• Ilk geografik bilim kurtaklarining paydo bo’lishi. Antik davrda geografiyaning rivojlanishi. Tabiiy geografik g’oyalarning Aristotelь, Eratosfen
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 1,98 Mb.
    bet4/86
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #137276
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
    1. Geografiya so’zining ma’nosini ayting?
    2. Geografiya fanlar tizimi haqida ma’lumot bering?
    3. . Tabiiy geografiya qaysi qobiqni o’rganadi?

    2-mavzu: Geografiya fanining rivojlanishini asosiy bosqichlari
    Reja:
    1. Ilk geografik bilim kurtaklarining paydo bo’lishi. Antik davrda geografiyaning rivojlanishi. Tabiiy geografik g’oyalarning Aristotelь, Eratosfen,Ptolemey, Strabon ishlarida rivojlantirilishi.
    2. Geografiya fanining o’rta asrlarda rivojlanishi. Mazkur davrda geografiya fanining SHarq mamlkatlarida rivojlanishi (Xorazmiy, Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino, Bobur va boshqalar).
    3. XIX asrda ilmiy geografiyaning rivojlanishi. Geografiya fanining hozirgi paytda rivojlanishi.
    4. Geografik qobiq, biosfera, geografik muhit ta’limotlarining yaratilishi.
    5.O’zbekistonda tabiiy geografiya fanining rivojlanishi
    Mavzuning tayanch tushunchalari: antik davr, o’rta asrlar, buyuk geografik kashfiyotlar, ilmiy geografik ishlar bosqichi, yangi davr.


    Ilk geografik bilim kurtaklarining paydo bo’lishi. Antik davrda geografiyaning rivojlanishi. Tabiiy geografik g’oyalarning Aristotelь, Eratosfen, Ptolemey, Strabon ishlarida rivojlantirilishi.


    Umumiy Yer bilimi eng qadimgi fanlar qatoriga kiradi. Uning rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin.
    Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Fan insonning ongli faoliyati sifatida qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi IV - V asrda vujudga kelgan. Ushbu bosqichda geografik ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy natijalar quyidagilardan iborat:
    - Gomer tomonidan miloddan avvalgi XII asrda Dunyo xaritasi tuzildi. Mazkur xaritada asosan O’rta dengiz atrofi tasvirlangan. SHimoliy Afrikadagi Liviya, Misr, G’arbiy Osiyoda Finikiya, Kichik Osiyo yarim oroli, O’rta dengizdagi Kipr, Krit, Sitsiliya orollari tasvirlangan.
    - Aristotelь tomonidan miloddan avval IV asrda Yerning sharsimonligi, Yerda issiqlik mintaqalarning mavjudligi isbotlandi. Dunyo xaritasi tuzildi. Uning xaritasida Gomer xaritasidagi joylar yanada kengaytirilgan. Uning xaritasida kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa va kishilar yashaydigan issiq mintaqa ajratratilgan.
    -Aristotel tomonidan tuzilgan Dunyo xaritasida Afrikaning shimoliy qismi, Osiyo va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va Sirdaryo, Kaspiy dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O’rta) dengiz, Iberiya va boshqa joylar tasvirlangan;
    - Geografiya so’zini dastlab eramizdan oldingi 276 va 194 yillar oralig’ida yashagan yunon olimi eratosfen qo’llagan. U dastlabki uzunlik va kenglik sistemasini ishlab chiqqan hamda yer yuzasini hisoblagan. SHu bilan birga, u o’sha davr bilimiga tayanib, dunyoning birinchi xaritasini yaratgan. Bir qancha davr mobaynida Xitoy, Janubiy Osiyo, Polineziya va Arabiston yarim orolida ko’plab qadimiy madaniyatlar ham geografiya va kartografiyada xaritalar va navigatsiya tizimlarini rivojlantirganlar[1]. U miloddan avalgi III asrda Yerning o’lchamlarini aniqladi, Dunyo xaritasini tuzdi. «Geografika»nomli asar yozdi, geografiya atamasini fanga olib kirdi;
    - Ptolomey eramizning boshida (II asr) xaritalarni daraja to’ri yordamida tuzishni ixtiro qildi. Dunyo xaritasini tuzdi va geografiya bo’yicha qator asarlar yozdi. SHu davrda Strabon geografiya fani bo’yicha yirik asarlar yozdi;

    Download 1,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    Download 1,98 Mb.