PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN
EDUCATION
Vol. 2 No. 7 (2023)
184
TCP/IP STEKIDA MA’LUMOT PAKETLARNI UZATISH
TAMOYILLARI VA ULARNING TAHLILI
Xamdamov Utkir Rahmatullayevich
1
Boymirzayev Abbos Shavkatjon o’g’li
2
1
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professori , texnika fanlari doktori.
2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU telekommunikatsiyada boshqaruv
tizimlarining apparat va dasturiy ta‟minoti kafedrasi magistranti
Maqolada TCP/IP stekida ma‟lumot paketlarini uzatish haqida bo‟lib,
tarmoqda
paketlar uzatilish bosqichlari,shuningdek TCP/IP stekidan
ayni paytda qayerlarda
foydalanishimiz va undagi asosiy protokollar ko‟rib chiqilgan.Bundan tashqari
TCP/IP stekining ishlash prinsipi va bu prinsip asosida
uzatilayotgan paketning
qismlari tafsilotlari bilan tahlil qilib chiqilgan.
Tayanch so’z va iboralar: TCP/IP, paket, freym,datagram,qatlam,OSI,
UDP, FTP,HTTP,MTP, ESC, VER, HLEN, fleg, treyler
Ключевые слова и фразы: TCP/IP, пакет, кадр, дейтаграмма, уровень,
OSI, UDP, FTP, HTTP, CMTP, ESC, VER, HLEN, флаг, трейлер
Key words and phrases: TCP/IP, packet, frame, datagram, layer, OSI,
UDP, FTP, HTTP, CMTP, ESC, VER, HLEN, flag, trailer
Kirish. TCP/IP modeli uzatishni boshqarish protokoli/Internet
protokoli
modelidir . Ushbu model ma'lumotlarning samarali va xatosiz uzatilishini nazorat
qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan tarmoq domenining bir qismidir. Model to'rt
qavatli arxitektura ishlaydi, bunda har bir qatlam ma‟lumotlarni
uzatish uchun
zaruriy protokollarga asoslanadi, bu esa ma'lumotlarni
tarmoq orqali samarali
uzatish uchun eng maqbul tuzilmaga o'zgartiradi.
Mazkur tadqiqotda TCP/IP stekini umimiy tuzilishi,
tarmoqda paketlar uzatilish
bosqichlari,shuningdek TCP/IP stekidan ayni paytda qayerlarda foydalanishimiz va
undagi asosiy protokollar o‟ganib chiqilgan.Bundan tashqari TCP/IP stekining