|
O’quv fanining boshqa tabiiy fanlar bilan bog’liqligi
|
bet | 3/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
O’quv fanining boshqa tabiiy fanlar bilan bog’liqligi.
Geografiya eng qadimgi fanlardan bo’lib, o’z navbatida qator fanlar tizimidan iborat. Geografiya fanlarini o’rganish ob’ekti geografik qobiqdir. Geografiya fanlari quyidagi fanlar tizimidan iborat:
- tabiiy geografiya fanlari tizimi;
- iqtisodiy geografiya fanlari tizimi;
- maxsus geografiya fanlari tizimi;
- geodeziya va kartografiya.
Geografiya deb o’zaro chambarchas bog’langan, yerning geografik qobig’ining tabiiy va ishlab chiqarish komplekslarini va ularning tarkibiy qismlarini o’rganadigan tabiiy (tabiiy geografiya) va ijtimoiy (iqtisodiy geografiya), hamda maxsus geografik fanlar tizimiga aytiladi.
Geografiya ikkita katta qismga bo’linadi: tabiiy va iqtisodiy geografiya. Ikkalasini ham o’rganish ob’ekti turlichadir. Tabiiy geografiya tabiatni o’rganadi va tabiiy fanlarda aniqlangan qonuniyatlarga asoslanib rivojlanadi; iqtisodiy geografiyaning o’rganish ob’ekti jamiyat-aholi, ijtimoiy ishlab chiqarish va ularning joylanishidir, u iqtisodiy-ijtimoiy fanlar qonuniyatlariga asoslangan holda rivojlanadi.
Tabiiy va iqtisodiy geografiya o’rtasida, huddi tabiiy va ijtimoiy fanlar o’rtasida bo’lganidek, chambarchas aloqa mvjud: tabiiy geografiya tabiatni jamiyat tomonidan foydalanish maqsadida o’rganadi.
Tabiiy geografiyaga (grekcha fizis-tabiat, geo-er, grafo-yozaman, tasvirlayman so’zidan olingan) Yer xaqidagi fan deb ta’rif berilsa, bu juda umumiy ta’rif bo’ladi, chunki yerni turli jihatdan barcha tabiiy va tabiatshunoslik fanlari-geofizika, geologiya, botanika, zoologiya, geoximiya va boshqa fanlar o’rganadi. Tabiiy geografiya predmetining aniqroq ta’rifi, birinchidan, tabiatning geografiya fani o’rganadigan chegaralarini aniqlab olish, ikkinchidan, geografiyaning unga yaqin bo’lgan fanlar bilan o’zaro munosabatlarini belgilab olishni taqazo etadi.
Tabiat g’oyatda xilma-xildir. Materiyaning ba’zi shakllari yerning qobiqlari uchungina xos bo’lib, ular sayyoramizdan tashqarida, koinotda tamomila boshqachadir.
Yer shari yuzasida: yer po’stining ma’lum bir chuqurligi bilan atmosferaning ma’lum bir balandligigacha bo’lgan qismida maxsus moddiy tizim vujudga kelgan.
Sayyoramizning ushbu ustki qobig’i uchun moddalarning uch holatda: gaz, suyuq va qattiq holatda bo’lishi hamda modda xarakatining xilma-xil shakllari xosdir. Yerning ichki qismidan chiqadigan modda va issiqlik ham, koinotdan keladigan modda va issiqlik ham shu joyda to’planadi. Yerning ichki qismidagi moddalarning tabaqalanishi natijasida litosfera bilan gidrosfera tarkib topgan. Yer yuzasi tabiati rivojlanishining ma’lum bir bosqichida hayot paydo bo’lgan va tirik moddalar litosfera, gidrosfera hamda atmosferaning taraqqiyotiga faol ta’sir ko’rsatadigan omil bo’lib qolgan. Tirik modda ta’sirida mazkur qobiqlar hozirgi xususiyatga ega bo’lgan. SHunday qilib, Yerning qulay fazoviy sharoitida uzoq davom etgan rivojlanish jarayonida uning o’ziga xos murakkab va bir butun tabiiy tizim vujudga kelganki, uni geografik qobiq deb ataladi.
Geografik qobiqning hozirgi bosqichidagi eng muhim xususiyati unda odamzodning mavjudligidir. Geografik qobiqni inson uchun yashaydigan muhit deb atash qabul qilingan.
Geografik qobiqning yuqorigi va quyi chegarasi hayot tarqalgan joylar chegarasiga to’g’ri keladi. Geografik qobiq o’rtacha balandligi 11 km bo’lgan troposferaning, yer yuzasidagi qalinligi okeanlarda 11 km gacha boradigan butun suv qobig’ini hamda litosferaning yuqorigi 2-3 km qatlamni o’z ichiga oladi.
