Moddalarning fizik xossalari




Download 1,98 Mb.
bet21/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86
Moddalarning fizik xossalari.
Geografik qobiqda sodir bo’ladigan jarayonlar uchun moddalarning fizik xossalari (zichligi, oqishi, issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanligi, nurni qaytarish qobiliyati va x.k.) muxim axamiyatga ega. Geografik qobiqdagi moddaning zichligi yuqoridan pastga qarab ortib boradi. Buning asosiy sababi moddalarning gravitasion tabaqalanishidir. Tog’ jinslarining zichligi 2-3 gg’sm.kub, tirik modda va suvning zichligi 1,0 gg’sm. kub, havoning atmosferaning quyi qatlamlaridagi zichligi 0,0013 gg’sm kub Atmosferada zichlik pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi, bu esa adiabatik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bunda havo pastga tushayotganda qiziydi va tepaga chiqayotganda soviydi. CHunki pastga tushayotganda havoning zichligi ortishi munosabati bilan zarralarni bir-biriga urilishi va ishqalanishi kuchayadi, natijada havo qizib ketadi, tepaga chiqayotganda esa zichlik kamayganligi tufayli zarralarni to’qnashishi kamayadi, natijada ishqalanish ham kamayadi va havo soviy boshlaydi.
Okeanlarda suvning siqilmasligi tufayli zichlikni pastga tushgan sari ortishi kuzatilmaydi. Okean suvlarining zichligi harorat va sho’rlikka bog’liq ravishda o’zgaradi. Moddalarning darzlanishi ham pastdan yuqoriga qarab ortib boradi. Yuqorida, Yer yuzasiga yaqin joylarda darzlanish darajasi yuqori, chuqurdagi tog’ jinslarida esa darzlanish darajasi kam.
Geografik qobiqdagi turli xil jarayonlarni hosil bo’lishida moddalarning oquvchanligi muhim ahamiyatiga ega. Havo va suv katta oquvchanlik xususiyatiga ega. SHuning natijasida ular juda katta yemirish ishlarini bajarishadi. Bundan tashqari havo va suv bilan birga mayda zarrachalar, hamda issiqlik ham tashiladi.
Tog’ jinslari ham uzoq davom etgan bosim ta’sirida asta-sekin oqa boshlaydi, natijada turli xil burmalar hosil bo’ladi. Mantiya moddalari ham yopishqoq bo’lganligi tufayli oquvchanlik xususiyatiga ega. Litosfera plitalari mantiya moddalari ustida suzib yuradi.
Muzliklar ham oquvchanlik xususiyatiga ega. Ular o’z og’irlik kuchi ta’sirida asta-sekin yuqoridan pastga oqib tushishadi. Antraktida va Grenlandiya muzlari markazdan asta – sekin chekka tomonlarga oqib boirishadi va qirg’oqqa yetganda sinib tushib ulkan aysberglarni hosil qilishadi.
Geografik qobiqda issiqlikni almashinishida turli xil yuzalarning nurni qaytarish qobiliyati katta ahamiyatiga ega. Turli xil yuzalarni nurni qaytarish qobiliyatiga alьbedo deb ataladi, ya’ni yuzadan qaytgan radiatsiyani yuzaga tushgan radiatsiyaga nisbati. Yangi yoqqan qor yuzaga kelgan 95% Quyosh nurlarini, o’rmonlar 10-25%, donli ekin dalalar 20-30% suv 0,4%ni qaytaradi. Natijada Yer iqlimida katta farqlar vujudga keladi.


Download 1,98 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86




Download 1,98 Mb.