Quyosh tizimi va undagi osmon jismlarining kelib chiqishi haqidagi taxminlar (gipotezalar)




Download 1,98 Mb.
bet10/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86
Quyosh tizimi va undagi osmon jismlarining kelib chiqishi haqidagi taxminlar (gipotezalar).
Quyosh va sayyoralarning va boshqa osmon jismlarining vujudga kelishi haqidagi muammolar qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan.
Quyosh tizimidagi sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning uzoq davrlar mobaynida rivojlanishi mahsulidir. Hozirgi tasavvurlarga binoan Quyosh tizimidagi Quyosh, sayyoralar va boshqa osmon jismlari bundan 4,6 mlrd. yil avval chang va gazlardan tuzilgan bulutlar yoki tumanlardan hosil bo’lgan (Proisxojdenie Solnechnoy sistemo’, 1976; Solnechnaya sistema,1978; Krivoluskiy, 1985). Mazkur bulutlar va tumanlar Galaktikaning tarmoqlaridan birida aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo bo’lgan. Gravitasion siqilish natijasida asta-sekin zichlashib disk (doira) shaklini olgan. Yanada zichlashish taьsirida bulutlikning moddalari qiziy boshlagan va markaziy qismidagi yuqori harorat yadro reaksiyalarini boshlanishiga olib kelgan. Keyinchalik bulutlikning markaziy qismidan Quyosh vujudga kelgan, qattiq moddalar uyumidan esa sayyoralar va yo’ldoshlar vujudga kelgan.
Bunday ilmiy qarash bundan 300 yil avval vujudga kelgan va nebulyar (nebulyar-tuman) gipotezasi deb nom olgan. Mazkur gipoteza dastlab Dekart tomonidan olga surilgan, ammo u Kant-Laplas kosmogoanik gipotezasi nomi bilan mashhur bo’ldi.
Quyosh tizimini va undagi osmon jismlarini paydo bo’lishi to’g’risidagi kosmogonik gipoteza nemis faylasufi I.Kantning 1755 yilda nashr etilgan «Koinotning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» asarida bayon etilgan. I.Kant osmon bo’shlig’idagi zarralar bir-biri bilan o’zaro tortishi natijasida bir markazda to’planib quyuqlashgan va hozirgi Quyoshning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan, Quyosh atrofida aylanayotgan jismlar esa hozirgi sayyoralarni hosil qilgan degan g’oyani ishlab chiqqan.
I.Kant gipotezasiga yaqinroq gipotezani 1795 yili fransuz matematigi va astronomi P.Laplas yaratadi. Uning fikricha Quyosh tizimi avval aylanuvchi, o’ta siyrak, qizigan changlardan iborat bo’lib, uning markazida changlikning (tumanlikning) o’zagini tashkil etuvchi juda quyuq gazsimon moddalar zich holatda to’plangan. Mazkur tumanlikning tobora sovushi va siqilishi oqibatida uning tezligi kuchaygan. SHuning natijasida uning aylanishi yanada tezlashadi, markazdan qochma kuchlar tortish kuchidan ustun kelgach, tumanlikdan turli vaqtda gazsimon halqalar ajralib chiqib keta boshlagan. Ajralib chiqqan halqalardan sayyoralar hosil bo’lgan. P.S.Laplasning fikricha tumanlikning markaziy sharsimon yirik qismi Quyosh, undan ajralib chiqqan halqalar esa sayyoralarni va ularning yo’ldoshlarini keltirib chiqargan.
I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari bir-biriga juda yaqin bo’lganligi uchun Kant-Laplas gipotezasi deb atala boshladi. Ammo ular o’rtasida farqlar mavjud. I.Kant fikriga ko’ra, Quyosh hamda sayyoralar dastlabki siyrak tumanlikdan paydo bo’lgan. P.S.Laplas fikriga ko’ra (u fakat Quyosh tizimi haqidagi gipoteza), sayyoralar o’z o’qi atrofida tez aylanadigan qizib ketgan gazlardan tashkil topgan.
Quyosh yaqinidagi sayyoralar I.Kant fikriga ko’ra tortish va itarilish kuchlari taьsirida vujudga kelgan. P.S.Laplas fikricha esa, sovish va zichlanish oqibatida aylanma harakatlar vujudga kelgan, hamda aylanuvchi halqasimon zichroq moddalar to’plami paydo bo’lgan. So’ngra har bir halqaning asosiy massasi sferik jism-sayyora bo’lib to’plangan, qolgan kamroq massasidan yo’ldoshlar paydo bo’lgan.
Kant-Laplas gipotezasining kamchiliklari fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli XIX asrda aniqlangan.
O.Yu.SHmidt isbotlagan quyidagi maьlumotlarni o’z gipotezasiga asos qilib olgan (Kalesnik, 1966). Galaktika bilan birga Quyosh ham aylanadi; Galaktika ekvatori tekisligida (yaьni Quyosh turgan tekislikda) kosmik chang va gazlarning bulutsimon, nihoyatda katta to’plamlari mavjud.