Geografik qobiqdan tashqarida hamma narsa unga nisbatan tashqi narsalar hisoblanadi. Bularga atmosferani yuqori qatlamlari, Yerning ichki qismi ham kiradi. Binobarin geografiya butun Yer haqidagi fan emas, balki yerning muayyan va yupqa qobig’i bo’lgan geografik qobiqni o’rganadi. Mazkur qobiq doirasida xam tabiatni qator fanlar (ekologiya, biologiya, okeanografiya, gidrologiya, mateorologiya va x.k) ham o’rganishadi. Mazkur fanlarni har biri Yer yuzasidagi tabiiy tizimning ma’lum bir tomonini tadqiq etadi. Ammo uni har tomonlama, kompleks o’rganmaydi. Geografik qobiqni esa kompleks o’rganish juda katta ahamiyatga ega. CHunki tabiat bir butun hosiladir. Geografik qobiqni tabiatini xuddi shunday holda, bir butun holda o’rganish tabiiy geografiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tabiiy geografiya geografik qobiqni tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi va xududiy tabaqalanishi haqidagi fanlar tizimidir. Mazkur fanlar tizimi o’z navbatida uch guruhga bo’linadi:
-umumiy tabiiy geografik fanlar guruhi. Mazkur fanlarga umumiy yer bilimi, umumiy geomorfologiya, umumiy gidrologiya tabiiy geografik rayonlashtirish va boshqa fanlar kiradi;
-maxsus (xususiy) tabiiy geografik fanlar guruhiga tuproq geografiyasi, geobotanika, zoogeografiya, iqlimshunoslik va boshqa fanlar kiradi;
- regional tabiiy geografik fanlar guruhiga materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, alohida davlatlar va o’lkalar tabiiy geografiyasi kiradi.
Umumiy yer bilimining o’rganish ob’ekti geografik qobiqdir. Geografik qobiqning tarkibiy qismlari: Tog’ jinslari, suvlar, havo, tirik modda va boshqalar har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin (qattiq, suyuq, gaz). Yerdagi barcha kimyoviy elementlar geografik qobiqda mavjud. Geografik qobiqqa Quyosh va koinotdan keladigan issiqlikdan tashqari Yerning ichki qismidan ham issiqlik kelib turadi.
Geografik qobiqning tarkibiy qismlari orasida doimo modda va energiya almashinuvi sodir bo’lib turadi. Geografik qobiqning tarkibiy qismlarini o’zaro ta’siri natijasida uning eng muhimi xususiyatlaridan biri bo’lgan, yaxlitlik va bir butunlikning namoyon bo’lishiga olib keladi.
Materiklar yuzasida litosfera (tog’ jinslari va relьef), atmosfera (havo massalari va yog’inlar), gidrosfera (er osti va ustki suvlari, muzlar), biosfera (mikroorganizmlar, o’simlik va xayvonot dunyosi)ning o’zaro ta’siri natijasida turli tabiatga ega bo’lgan xududlarning muayyan turlari, ya’ni o’rmonlar, botqoqliklar, dashtlar, cho’llar, tundra va boshqalar vujudga keladi. Mazkur hududlarning landshaftlarini o’rganish geografiyaning, ayniqsa regional geografiyaning vazifasi hisoblanadi.
Geografiya fani Yerni umumiy va regional tadqiq qilishdan tashqari tabiiy geografik muhitning ayrim tarkiblarini ham alohida o’rganadi. Tabiatning ayrim tarkiblari maxsus tabiiy geografiya fanlari tomonidan o’rganiladi. Maxsus yoki xususiy tabiiy geografik fanlari guruhiga-tuproq geografiyasi, geobotanika, zoogeografiya, glyasiologiya, iqlimshunoslik, okeanografiya va boshqalar kiradi.
Tuproq geografiyasi yer yuzasida tuproqlarni tarqalishini georafik qonuniyatlarini o’rganadi. Geobotanika Yer yuzasida o’simliklarni, zoogeogafiya hayvonlarni tarqalishini geografik jihatlarini o’rganadi.
Regional tabiiy geografiya ayrim hududiy tabiiy sharoitining shakillanishini va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.
Umumiy va regional tabiiy geografiya fanlari guruhi xususiy (maxsus) tabiiy geografiya fanlari ma’lumotlari va xulosalari bilan «oziqlanadi», masalan, daryolarni o’rganuvchi gidrologiya fani daryo suvlari xususiyatlarini fizik va ximik usullari yordamida o’rganadi.
|
| |