• Koinot haqida asosiy tushunchalar: Olam; Metagalaktika, Galaktika, yulduzlar .
  • -mavzu. Koinot, Quyosh sistemasi va Yer




    Download 1,98 Mb.
    bet7/86
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #137276
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
    4-mavzu. Koinot, Quyosh sistemasi va Yer
    Reja
    1. Koinot haqida asosiy tushunchalar: Olam; Metagalaktika, Galaktika, yulduzlar,
    2. Quyosh sistemasi, Quyosh, sayyoralar, asteroidlar, meteorlar, meteoritlar, kometalar.
    3. Yer va uning asosiy o’lchamlari: og’irligi, shakli, o’lchamlari.
    4.Yerga fazoning ta’siri. Magnitosfera. Yerning shakli va harakatlari.
    5. Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishining geografik oqibatlari.


    Koinot haqida asosiy tushunchalar: Olam; Metagalaktika, Galaktika, yulduzlar.
    Bizning sayyoramiz bo’lgan Yer yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar, kometalar va boshqalar kabi osmon jismlaridan biridir. Yer boshqa qator sayyoralar kabi Quyosh atrofida aylanadi va Quyosh tizimidagi osmon jismlari qatoriga kiradi. Quyosh esa galaktikamizning yulduzlaridan biri hisoblanadi va atrofidagi sayyoralar, asteriodlar, yo’ldoshlar, kometalar bilan bir tizim bo’lib Galaktika bilan birga harakat qiladi. Galaktikamiz esa metagalaktika tarkibiga kiradi. Metagalaktika esa olam tarkibiga kiradi.
    Koinot to’g’risidagi asosiy tushunchalar quyidagilardan iborat: olam, metagalaktika, galaktika, yulduzlar; Quyosh tizimi, sayyoralar, yo’ldoshlar, asteroidlar, meteorlar, meteoritlar, kometalar va h.k.
    Olam - bu cheksiz va chegarasiz dunyodir. Uning na boshlanishi va na oxiri maьlum emas. U hech qanday tabiiy chegaraga ega emas.
    Metagalaktika - bu hozirgi teleskoplar yordamida o’rganilishi mumkin bo’lgan olamning bir qismidir. U galaktikalar tizimidan iborat. Fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan metagalaktikaning chegarasi xam kengayib boradi.
    Galaktikalar turli miqdordagi yulduzlar tizmidan iborat. Suratga olingan eng olisdagi galaktikalargacha bo’lgan masofa bir milliarddan ortiqroq yorug’lik yiliga teng. Radioteleskoplar esa 5mlrd. yorug’lik yiliga teng bo’lgan masofada joylashgan Galaktikalarni ham aniqlashi mumkin. Yerga eng yaqin bo’lgan galaktika Andromeda tumanligi bo’lib, u 1,5 mlrd. yorug’lik yilliga1 teng bo’lgan masofada joylashgan. Galaktikalarning shakllari elliptik, spiralsimon va noto’g’ri bo’lishi mumkin. Elliptik shakldagi galaktikalar aylanasimondan cho’ziqsimongacha bœladi. Spiralsimon galaktikalar yarqirab turadigan yadrodan va undan spiralsimon tarzda ajralib turadigan tarmoqlaridan iborat Noto’g’ri shaklga ega bo’lgan galaktikalar kam uchraydi. Ularni yadrosi yo’q va juda xira. Galaktikalarning diametri ham turlicha.
    Ayrimlarining diametri 50000 parsek, boshqalariniki esa 500 parsekka2 yetmaydi. Galaktikalar o’rtasidagi o’rtacha masofa 3MP.
    Galaktikalarning markaziy yadrosidan doimo vodorod nurlari sifatida moddalar ajralib turadi va ular galaktikani tashlab chiqib ketishadi.
    Hamma galaktikalar u yoki bu darajada radioto’lqinlar tarqatib turishadi. Radioto’lqinlarni tarqatish manbai bo’lib o’ta ajoyib koinot jismi bo’lgan kvazarlar ham hisoblanadi (o’ta o’lkan yulduzlar). Ularning tabiati hali o’rganilmagan. Olimlarning fikricha ularning parchalanishidan bo’lajak galaktikalarning hosil bo’lishi boshlanadi. (galaktikalar - portlagan kvazarlarning parchalaridir).
    Bizning Galaktika yoki somon yo’li yulduzlar turkumi (grekcha galaktikos-sutrang, gala-sut so’zidan olingan). Bizning Quyosh tizimimiz kiradigan yulduzlar tizimi, Galaktika turli xil o’lchamdagi yulduzlardan, tumanliklardan, yulduzlararo bo’shliqlardagi zarracha va atomlardan iborat. Galaktikaning juda ko’p yulduzlari yerdan juda uzoqda bo’lganligi uchun ularni alohida-alohida payqab bo’lmaydi, shuning uchun ular bir-biri bilan qo’shilib oqish yo’lni, yaьni somon yo’lini hosil qiladi.
    Galaktika murakkab spiralsimon (girdob) tuzilishga ega. Galaktikaning diametri tahminan 100000 yorug’lik yiliga teng. Galaktika markazi atrofida yulduzlar zichligi yuqori. Galaktikaning markazida yadro joylashgan, har yili Quyosh og’irligiga teng bo’lgan moddalarni otib chiqaradi. Galaktikada hamma yulduzlar Galaktika o’qi atrofida aylanadi. Galaktika o’z o’qi atrofida 200 mln. yilda bir marta aylanib chiqadi. Buni Galaktika yili deb ataladi.
    Yulduzlar-o’zidan nur taratadigan osmon jismlaridir. Ular qizigan gazlardan iborat. Yerdan yulduzlargacha bo’lgan masofa juda uzoq bo’lganligi uchun, ular nur taratayotgan nuqtaga o’xshab ko’rinishadi.
    Yulduzlar kattaligiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
    - ulkan yoki qizil yulduzlar, ular bizning Quyoshdan ancha katta;
    - sariq mitti yulduzlar, ularning kattaligi deyarli bizning Quyosh bilan teng;
    - oqish mitti yulduzlar, ular bizning Quyoshdan bir necha million marta kichik.
    Yulduzlar yuzasidagi harorat 3000 darajadan 30000 darajagacha. Ular asosan vodorod va geliydan iborat, shuning uchun issiqlik va nur hosil bo’ladi.



    Download 1,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Koinot, Quyosh sistemasi va Yer

    Download 1,98 Mb.