• Umumiy tabiiy geografiya” fanining tadqiqot ob’ekti, predmeti.
  • Umumiy tabiiy geografiya




    Download 1,98 Mb.
    bet1/86
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #137276
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86

    1-mavzu. Kirish. Fanning mazmuni va vazifalari
    Reja
    1.“Umumiy tabiiy geografiya” fanining tadqiqot ob’ekti, predmeti.
    2.Fanning maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi.
    3.O’quv fanining boshqa tabiiy fanlar bilan bog’liqligi.
    Umumiy tabiiy geografiya” fanining tadqiqot ob’ekti, predmeti.
    Umumiy tabiiy geografiyaning o’rganish ob’ekti geografik qobiqdir. Geografik qobiq haqidagi ta’limot XX asrning 30-yillarida yaratilgan bo’lsada, ammo uning ayrim g’oyalari tabiiy geografiya fanining rivojlanishining butun tarixi davomida shakllana borgan.
    Ko’p davrlar davomida geografiya asosan Yer yuzasini tasvirlash bilan shug’ullanib keldi. Geografik o’lkalarni, mamlakatlarni tasvirlash bilan bir qatorda ilmiy geografiya ham rivojlana boshladi. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlashdan ularni ilmiy asoslashga o’tish A. Gumboldt asarlarida ko’rina boshladi.
    SHunday qilib, umumiy tabiiy geografiya fanining maqsadi tabiiy muhitni yaxshilash va unda sodir bo’ladigan jarayonlarni va hodisalarni boshqarish tizimini ishlab chiqish hamda Yer tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida geografik qobiqning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir.
    Umumiy tabiiy geografiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    - tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishni sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda oqilona boshqarishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
    - geografik qobiq hozirgi paytda inson tomonidan muntazam ravishda o’zgarmoqda. SHuning uchun geografik qobiq jamiyat bilan uzviy ravishda bog’langan. Natijada geografik qobiq tarkibida tabiiy-texnogen tizimlar shakllangan. Geografik qobiqni holati o’zgara boshlaydi, bunday yangi holatda geografik qobiq yangi miqdoriy jihatlarga ega bo’ladi. Tabiiy-texnogen tizimlarni shakllanishini tarkibini va tuzilishini o’rganish umumiy yer bilimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi;
    - geografik qobiqni boshqarish juda murakkab muammolardan hisoblanadi. SHuning uchun geografik qobiqning boshqarishni modelini ishlab chiqish mazkur fanning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi;
    - geografik qobiqning tuzilishi murakkabdir. SHu sababli umumiy yer bilimining muhim vazifalaridan biri geografik qobiqning bo’ylama va ko’ndalang tuzilishini asosiy hususiyatlari va qonuniyatlarini o’rganishdir;
    - geografik qobiq doimo rivojlanishda va harakatdadir. Mazkur harakatlarni o’rganish geografik qobiqning asosiy xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. Umumiy yer bilimining navbatdagi vazifasi geografik qobiqdagi harakatlar sababini va oqibatini o’rganishdan iboratdir;
    - geografik qobiq murakkab rivojlanish tarixiga ega. Uning rivojlanishining va murakkablashishining ma’lum bir bosqichida Yerda hayot va odam paydo bo’lgan. SHuning uchun umumiy yer bilimi geografik qobiqning rivojlanish tarixini alohida o’rganadi.

    Download 1,98 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




    Download 1,98 Mb.