|
Fanning maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi
|
bet | 2/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Fanning maqsadi va vazifalari, qisqacha rivojlanish tarixi.
Fan insonning ongli faoliyati maxsuli sifatida qadimgi Yunonistonda VI-V asrlarda vujudga keldi. Juda ko’p olimlarning fikricha fan bu insonning ongli faoliyatidir. Fanning vazifasi esa borliq haqidagi bilimlarni ishlab chiqish va ularni nazariy jihatdan tartibga solishdir. Fanning asosiy maqsadi esa ob’ektiv borliqni boshqarishni usullari va yo’llarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Hozirgi paytda fanlar shartli ravishda uch qismga bo’linadi:
-tabiiy fanlar;
-ijtimoiy fanlar;
-texnika fanlari;
Tabiiy fanlarga matematika, fizika, ximiya, geografiya, biologiya va geologiya fanlari kiradi.
Tabiiy fanlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri fanlararo ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni ishlab chiqishdir.
Hozirgi paytda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda:
-Yerning, biosferaning, atmosferaning, Dunyo okeanining tuzilishini, tarkibini va rivojlanishini o’rganish;
-tabiatdan va tabiiy boyliklardan oqilona va to’la foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
-tabiiy hodisa va jarayonlarni sodir bo’lishini bashorat qilish usullarini takomillashtirish;
-tabiatni muhofaza qilish ishlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish.
«Umumiy yer bilimi» mamlakatimizda geografiya ta’limining muhim asosi bo’lib hisoblanadi. Geografiya ta’limida tabiatni qo’riqlash masalalariga ko’proq axamiyat berilishi, atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro strategiyasi va BMT ning «Inson va muhit» dasturida ko’rsatilgan halqaro dasturlarining bajarilishi Umumiy yer bilimi fanining mavqeini va obro’sini yanada oshirib yubordi.
Fanlarni uch guruhga bo’linishi shartlidir. CHunki ayrim fanlarning ma’lum bir tarmog’i tabiiy fanlar tizimiga kirsa, boshqa tarmog’i ijtimoiy yoki texnika fanlari tizimiga kiradi. Masalan, geografiya fani tabiiy fanlar tizimiga kiradi, ammo iqtisodiy geografiya ijtimoiy, geodeziya va kartografiya esa texnika fanlari tizimiga kiradi.
|
| |