|
Gazlarni quritish qurilmasi tarelkali absorberni hisoblash
|
bet | 1/6 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #147311 |
Bog'liq GAZLARNI QURITISH QURILMASI TARELKALI ABSORBERNI HISOBLASH
GAZLARNI QURITISH QURILMASI TARELKALI ABSORBERNI HISOBLASH
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………….
I bob Tabiiy gazni quritish……………………………………………………………
1.1 Tabiiy va yo’ldosh neftni gazlarning tarkibidagi namlik miqdori……………….
1.2 To’yingan yutuvchi sorbentlarni absorbsiya va regeneratsiyalash orqali gazni quritishning fizik asoslari……………………………………………………………..
II bob Absorberni hisoblash.............................................................................................. 2.1 Barbotajli absorberlar.................................................................................................. Xulosa................................................................................................................................ Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................................................
Kirish
Respublikamizning sotsial-iqtisodiy rivojlanishida boshqa turdagi sohalar kabi neft va gaz sanoatining ham о‘rni о‘ta muhim bо‘lib, ekspertlarning ta’kidlashlaricha mamlakatimiz hududida Markaziy Osiyoning mineral-xom ashyo zahiralarining uchdan bir qismi mavjud va О‘zbekiston jahondagi yirik gaz qazib oladigan о‘ntamamlakatlardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz tabiiy gazi mahalliy iste’molchilarni ta’minlashi bilan bir qatorda mamlakatimiz tashqarisiga ham eksport qilinadi, uning hududimiz orqali tranziti qо‘shni mamalakatlarga ham olib о‘tilishiga sharoit yaratib berilgan. Neftgaz sohasining rivojlanishi xom ashyo bazasini mujassamlantiribgina qolmasdan chet el kompaniyalarining ham о‘zaro hamkorlikda texnologik potensialni oshirishda о‘zaro hamkorliklarini kengaytirib yubordi. Respublikamizga jalb etilayotgan investitsion resurslarning katta qismi neft va gaz sanoatining rivojlanishiga yо‘naltirilmoqda.
О‘zbekiston zaminida neft va gaz konlaridan qazib olinayotgan mahsulotlarining sifati neftkimyo sohasining rivojlanishi va gazkimyo sohasining vujudga kelishigi asos bо‘ldi. 2001 yilda Shо‘rtan gaz-kimyo majmuasiining, 2016 yil 21 mayda Surg'il koni bazasida Ustyurt gaz kimyo majmuasining, Rossiyaning Lukoyl kompaniyasi bilan hamkorlikda yuqori oltingugurtli gazlarni qayta ishlash uchun Kandim gazni qayta ishlash zavodning ishga tushirilishi, hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodida olib borilgan rekonstruksiya ishlarining amalga oshirilish nafaqat О‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida tabiiy gazni qayta ishlash sohasining rivojlanishida burilish yasadi.
Hozirgi paytda neft va gaz sohasida chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda tabiiy gazni chuqur qayta ishlashni ta’minlash va ularning asoslarida neftkimyo mahsulotlarini olish bо‘yicha bir qator innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
О‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustivor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasiga mos ravishda Shurtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini oshirish va uning davomida tabiiy
gazdan suyuq yoqilg‘ilar olish zavodining hamda Jizzax viloyatida zamonaviy neftni qayta ishlash zavodlarining qurilishlarining boshlanishi kelajakda nafaqat mamlakatimizda balki butun О‘rta Osiyo hududida yirik neftgazkimyo sanoati obyektlarining vujudga kelishiga asos bо‘ladi. Dastlabki hisob kitoblarga kо‘ra ushbu komplekslar tomonidan har yili 3,7 mln tonnadan ortiq motor yonilg‘isi, 700 ming tonnadan ziyod aviatsiya kerosini va 300 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilishi yо‘lga qо‘yiladi.
Respublikamiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tmonidan neft va gaz sohasini rivojlantirish bо‘yicha oldinga qо‘yilgan strategik vazifalarni amalga oshirishning asosiy maqsadi mamlakatimizning yonilg‘i mustaqilligiga erishish bilan bir qatorda uning eksportini oshirishni yо‘lga quyish, buning uchun tabiiy gazni chuqur qayta ishlash, gaz kondensati va propan-butan aralashmalarini olish salmog‘ini oshirishda chet el kompaniyalarini va ularning investitsiyalarini jalb etgan holda yangi quvvatdagi obyektlarni о‘zlashtirish kabilar amalga oshirilmoqda.
О‘zbekiston mustaqilligi bilan birgalikda mamlakatimizda gazkimyo sanoatining vujudga kelishi alohida e’tiborga molikdir. Buning isboti sifatida Shurtan gazkimyo majmuasi, Ustyurt gaz kimyo majmuasi, Qandim gazni qayta ishlash zavodi kabi yirik korxonalarning vujudga kelishi, Shurtan gaz kimyo majmuasi davomida suyuq yoqilg‘ilar ishlab chiqarish zavodining qurilishi va boshqa shu kabi bir qancha misollarni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda neft va gaz sanoatimizda neft va gazni qayta ishlashda zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan,tabiiy gazni chuqur qayta ishlash borasida bir nechta investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030 yilda, yangi turdagi tovarlar tayyorlashni o‘zlashtirish asosida neftgazkimyo sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3,2 barobarga ko‘payishi bashorat qilinmoqda. Bunday yutuqlar natijasida mamlakatimizda mavjud resurs va imkoniyatlarni real baholagan holda, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan oldimizga aniq maqsad – 2021 yilga
qadar mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirish vazifasi qo‘yildi va buning uchun bugun, shubhasiz, barcha asoslarimiz bor.
Hozirgi kunda neftgaz sanoati ishlab chiqarishini tashkil etishning butun jarayonini – xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‘lgan yo‘lini – siklini, sarflangan harajatlarning maqsadga muvofiqligi va nechog‘liq o‘zini qoplashini asoslab bergan holda bashoratlash amalga oshirilmoqda.
Tabiiy gaz tarkibida suyuq uglevodorodlar va noorganik qo‘shimchalar, ya’ni vodorod sulfid va uglerod oksidlarining bo‘lishi ularni iste’molchiga yuborilganga qadar tayyorlash jarayonini qo‘llashni taqazo qiladi. Iste’molchiga yuboriladigan tovar gaz sifat ko‘rsatkichlari asosan quyidagi talablarga asoslangan: gazni quvurlar orqali tashishda muhit ta’siridagi korroziyaning bo‘lmasligi; gaz sifati bo‘yicha tashilayotganda bir fazali holatda bo‘lishi, ya’ni gaz quvurlarida uglevodorodli suyuqliklar, suv kondensati, gaz gidratlari kabilarning hosil bo‘lmasligi va boshqa shu kabilar.
Tarkibida oltingugurt bo‘lgan neft gazlari tarkibidan vodorod sulfidni ajratib olishning turli xil usullari bo‘lib uning hozirgi paytda absorbsion usullari sanoati miqyosida keng qo‘llanilmoqda va bu jarayonlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan jihozlar kon mahsulotining boshlang‘ich tarkibiy va termodinamik sharoitlariga mo‘ljallangan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan ularning tavsifnomalari o‘zgarishi bilan qurilmalar ish jarayoni texnologik sharoitlari ham o‘zgaradi.
Mazkur ishim neft oltingugurtli gazlarini tayyorlash sifatini oshirish maqsadida qo`zg`aluvchan nasadkali absorberlarning qo`llanilishi imkoniyatlari va ularning konstruksiyalari hamda gazni tozalash texnologik jarayonida samarali ishlashi uchun maqbul konstruksiyalarini о‘rganish kabilar keltirildi.
|
| |