• Birlamchi tarmoq
  • Ikkilamchi tarmoqlar
  • 1-amaliy mashg‘ulot kirish. Multimediali aloqa tarmoqlarini o`rganish




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/20
    Sana16.02.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #157740
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    1-5 Amaliy mashg`ulot. MATdocx (1)

     
    1.6. Nazariy qism 
     
    Telekommunikatsiya tarmog‘i va uning turlari
    Axolining turli sohalardagi talablarini qondirish uchun mamlakatning istalgan 
    punktlari orasida turli xabarlarni uzatish maqsadida yagona avtomatlashtirilgan, 
    o‘zaro bog‘langan aloqa tarmoqlari tashkil qilinadi. Bu tarmoq, simli, radioreleli, 
    fazoviy va boshqa aloqa liniyalari bo‘yicha, barcha elektrik aloqa vositalarining 
    texnik qurilmalarini yig‘indisidan tashkil topadi. Kanal va traktlarning 
    parametrlariga bo‘lgan yagona, mustaxkam, me’yorlar aloqani yuqori sifatliligini 
    va chidamliligini ta’minlaydi.
    Birlamchi tarmoq tarmoq tugunlari, tarmoq stansiyalari va ko‘p kanalli 
    uzatish tizimlarining apparaturalari, kanal va traktlarning tarmoqlarini tashkil 
    qiluvchi uzatish liniyalarining yig‘indisidan iborat. Birlamchi tarmoq butun 
    mamlakat xududini o‘z ichiga oladi va magistral, mintaqa va maxalliy birlamchi 
    tarmoqlarni birlashtirgan xolda uch satxli tuzilishga ega. Magistral birlamchi 
    tarmoqlar, mamlakatning butun xududida joylashadi va turli mintaqaviy birlamchi 
    tarmoqlarning asosiy kanal va guruxli traktlarini yagona avtomatik 
    kommutatsiyalovchi tarmoqlarida o‘zaro ulaydi. 
    Har bir ichki mintaqaviy birlamchi tarmoq, biror mintaqa xududida 
    joylashadi. Mintaqa xududi ma’muriy viloyat yoki respublika chegaralari bilan mos 
    tushadi. Har bir ichki mintaqaviy birlamchi tarmoq, shu mintaqaning turli maxaliy 
    tarmoqlarining asosiy kanal va guruxli traktlarini bir-biri bilan o‘zaro ulanishini 
    ta’minlaydi.
    Har bir maxalliy birlamchi tarmoq shaxar yoki qishloq territoriyasida tashkil 
    qilinadi va shunga mos xolda shahar yoki qishloqtelefon tarmog‘i deyiladi.
    Ikkilamchi tarmoqlar elektr aloqaning turiga bog‘liq xolda telefon, telegraf, 
    ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, ovozli eshittirish va televizion tarmoqlari deb nom 
    olgan. Ikkilamchi tarmoqlar asosida umumdavlat aloqa tizimlari tashkil qilinadi 
    (masalan, umumdavlat telefon aloqa tizimlari). Ikkilamchi tarmoqlarning elektr 
    aloqa kanallari, xabar turiga bog‘liq xolda (masalan, liniyaga) telefon aloqa kanali, 
    telegraf aloqa kanali, ma’lumotlarni uzatish kanali deb nomlanadi.

    Download 0,99 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg‘ulot kirish. Multimediali aloqa tarmoqlarini o`rganish

    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish