventiv) davriy usuli (PSR). 
Birinchi usulda manfiy tasdiqlash (NACK) kelganda, ya’ni qarama-qarshi tomondan 
tasdiq olmagan ahamiyatli signal birligining hammasi takrorlanadi. Musbat tasdiq 
oxirgi qabul qilingan SB ning to‘g‘ri tartib raqami FSN ni, qarama-qarshi 
yo‘nalishga uzatilayotgan SB ni teskari tartib raqami tomon uzatish yo‘li bilan hosil 
qilinadi.
1.7 – rasm. Xatoni korrektsiya qilishning bazaviy usuli 
Mantiqiy tasdiq teskari bit indikatorini invertirlash yordamida hosil qilinadi 
(BIB=0). Har bir tartib raqami FSN, VSN 7 bit uzunlikka ega. Demak, musbat 
tasdiqlashsiz uzatiladigan xabarlar maksimal soni 127 bo‘ladi (2 7 = 128).
Ikkinchi usul. Agar signal birligi uzatish tomonida biron qiymatga ega bo‘lsa, 
unda uzatilgan tsikl raqami ketma – ketligi saqlangan holda xotira buferiga yoziladi. 
Qabul qiluvchidan orqaga qaytish tsikl raqamlari kelishi bilan xotira buferidan 
kelgan orqaga qaytish tsikl raqami tasdiqlangan SB o‘chiriladi. Agar tasdiqlanmagan 
MSU soni me’yordan oshsa, tsiklli qaytarish protsedurasi xatolarni to‘g‘rilamayapti, 


deb belgilaydi. Bu xol yuklanish katta bo‘lganda bo‘lishi mumkin (qayta uzatish 
tezligi kamayadi). Bunda majburiy davriy qaytarish faollashtiriladi va yangi MSU 
yuborish to‘xtatiladi. Tasdiqlanmagan MSU uzatiladi. Bu tasdiqlanmagan MSU soni 
me’yordan pastga tushgunga qadar takrorlanadi. Bu ahamiyatli SB (MSU) signal 
hammasi qayta uzatiladi, ya’ni ahamiyatli SB (MSU) yo‘qligida amalga oshiriladi.
1.8-rasm. Xatoni korrektsiya preventiv davriy takrorlash usuli 
Musbat tasdiq oxirgi qabul qilingan SB ning to‘g‘ri tartib raqami FSN ni, 
qarama-qarshi yo‘nalishda uzatilayotgan SB ning teskari tartib raqami tomon 
o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bazali usul odatda yerdagi aloqa liniyalari 
uchun ishlatiladi.
PSR usul – sun’iy yo‘ldoshlar uchun ishlatiladi. PCR ni yerdagi aloqa 
liniyalari uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Signalizatsiya tarmog‘ining funktsiyasi signal 
xabarlariga ishlov berish, signalizatsiya tarmog‘ini boshqarish, signal xabarlariga 
ishlov berish, marshrutlash, saralash ya’ni ajratish va xabarlarni taqsimlashni o‘z 
ichiga oladi. 7 – raqamli signalizatsiya tizimida SB ni uzatish quyidagicha: Uzatish 
tomonida «qiymatga ega SB uzatilgan tsikl raqami ketma – ketligini saqlagan holda, 
xotira buferiga yozadi. Qabul qiluvchidan orqaga qaytish tsikl raqamlari kelishi 
bilan xotira buferidan kelgan orqaga qaytish tsikl raqami tasdiqlangan SB 
o‘chiriladi. Orqaga qaytish indikator biti o‘zgarsa, xotira buferidan tasdiqlanmagan 
SB dan boshlab qayta uzatiladi. Xotira buferidan qayta uzatish tugallangandan 
so‘ng, normal ishga o‘tiladi. Orqaga qaytish indikator bitining holati o‘zgarishi 
bilan, to‘g‘ri indikator biti, o‘z holatini o‘zgartiradi.
Uzatishga so‘rov bo‘lmasa, oxirgi uzatilgan «qiymatga ega» birlikning to‘g‘ri 
tsikl raqamini saqlagan holda «BO‘Sh» signal birligi uzatiladi. Qabul qilishda kodli 
tekshirishdan o‘tgan «Bayroq» va ortiqcha nollari yo‘qotilgan SB lar taxlil qilinadi. 
So‘ngra to‘g‘ri tsikl raqami mos tushishi va SB ning qiymatlari taxlil qilinadi. Qabul 
qilish tomonida «qiymatga ega» va «qiymatga ega bo‘lmagan» signal birliklarini 
qabul qilish uchun ikkita amal bo‘lishi kerak.
Agar SB qiymatga ega bo‘lmasa va agar to‘g‘ri tsikl raqami oxirgi qabul 


qilingan «qiymatga ega «SB ning to‘g‘ri tsikl raqamiga teng bo‘lsa, unda bu SB 
ishlatilmaydi. Agar to‘g‘ri va orqaga qaytish tsikl raqamining mosligi buzilgan 
bo‘lsa va to‘g‘ri indikator biti orqaga qaytish indikator bitining holati bir xil bo‘lsa, 
unda SB ni takrorlashga so‘rov yuboriladi. Buning uchun orqaga qaytish indikator 
bitini inversiyasi yuboriladi. Agar uzatilayotgan to‘g‘ri indikator biti orqaga qaytish 
bitidan farqlansa, unda bu SB ham ishlatilmaydi. SB «qiymatga ega» bo‘lsa va 
to‘g‘ri tsikl raqami oxirgi to‘g‘ri qabul qilingan SB gining raqamiga mos tushsa, bu 
SB indikator bitining holatidan qatiy nazar yo‘q qilinadi.
Agar oxirgi qabul qilingan SB ning to‘g‘ri tsikl raqami «1» dan oshiq bo‘lsa 
(maksimal tsikl raqamining moduli bo‘yicha)undan bu SB qayta ishlashga 
yuboriladi, qaysiki to‘g‘ri va orqaga qaytish indikator bit holati teng bo‘lsa. Agar 
to‘g‘ri tsikl raqami birdan kattaga farqlansa, undan u bekor qilinadi. Agar bu holatda 
qaytish indikator bitining holatiga to‘g‘ri kelsa, unda orqaga qaytarish indikator 
bitining teskarisi olinib qaytarishga so‘rov uzatiladi. Bu ko‘rilgan SB uzatish va 
qabul qilish jarayoni ixtiyoriy signal axboroti uchun bir xil bo‘ladi.
Demak 7 sonli signalizatsiya tizimi strukturasi 4 ta funktsional bosqichga ega:
1. Trakt orqali malumotlarni uzatilgan, uning fizik, elektrik va funktsional 
xarakteristikalarni aniqlanadi.
2. SB ni ketma-ket takrorlashda nazorat xatolarini tuzatishni aniqlash bayroqlar 
yordamida SB ning chegarasini o‘rnatiladi.
3. SB ni qayta ishlash, signalizatsiya tarmog‘ini boshqarish, uzatish yo‘nalishini 
tanlash, malumot adresini qayta ishlash, axborotlarni taqsimlash va marshrutlash 
vazifalarini bajaradi.
4. Telefon tarmoqda qo‘llash vositalarini o‘z ichiga oladi.
4 chi bosqichida telefon axborot funktsiyalarini, signal formatini, telefon axborot 
kodini, telefon ulashni o‘rnatish amallarini bajaradi.


1.9 - rasm. Stansiyalararo signalizatsiya 

Download 0,99 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-amaliy mashg‘ulot kirish. Multimediali aloqa tarmoqlarini o`rganish

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish