|
Umumiy tabiiy geografiya
|
bet | 9/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Sayyoralar.
Quyosh tizimida 9 ta sayyora mavjud. Quyosh atrofida aylanadigan va Quyoshdan kelayotgan yorug’likning aks etishi bilan ko’rinadigan sharsimon sovuq osmon jismlari sayyoralar (planetalar) deb ataladi. Katta sayyoralar atrofida aylanadigan kichik sayyoralar yo’ldoshlar deb ataladi. Quyosh tizimidagi sayyoralar va ularning yo’ldoshlari haqidagi maьlumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
Sayyoralar Quyosh atrofida aylanib, harakat qilganida (yo’ldosh esa sayyora atrofida aylanib xarakat qilganida) hosil bo’ladigan berk egri chiziq orbita deb ataladi. Sayyoralarning Quyoshga eng yaqin kelgandagi va undan eng uzoqqa ketgandagi masofalar ayirmasining shu masofalar yig’indisiga nisbati ekssentrisitet deb ataladi (1). Ekssentrisitet orbita shaklining aylanadan qanchalik farq qilishini ko’rsatuvchi miqdordir. Yer orbitasi tekisligiga to’g’ri keluvchi tekislik Ekliptika deb ataladi. Har qanday jismning sayyora (yoki yulduz)ning tortish kuchini yengib, undan butunlay ketib qolishi uchun zarur bo’lgan tezlik qochish tezligi deb ataladi.
Quyosh tizimidagi sayyoralar ikki guruhga bo’linadi: a) Yer guruhidagi sayyoralar (Merkuriy, Venera, Yer, Mars); b) ulkan sayyoralar (Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton)3.
Merkuriy. Quyoshga eng yaqin va eng kichik sayyora. Merkuriyning og’irligi Yernikidan 20 barobar kam. U Quyoshga yaqinligi tufayli Quyosh tomonidan kuchli tortiladi. Merkuriy Quyosh atrofida 88 Yer sutkasi davomida bir marta aylanib chiqadi, ammo o’z o’qi atrofida juda sekin aylanadi. SHu tufayli uning bir tomoni uzoq vaqt Quyosh tomonidan kuchli qizdirilsa, bir tomoni uzoq vaqt mobaynida kuchli soviydi. SHuning uchun yoritilib turgan qismida harorat q4200S, qorongi tomonida esa – 2400S, oqibatda sutkalik xaroratlar farqi juda katta bo’lgani uchun kuchli nurash jarayoni ro’y beradi. Merkuriy massasining va og’irlik kuchining kamligi tufayli uning ichki qismidan chiqayotgan gazlar tezda fazoga uchib ketadi. Merkuriy atmosferasida azot, is gazi, atomar vodorod, argon va neon borligi aniklangan.
Venera. Kattaligi, og’irligi va zichligi jihatidan Yerga yaqin turadi. Venera ham gazlarni ushlab tura oladigan miqdorda og’irlik kuchiga va bosimi 27 atm. bo’lgan zich atmosfera bilan o’ralgan.
Atmosferasi asosan is gazidan iborat (93-97%), kislorod juda kam (0,1%), azot esa 2% atrofida. Venera atmosferasining eng yuqori qismlari atomar vodoroddan iborat. Venera atmosferasi q4000S gacha qizib ketadi, chunki u Quyoshga yaqin.
Yer Quyosh tizimidagi uchinchi sayyora hisoblanadi. Yerning sayyora sifatidagi tavsifi 2-bobda berilgan. Bu yerda biz Yerning yo’ldoshi bo’lgan Oyni tavsifini keltiramiz.
Oy, Yerga eng yaqin yirik osmon jismi. Yer atrofida ekliptik orbita bo’ylab aylanadi. Diametri 3476 km, og’irligi Yer og’irligidan 81,5 marta kam. Oy yuzasida harorat kunduzi q1200C, kechasi – 4000C. Oyning markaziga qarab harorat ortib boradi. Oyning ichki tuzilishi quyidagi qismlardan iborat: yadro, mantiya (1000-1100 km), oy po’sti (55-56 km). Oy yadrosi harorati 15000C bo’lgan erigan moddalardan tashkil topgan. Oyning yoshi 4,6 mlrd. yil. Oyda marganes, kremniy, kalьsiy, titan, temir, bazalьt, dala shpati mavjud.
Oy mustaqil osmon jismidir. Oyda atmosfera yo’qligi tufayli uning yuzasi Yerdan yaxshi ko’rinadi. Oyning o’rganilish tarixi ikki davrga bo’linadi: tokosmik va kosmik.
Tokosmik davrda Oy teleskoplar yordamida o’rganilgan. Galiley birinchi bo’lib Oy yuzasida kraterlarlar va dengizlar borligini aniqlagan.
Kosmik davr XX asrning 60- yillaridan boshlandi. Bu davrda Oy tabiatini o’rganishning asosiy natijalari quyidagilardan iborat:
- Oy yuzasida 1969 yildan boshlab inson tomonidan tadqiqod ishlari olib borila boshlagan. 1969 yili Amerikalik fazogirlar Oyga qo’nib tadqiqod olib borishdi;
- Oydagi tog’ jinslari magmatik yo’l bilan hosil bo’lgan. Ularning yoshi 4,6-3,16 mlrd. yil;
-Quyosh tizimi paydo bo’lgandan beri Oy mustaqil osmon jismi sifatida faoliyat ko’rsatib kelayotlanligi aniqlandi;
-Oydagi kraterlarning ko’pchiligining kelib chiqishi kosmik omillar bilan bog’liq;
- Oy yuzasida ikki xil rel’ef shakllari uchraydi: materik oblastlari va dengizlar. Materik qismida tog’lar, tekisliklar tarqalgan. Dengizlar meteoritlarning Oy yuzasiga tushishi natijasida hosil bo’lgan botiqlardir.
Mars. Ko’p xususiyatlarga ko’ra Yerga yaqin. Hayot belgilari borligi aniqlangan. O’z o’qi atrofida 24 soat 37 minutda aylanadi. Bunday harakat Mars yuzasini sutka davomida isish va sovish vaqtlarini almashinishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Marsning bir yili 687 sutkaga teng. Qishda mo’’tadil mintaqada qor va qirovning oq dog’lari ko’rinadi. Suv Marsning ichki qobiqlaridan chiqishi mumkin. Ekvatorial mintaqada harorat kunduzi q200C, kechasi -450Cni tashkil qiladi. Qutbiy o’lkalarda qutbiy kun va qutbiy tun kuzatiladi. Hamma joyda ko’p yillik muzloq yerlar tarqalgan.
Mars atmosferasi juda siyrak, unda is gazi va azot keng tarqalgan, kislorod miqdori kam (0,3%), suv bug’lari esa 0,05%ni tashkil qiladi. Marsda ham Yerga o’xshab issiqlik mintaqalari mavjud, fasllar almashinib turadi. Marsning 2 ta yo’ldoshi bor, ularning nomi: Fobos va Deymos.
Ulkan sayyoralar Yupiter, Saturn, Uran, Neptun Yer guruhidagi sayyoralardan keskin farq qiladi. Ular ulkan bo’lishiga qaramasdan zichligi kam, asosan yengil elementlardan iborat, 70-80%ni vodorod tashkil qiladi. Quyoshdan uzoqda joylashganligi uchun Quyoshdan kam issiqlik olishadi. Xatto Yupiterda ham harorat -1000C. SHuning uchun mazkur sayyoralarda hayot yo’q.
Yupiter. Quyosh tizimidagi beshinchi va eng katta sayyora. Uning og’irligi qolgan barcha sayyoralar og’irligini 71% ni tashkil qiladi. Sayyoraning o’qi orbita tekisligiga deyarli tik joylashgan. Uning yuzasi bulut bilan qoplangan. Atmosferasi asosan vodoroddan (85% atrofida) iborat. Bulut qatlamidan pastroqda atmosfera zichroq va issiqroq bo’lib qoladi. Yupiterning 16 ta yo’ldoshi bor, ularning eng yirigi – Ganimed Merkuriy sayyorasidan kattadir. Yo’ldoshlarning to’rttasi sayyora aylanishiga testkari aylanadi.
Saturn. Quyosh tizimidagi oltinchi sayyora, hajmi Yer hajmidan 760 marta katta, 18 ta yo’ldoshi mavjud, ulardan Titan nomli yuldoshi Quyosh tizimidagi eng yirik yo’ldosh hisoblanadi (diametri 4758 km.). Saturnda uchta halqa mavjud. Halqalarning qalinligi 20-100 km atrofida o’zgaradi.
Uran sayyorasini Yerdan faqat teleskop orqali kuzatish mumkin. O’z o’qi atrofida Quyoshga nisbatan testkari tomonga aylanadi. Uran sayyorasi metan (84%), vodorod (2%), og’ir metallardan (14%) iborat degan taxmin mavjud. Quyosh nurlarini juda kam miqdorda oladi, uning yuzasida harorat -2100S. Uranning 17 ta yo’ldoshi bor, ularning orbita tekisliklari Uran orbitasi tekisliklariga deyarli tik.
Neptun. Quyoshdan ancha olisda joylashgan sayyoralardan biri. Quyosh atrofida 165 Yer yilida bir marta aylanib chiqadi. Neptun ammiak (74%) va og’ir metallardan (26%) iborat degan taxmin mavjud. Uning yuzasida harorat -2920S. Uning 8 ta yo’ldoshi bor. Ulardan biri Triton eng yirik yo’ldoshlar toifasiga kiradi, testkari aylanadi.
Pluton. Quyosh tizimidagi eng olisda joylashgan sayyora. Orbitasi boshqa sayyoralar orbitasiga nisbatan chuziqroq. O’z o’qi atrofida 6,4 Yer sutkasida bir marta aylanib chiqadi. Hajmi yerdan kichik. Bitta yo’ldoshi bor.
Ko’p olimlarning fikricha Quyosh tizimining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat (Kalesnik, 1966. 10b.):
- hamma sayyoralar Quyosh atrofida deyarli doira shaklidagi (ekssentrisiteti kichik) orbitalar bo’ylab aylanadi;
- hamma sayyoralar Quyosh atrofida bir tomonga qarab, yaьni (ekliptika ustidagi, shimoliy qutb tomondan qaraganda) soat mili harakatiga qarama-qarshi tomonga aylanadi;
- hamma sayyoralar (Urandan tashqari) va ularning yo’ldoshlaridan juda ko’pchiligi soat mili harakatiga qarama-qarshi tomonga aylanadi;
- hamma sayyoralarning orbitalari deyarli bir tekislikda yotadi.
|
| |