• II BOB.Fazoviy jismlar…………………………………………………
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI KIRISH Quyosh
  • Fazoviy jismlar. Quyosh. Quyosh tizimida sayyoralar joylashishi va ularning tavsifi. Mundarija kirish I bob. Quyosh haqida batafsil




    Download 1.01 Mb.
    bet1/15
    Sana13.04.2024
    Hajmi1.01 Mb.
    #193991
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    18 tabiiy fan
    01 tabiiy fan, 03 tabiiy fan, 05 tabiiy fan, 19 tabiiy fan, 02 tabiiy fan, 07 tabiiy fan, 16 tabiiy fan, 01 ona tili, 07 ona tili, 08 ona tili, o\'quv muassasalari

    Fazoviy jismlar. Quyosh. Quyosh tizimida sayyoralar joylashishi va ularning tavsifi.
    MUNDARIJA
    KIRISH
    I BOB. Quyosh haqida batafsil…………………………………………
    1.1.Quyoshning tuzilishi, atmosferasi va uning harorati…………………
    1.2.Quyosh yadro energiyasining manbalari va elektromagnit tabiati…...
    II BOB.Fazoviy jismlar…………………………………………………
    2.1. Quyosh doimiysi. Atmosfera massasi. Yer sirti albedosi. Vaqt tenglamasi grafigi………………………………………………………...
    2.2.Quyoshda eng yaqin sayyoralar: tavsifi va xususiyatlari…………….
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI


    KIRISH
    Quyosh — Quyosh tizimining markaziy jismi, qizigan plazma shari. Quyosh Yerga eng yaqin G2 sinfiga mansub sariq mitti yulduz. Massasi 1,990×1030 kg (Yernikidan 332958 marta koʻp). Quyoshda Quyosh tizimi massasining 99,866 foizi jamuljam. Yerdan Quyoshgacha masofa 1,4710×1011 m dan (yanvar) 1,5210×1011 m gacha (iyul) boʻlib, oʻrtacha 1,4960×1011 m ni tashkil etadi (astronomik birlik). Quyosh diametri 1,392×1011 9 m (Yer ekvatori diametridan 109 marta koʻp). Oʻrtacha zichligi 1,41×1011 kg/m3. Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi 273,98 m/s kvadrat, parabolik tezlik (ikkinchi kosmik tezlik) esa 6,18×105 m/s. Sirtidagi harorat 5770 K. Quyosh sistemasidagi sayyoralar soni 8 ta. Astronomik belgisi fi  .
    Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz.Unda sistemaning 99,866 % massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109 marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m³. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 149597870 ±1,6 km (astronomik birlik); perigeliyda afeliyga qaraganda 5 mln. km kamroq. Quyosh sirtidagi tortilish kuchi tezlanishi 273,98 m/sek2. Quyosh sirtidagi effektiv temperatura, uning toʻla nurlanishi boʻyicha 5770 K ga teng. Yerni oʻz orbitasida ushlab turuvchi kuch 3,6T021kg. Quyosh oʻlchamlariga koʻra oʻrtacha sariq yulduz boʻlib, spektr yorqinlik Gersshprung — Ressel diagrammasining oʻrta qismidan oʻrin oladi. Quyoshning spektral sinfi S2U.
    Quyosh Galaktikamizspiraltarmoqlaridan birida, Galaktika markazidan 10 kps (kiloparsek) masofada joylashgan (qarang Parsek). Quyosh Galaktika markazi atrofida 200 mln. yil davomida bir marta aylanib chiqadi. Yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh sekundiga 20 km tezlik bilan harakat qiladi. Quyoshning yoshi 5T09yil.
    Quyosh optik va radioteleskoplar yordamida tekshiriladi. Kosmosga uchishlar Quyoshning Yer atmosferasi oʻtkazmaydigan qisqa toʻlqinli va korpuskulyar nurlanishini ham tekshirishga yoʻl ochib berdi.
    1611-yilda G. Galiley teleskop yordamida Quyoshni birinchi bor kuzatib, Quyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Olmon astronomi G. Shvabe esa 1843-yilda Quyosh oʻzgarishining soni yoki Quyosh faolligi davriy oʻzgarishini topdi, 1814-yilda Y. Fra-ungofer Quyosh spektrida yutilish chiziqlarini, 1859-yilda nemis olimlari Kirxgof bilan Bunzen bu chiziqlar Quyoshning tashqi qatlamlarida, uning atmosferasida paydo boʻlishini kashf etdi. Bu Quyoshning kimyoviy tarkibini, fizik tabiatini tekshirishda muhim rol oʻynadi. 1913-yilda amerikalik astronom J. Xeyl Quyosh dogʻlari Quyosh sirtining sovigan qismlari ekanligini va fraungofer chiziqlarining zeyemancha ajralishidan Quyosh sirtida kuchli magnit maydonlari borligini kashf etdi (qarang Quyosh magnetizmi). 1940-yillar boshida Quyosh radiotoʻlqinlar manbai ekanligi aniqchandi. 1942-yilda shved olimi B. Edlen va boshqa olimlar Quyosh toji spektridagi bir necha spektral chiziqni koʻp marta ionlangan kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari ekanini aniqladi, shu bilan Quyosh tojining yuqori temperaturaga egaligini kashf etdi. XX asrning yarmida magnit gidrodinamika va plazma fizikasining rivojlanishi Quyosh fizikasining rivojlanishiga muhim turtki boʻldi. Kosmik eraning boshlanishidan soʻng Quyoshning ultrabinafsha va rentgen nurlanishi raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlariga oʻrnatilgan avtomatik orbital rasadxonalar, bortida kosmonavtlar boʻlgan kosmik lab. lar yordamida oʻrganilmoqsa. Qrim, Pulkovo va boshqa rasadxonalarida, koʻpgina xorij mamlakatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida ham Quyoshni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda (qarang: Astronomiya).
    Quyosh oʻz oʻqi atrofida yer singari muntazam sharqdan gʻarbga tomon aylanadi. Aylanish tezligi Quyosh ekvatorida 2 km/sek boʻlib, qutblari tomon kamayib boradi. Ekvatorda aylanish davri =25, qutblari yaqinida esa =31 sutkaga teng. Quyoshning toʻla nurlanishi Quyosh zenitda boʻlganda Yer sirtiga tushadigan yoritilganlik (100 ming lyuks) boʻyicha aniqlanadi. Yerning Quyoshdan oʻrtacha masofasida, atmosferadan tashqaridagi yoritilganlik 127 ming lyuksni; Quyoshning yorugʻlik kuchi 2,84-1027shamni tashkil qiladi. Quyosh ning toʻla nurlanish quvvati 3,83T026 Vt, undan Yerga taxminan 2T017Vt yetib keladi.

    Download 1.01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fazoviy jismlar. Quyosh. Quyosh tizimida sayyoralar joylashishi va ularning tavsifi. Mundarija kirish I bob. Quyosh haqida batafsil

    Download 1.01 Mb.