• II BOB.SUV MUHITI……………………………………………………………..
  • Atmosfera yog’inlari: hosil bo’lishi, turlari. Tabiatda suvninng aylanishi, manbalari va uni ifloslovchi manbalar. Ichimlik suvidan ehtiyotlik bilan foydalanish. Mundarija kirish I bob. Atmosfera yog’inlari




    Download 448.34 Kb.
    bet1/11
    Sana11.04.2024
    Hajmi448.34 Kb.
    #193307
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    07 tabiiy fan
    01 tabiiy fan, 03 tabiiy fan, 05 tabiiy fan, 19 tabiiy fan, 02 tabiiy fan, 18 tabiiy fan, 16 tabiiy fan, 01 ona tili, 07 ona tili, 08 ona tili, o\'quv muassasalari

    Atmosfera yog’inlari: hosil bo’lishi, turlari. Tabiatda suvninng aylanishi, manbalari va uni ifloslovchi manbalar. Ichimlik suvidan ehtiyotlik bilan foydalanish.
    MUNDARIJA
    KIRISH
    I BOB.ATMOSFERA YOG’INLARI……………………………………………..
    1.1.Atmosfera yog’inlarining hosil bo’lishi va turlari………………………………
    1.2.Tabiatda suvning aylanishi……………………………………………………...
    II BOB.SUV MUHITI……………………………………………………………..
    2.1.Suv muhitini ifloslantiruvchi manbalar va suvni muhofaza qilish……………..
    2.2.Ichimlik suvi va undan ehtiyotlik bilan foydalanish……………………………
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

    KIRISH
    Suv (kimyoviy formulasi: H2O) – hidsiz, rangsiz, taʼmsiz, shaffof, suyuqlik shaklidagi kimyoviy moddadir (normal holatda). Yer sirtining 71 foizini egallaydi (~1.460 × 1015 killogram); Yerdagi suv asosan okean, dengiz, koʻl, daryo (95,6 %) kabi suv havzalarida, shuningdek muzlar, yer osti suvlari (1.6 %) va atmosferadagi suv bugʻlari, bulutlarda (0.001 %) yigʻilgan. Bundan tashqari suv organizmlar tarkibida ham mavjud. Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar (tuzlar, gazlar) mavjuddir. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir. Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera – okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, budut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10 % ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosferayaa gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining yarmiga teng. Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang Suv aylanshii). Tabiiy sharoitda suv tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori suvning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. Suvdagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa – chuchuk, 25 g/kg gachasi – tu zli, undan yuqorisi – shur suv deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean suvining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq, chuchuk suvda N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. Suvning mineralligi oshgan sari S O, S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi. Tabiiy suvda erigan gazlar – azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. Suvda organik moddalar konsentratsiyasi oz – darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.
    Vodorodning 2 ta barqaror izotopi (ʻH va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha suvda tarkibida vodorodning izotopi – tritiy (3H) boʻlgan 13 – 20 kg „oʻta ogʻir“ suv bor (qarang Ogʻir suv).
    Suv keng tarqalganligi va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai xisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, suv hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga suv sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. XVIII asrning oxirigacha suvni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82 yillarda ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni bilan portlatib sintez qilgan. 1783-yilda francuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, suvning vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772-yil francuz fizigi Delyuk suvning maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi.

    Download 448.34 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 448.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atmosfera yog’inlari: hosil bo’lishi, turlari. Tabiatda suvninng aylanishi, manbalari va uni ifloslovchi manbalar. Ichimlik suvidan ehtiyotlik bilan foydalanish. Mundarija kirish I bob. Atmosfera yog’inlari

    Download 448.34 Kb.