|
YERNING HARAKATI VA UNING GEOGRAFIK OQIBATLARI
|
bet | 13/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
YERNING HARAKATI VA UNING GEOGRAFIK OQIBATLARI
Reja:
Yerning quyosh atrofida aylanishi.
Yerning sutkalik xarakati.
Yer, oy umumiy og’irlik markazi atrofida aylanishi.
Fazoning yerga ta’siri. Quyosh va yer aloqalari.
Magnitosfera.
Yer sayyora sifatida bir vaqtning o’zida bir necha harakatlarni amalga oshiradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir:
-Yerning Quyosh atrofida aylanishi;
-Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi;
-Yer-Oy umumiy og’irlik markazi atrofida aylanishi;
Yerning Quyosh atrofida aylanishi
Yer Quyosh atrofida aylanasimon orbita bo’ylab harakat qiladi. Yer Quyosh atrofini 365 kun, 6soat, 9 min, 9 sek.da to’la bir marta aylanib chiqadi. Yerning yillik aylanma harakati (orbitasi) Ellips shaklga ega, ellipsning bita fokusida Quyosh turadi. SHuning uchun Quyosh bilan Yer o’rtasidagi masofa doimo o’zgarib turadi. Ular o’rtasidagi eng qisqa masofa (perigeliy) 3-yanvarda 147 mln. km. bo’ladi. Ular o’rtasidagi eng uzun masofa esa (afeliy) 5- iyunda 152 mln.km. bo’ladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Bu masofani yer soatiga 107 ming km. yoki sekundiga 29,8 km. tezlikda bosib o’tadi. Afeliyda ya’ni yer Quyoshdan uzoqlashganda uning tezligi kamayadi va sekundiga 29,3 km.ni tashkil qiladi. Perigeliyda, ya’ni Yer Quyoshga yakinlashganda uning tezligi ortadi va sekundiga 30,3 km. ni tashkil qiladi. SHuning uchun shimoliy yarim sharda qish qisqaroq yoz esa uzunroq.
Yer o’qi orbita tekisligiga og’gan. Yer o’qi orbita tekisligi bilan 660331 burchak hosil qiladi, ya’ni Yer o’qining og’ish burchagi 660331.
Harakаt davomida Yer o’qi ilgarilama shaklda siljiydi va orbitada 4ta o’ziga xos nuqta hosil bo’ladi.
- 21 mart va 23 senntyabrda Yer o’qining qiyaligi Quyoshga nisbatan neytral bo’ladi. Quyosh nurlari ekvatorga tik tushadi va ikkala yarim sharni teng yoritadi. Kun va tun uzunligi baravar bo’ladi. Qutblarda esa kun va tunni almashinishi ro’y beradi. SHuning uchun mazkur kunlar bahorgi va kuzgi tengkunlik kunlari deyiladi;
-21 iyunda Yer o’qining shimoliy qismi Quyoshga enkaygan bo’ladi. SHuning uchun Quyosh nurlari ekvatorga emas, balki undan shimolroqqa tik tushadi. Bu masofa ekvator tekisligining orbita tekisligiga qiyaligiga teng. Ya’ni 90-660 331 =230 271. Quyoshni tropiklarda turadigan kuni yozgi Quyosh turishi deb ataladi.
Yozgi Quyosh turishida shimoliy yarim sharning yuqori kengliklarida sutka davomida faqat qutbgina va qutb atrofi emas, balki shimoliy qutb chizig’igacha bo’lgan joylar yoritiladi. Ammo janubiy yarim sharda janubiy qutb chizig’ining ichidagi hududlar Quyosh tomonidan yoritilmaydi;
- 22 dekabrda Quyosh nurlari janubiy tropikka tik tushadi. SHuning uchun shimoliy qutb doirasi ichidagi hududlar yoritilmaydi.
Janubiy qutb doirasi esa sutka davomida yoritiladi. Bu holat bahorgi teng kunlikkacha davom etadi.
Demak, Yer o’qining qiyaligi ekvatordan tashqari hamma joyda kun va tunni turlicha uzunligini keltirib chiqaradi. Bahorgi va kuzgi tengkunliklar davrida Quyoshning ufqdan balandligi quyidagicha aniqlanadi.
hq900 - . - geografik kenglik.
Masalan, Toshkentda 21 mart va 23 sentyabrda tush paytida Quyoshning balandligi 900 – 420=480
Har bir yarim sharning yozida Quyosh zenitda bo’lgan davrida uning balandligi 230 271 ta ortadi.
H=900 - =230271
Qishda esa kamayadi
H=900 - - 230271
Toshkentda 22 – iyunda Quyoshning ufqdan balandligi
H=900 – 420=230271=710271
Qishda esa
H=900 – 420 – 230271=240331
Erning Quyosh atrofida aylanishi natijasida yil fasllari hosil bo’ladi. Yer o’qining qiyaligi bilan tropiklar, qutb doiralari, ekvator kabi tushunchalar bog’langan. Ekvator qutblardan teng masofada Yer yuzasidan o’tkazilgan shartli chiziq. Tropiklar Quyosh nurlari yozgi Quyosh turish davrida tik tushadigan parallellar, ya’ni 230271sh.k., 230271j.k. Qutb doirasi chizig’i – kengligi Yer o’qining qiyaligiga teng bo’lgan parallel, qutb doirasi chiziqlari qutbiy tun va kunning tarqalish chegaralari hisoblanadi.
Yer o’qining qiyaligi yoritish mintaqalarin kelib cheqishiga sabab bo’ladi .
|
| |