Quyosh galaktikaning o’qi atrofida aylanayotganda bundan bir necha milliard yil avval kosmik changdan iborat bulut orasidan o’tgan va tortish kuchi natijasida bu bulutning bir qismini o’zi bilan ergashtirib ketgan. Keyinchalik Quyosh haligi zarralardan vujudga kelgan va ellips orbita bo’ylab aylana boshlagan qattiq jismlarning katta to’plami o’rtasida qolgan. Quyosh atrofida aylangan chang zarralari va qattiq jismlar bir-biriga urilgan va buning natijasida o’z kinetik energiyasining bir qismini yo’qotgan. Bu esa zarralar to’plamining zichlashishiga olib kelgan va to’plamdagi zichlik ancha ortgandan so’ng zarralar bir-biriga yopishib quyuqlashgan. Quyuqlashishdan hosil bo’lgan bu jismlar bir necha marotaba parchalanib ketgan va yana birlashgan va asta-sekin kattalasha borgan, natijada sayyoralar hosil bo’lgan. Paydo bo’lgan har bir sayyora o’z taьsir doirasida kosmik changdan malum bir qismini o’ziga ergashtirib olgan va yo’ldoshlarini hosil qilgan. Sayyora qancha katta bo’lsa, u shuncha ko’p yo’ldosh yarata olgan.
Sayyoralarni hosil qilgan bulutning Quyoshga eng yaqin qismi juda tez siyraklashib qolgan, chunki zarralarni maьlum bir qismini Quyosh tortib olgan, baьzi zarralar esa nurning itarishi natijasida chekka tomon surilib chiqarilgan. SHuning uchun, Quyosh yaqinida sayyora hosil qiluvchi jinslar kam bo’lganida u joyda kichik sayyoralar vujudga kelgan va ularning yo’ldoshlari kam yoki umuman yo’q. Quyoshdan uzoqda sayyora hosil qiluvchi jinslar serob joyda yo’ldoshlari ko’p bo’lgan katta va ulkan sayyoralar hosil bo’lgan. Quyosh tizimining eng chekkasida ham yo’ldoshsiz kichik Pluton sayyorasi vujudga kelgan, chunki bu yerda bulut siyraklasha borib, butunlay yo’q bo’lib ketgan. Yer guruhidaga (ichki) va ulkan (tashqi) sayyoralarning zichligini turlicha bo’lishiga sabab, Quyosh yaqinida uning issiqligi taьsirida changlarning eng yengil va uchib yuradigan tarkibiy qismlari bug’lanib ketgan va og’irroq tarkibiy qismlarigina qolgan. Quyoshdan uzoqda esa yengil va uchib yuradigan jismlar zarralar tarkibiga kiribgina qolmay, hatto ularga qo’shilib, qirov bo’lib atrofida yaxlab qolgan. Demak, ichki sayyoralar, tashqi sayyoralarga nisbatan og’irroq jismlardan tuzilgan.
O.Yu.SHmitd nazariyasiga binoan, sayyoralar qanday zarralar to’plamidan kelib chiqqan bo’lsa, kichik sayyoralar (asteroidlar) bilan komietalar ham huddi shunday to’plamdan, ammo zarralar u qadar zich bo’lmagan va ularning yopishish jarayonini kichik jismlar hosil qilishi lozim bo’lgan joyda kelib chiqqan.
Mazkur nazariyaning uchta afzalligi bor:
a) galaktikalardagi sayyoralar tizimining paydo bo’lishi tasodifiy emas, balki qonuniy va muqarrar hodisadir, chunki qoramtir (o’zidan nur chiqarmaydigan) kosmik modda bulutlari juda ko’p va yulduzlarning bunday bulut bilan uchrashishi tez-tez bo’lib turadigan hodisadir deb karaydi;
b) Quyosh tizimidagi hamma jismlarning (sayyoralar, ularning yo’ldoshlari, asteroidlar, kometalar) paydo bo’lishi qandaydir yagona jarayon deb hisoblaydi;
v) Quyosh tizimidagi hamma asosiy xususiyatlarni yaxshi tushuntirib beradi.
SHunday qilib sayyoralar sovuq jismlar sifatida tarkibiy va solishtirma og’irligi turlicha bo’lgan zarralarning to’plamidan hosil bo’lgan. Bu zarralar orasida radioaktiv moddalar hosil bo’lgan. Radiaktiv moddalar esa o’z-o’zidan parchalanib issiqlik chiqarish xususiyatiga ega. Moddalarning radioaktiv parchalanishi natijasida sayyoraning ichki qismlari qiziy boshlagan va sayyora yumshab, plastik bo’lib qolgan. Bunday yumshoq moddalar juda sekin xarakat qila boshlagan. Yengilroq moddalar asta-sekin yuqoriga surilib chiqqan, og’irroq moddalar esa asta-sekin markazga tusha boshlagan. Og’irlik kuchi taьsirida ro’y beradigan bunday ichki tabaqalanish (saralanish) jarayoniga gravitasion tabaqalanish deb ataladi. Tabaqalanishning borishi moddaning yopishqoqlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Bosim ortgan sari moddaning yopishqoqligi orta boradi. SHuning uchun sayyoralarning tashqi qismlarida ichki chuqur qismlariga nisbatan tabaqalanish jarayoni osonroq va tezroq ro’y beradi.
Erning ichki qismidagi gravitasion tabaqalanish taьsirida zichroq markaziy yadro va yengilroq yuzadagi qatlam hosil bo’lgan. Bular orasida esa zichligi o’rtacha bo’lgan qatlamlar joylashgan. Ma’lum sharoitda daryo tagida hosil bo’lgan muz parchasi («o’zan tagi muzi») muayyan vaqtda daryo yuzasiga qalqib chiqqanda o’ziga yopishgan og’ir toshlarni ham o’zi bilan birga olib chiqqani kabi, yengil toshlar bilan birga geoximik jihatdan ular bilan bog’liq bo’lgan og’ir radioaktiv moddalar ham yuqoriga chiqib, yer po’stidan joy olgan.



Download 1,98 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh tizimi va undagi osmon jismlarining kelib chiqishi haqidagi taxminlar (gipotezalar)

Download 1,98 Mb.