|
1-amaliy mashg‘ulot kirish. Multimediali aloqa tarmoqlarini o`rganishBog'liq 1-5 Amaliy mashg`ulot. MATdocx (1)3.5. Foydalaniladigan adabiyotlar
1. В.В. Величко, Е.А. Субботин, В.П. Шувалов, А.Ф. Ярославцев.
Телекоммуникационные системы и сети. Том 3. Мультисервисные
сети. - Москва, Горячая линия – Телеком. 2005. 592 с.
2. Б.С. Гольдштейн, Н.А. Соколов, Г.Г. Яновский. Сети связи: Учебник
для ВУЗов. СПб.: БХВ – Петербург, 2010. 400 с.
3. Isayev R.I., Atametov R.K., Radjapova R.N. Telekommunikatsiya uzatish
tizimlari. - «Fan va texnologiya», 2011. — 520 bet.
3.6. Nazariy qism
Telekommunikatsiya tarmoqlarining ishonchliligi
Ishonchlilik nazariyasi bilan telekommunikatsiya tizimi, murakkab dinamik
tizimdan, ya’ni aniq funksional o‘zaro aloqa asosida ishlab chiqarish vazifalarini
bajarish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiluvchi texnik qurilmalar yoki elementlar
majmuidan tashkil topgan.
Ishonchlilik nazariyasida ob’ekt asosiy tushuncha bo‘lib, loyihalash, sinov va
foydalanish davrida aniq maqsadli buyum hisoblanadi. Ob’ektlarga ko‘p kanalli
uzatish tizimi, ularning apparaturasi va uskunasi, qurilmalari, tugunlari, bloklari va
elementlari kiradi.
Tizim – bu elementlar majmuidan iborat bo‘lgan ob’ektdir. “Tizim” va
“element” tushunchalari esa nisbiy hisoblanadi. Ob’ekt, bir xil tadqiqotlarda tizim
bo‘lib hisoblanadi, agar katta masshtabdagi ob’ekt o‘rganilayotgan bo‘lsa unda
element sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tizim ishonchliligi deb, normativ-texnik hujjatlarda (NTX) belgilangan
chegaralarda kanallar va traktlarning parametrlarini vaqt bo‘yicha saqlagan holda
abonentlar o‘rtasida, belgilangan foydalanish sharoitlarida axborot uzatilishini
ta’minlaydigan xususiyatiga aytiladi. Ishonchlilik, tizim va uning elementlaridan
texnik foydalanishni barcha tomonlama qamrab oladi va ularning samarali ishlashini
belgilaydi.
Element ishonchliligi, element uchun belgilangan barcha parametrlarni vaqt
bo‘yicha saqlagan holda, axborotni uzatishda belgilangan funksiyalarni, jumladan,
foydalanish va berilgan ishlash muddati davri davomida elementlarga xizmat
ko‘rsatishni amalga oshiradigan xususiyatidir.
Tizim ishonchliligi va uning elementlari kompleks xususiyat bo‘lib
hisoblanadi va foydalanish sharoitlariga hamda vazifasiga ko‘ra, buzilmasdan
ishlash, saqlanuvchanlik, ta’mirga yaroqlilik va ko‘pga chidamlilik bilan
tavsiflanadi.
Ishonchlilik nazariyasida ko‘rib chiqiladigan barcha tizimlar qayta
|
| |