◼ Qolgan
razryadlar ishlatilmaydi
O‘ta davr bo‘yicha sinxronizatsiya
Liniya signallari va boshqaruv signallarini to‘g‘ri tarqatish uchun ishlatiladi.
O‘ta davr bo‘yicha sinxrosignal qabul qilinayotgan guruhli raqamli signaldagi o‘ta davrni
boshlanish vaqti bilan qabuldagi generator qurilmasi signallarini solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Давр ва ўта давр бўйича синхронизация
Sinxron tarmoqda har bir kommutatsiya stantsiyasida takt generatori o‘rnatiladi. Bu
generatorlarning ishchi chastotalari
sinxronlash tufayli bir xil, yoki bir-biriga maksimal yaqin
bo‘lishi kerak. Barcha kirib kelayotgan liniya traktlarining tsikllari
bir xil davomiylikka ega
bo‘lishi ularning boshlanish vaqti bir onda bo‘lishi kerak. Alohida stantsiyalardagi takt
generatorlarining sinxron ishlashi bitta markaziy generatorlar –bosh generatorlarni ishlatish yo‘li
bilan amalga oshiriladi(bu usul shaharlararo telefon stantsiyalarda qo‘llaniladi).
Bu generator
alohida stantsiya generatorlarini sinxronlashtiradi. Bu sinxronlash tizimi soddaligi bilan ajralib
turadi.
O‘zaro sinxronlash usuli mavjud. O‘zaro sinxronlash tizimi
alohida stantsiyalardagi
generatorlarning teng huquqligi bilan xarakterlanadi. Alohida kommutatsiya tugunlaridagi
generatorlarni sinxronlash uchun
ishlatiladigan umumiy chastota, tarmoqdagi hamma
generatorlarning chastotasining o‘rta qiymatiga teng. Shu o‘rta qiymat
yordamida generatorlar
chastotasi to‘g‘irlanadi.
Asinxron tarmoqda har bir stantsiya shahsiy generatorga ega har bir stantsiya uchun bog‘liq
bo‘lmagan holda generatorga chastota belgilanadi. Bu holda har xil stantsiyalar generatorlarning
chastotasi bir-biridan farq qilishi mumkin.
Bunday tarmoqda har bir stantsiyaga aloqa o‘rnatilishida signal qaysi stantsiyadan
uzatilganiga bog‘liq ravishda raqamli signallarning uzatish tezligi aniqlanadi. Bu stantsiyada
kommutatsiya tsikli xotira qurilmasi (XQ) va bog‘lovchi liniya terminallari yordamida bajariladi.