Geografik qobiqdagi tutash yuzalar, simmetriya va disimmetriyalar




Download 1,98 Mb.
bet23/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Geografik qobiqdagi tutash yuzalar, simmetriya va disimmetriyalar.
Tutash yuzalar.
Geoqobiqlar va ularning ayrim qismlari (qatlamlar, havo va suv massalalar) turli xil holatdagi va tarkibdagi moddalardan tuzilganligi uchun ular orasida chegara albatta bo’ladi.
Geoqobiqlar (geosferalar) o’rtasidagi chegaralarni tutash yuzalar deb atash qabul qilingan. Tutash yuzalar asosan oraliq qatlamlardan iborat. Mazkur oraliq qatlamlarda modda va issiqlik oqimi o’zgaradi va oraliq jarayonlar sodir bo’ladi. Bunday oraliq jarayonlar qattiq jismlar yuzasi oralig’ida ro’y beradi. Masalan, maydalangan qattiq jinslarni o’z- o’zidan yonib ketishi (un, shakar va ko’mir maydasi) va ayrim hollarda portlab ketishi. Ko’proq ulkan jarayonlar emas, balki keng tarqalgan jarayonlar sodir bo’ladi. Tutash yuzalarda maydalangan moddalar bo’lsa, moddalarning eritilish va reaksiyaga kirish qobiliyati keskin ortib ketadi. Demak, tutash yuzalar geografik qobiqdagi eng faol yuzalar bo’lib, ularda almashinish, eritish va issiqlik ajratish reaksiyalari kuchayib ketadi.
Geografik qobiqda tutash yuzalar juda ko’p va xilma-xildir va ularda hayot turli sur’atlarda kechadi. Eng faol tutash yuzalarga geografik qobiqda quyidagilar kiradi: qirg’oqlar (sohillar), atmosfera va okean frontlari, muz va muz atrofi, Yer yuzasi.
Qirg’oq (sohil) zonasi o’simlik va hayvonlarga juda boy bo’ladi. Qirg’oq zonasi gidrosfera, atmosfera va litosferaning o’zaro ta’sir zonasida joylashgan. Bu yerda to’lqinlar ta’sirida qirg’oqlar yemiriladi, tog’ jinslari maydalanib qum va shag’alga aylanadi va ularning to’planishi natijasida qum tepalari, yoyilmalari hosil bo’ladi. Qirg’oqlarda suvlarning qalqishi ro’y beradi, buning natijasida Yerning tezligi juda oz bo’lsada kamayib boradi.
Atmosfera va okean frontlarida esa havo va suv massalarining aralashishi, ularni ko’tarilishi va pasayishi ro’y beradi. Suv massalarining tutash qismlarida o’simlik va hayvonot dunyosi xilma-xil bo’ladi, atmosfera frontlarida ko’pincha yog’inlar yog’adi, tuproq va o’simlik zonalari tutashgan joyda o’simlik va hayvonot dunyosi tez sur’atlar rivojlanadi.
Okeanlarda va dengizlarda muz atrofi bilan muz chekkalari o’rtasidagi joylar ham faol tutash yuzalar qatoriga kiradi. Bu yerlarda ham hayot tez sur’atlar bilan rivojlanadi.
Eng muhim tutash yuza bo’lib Quyosh nurlari bilan Yer yuzasining o’zaro ta’sir yuzasi hisoblanadi. Mazkur yuzada Quyoshning nurlari o’simliklar barglarida, tuproqda, nurash qobig’ida, okean, dengiz, ko’l, daryo suvlarida issiqlik va kimyoviy energiyaga aylanadi. Mazkur tutash yuza juda ko’p dinamik jarayonlarni borishiga imkon beradigan, issiqlikni o’zgartiradigan va to’playdigan eng kuchli tutash yuzadir.
Demak, tutash yuzalar geografik qobiq tuzilishining muhim xususiyatlari hisoblanadi. Tutash yuzalarda geoqobiqlar, suv va havo massalari, Yer po’stining turli qismlari, tuproq, tirik mavjudotlar oralig’ida shakllanadi va faoliyat ko’rsatadi. Mazkur tutash yuzalarda eng faol o’zaro ta’sir jarayonlari sodir bo’ladi, chunki ularda fizik-ximik jarayonlarning va energiyaning farqi (gradienti) juda katta.
Geografik qobiqning kichik tarkibiy qismlari o’zlaridan kattaroq qismlar tarkibiga, ular undan ham kattaroq qismlar tarkibiga kiradi. Mazkur tarkiblar orasida tutash yuzalar joylashadi. Oliy darajadagi tutash yuzalarda makrojarayonlar sodir bo’ladi, Yer yuzasida suvning katta aylanma harakati gidrosfera-atmofera-litosfera chegaralarida sodir bo’ladi. Okean-atmofera-materik oralig’idagi issiqlik oqimi ham geoqobiqlar chegarasida ro’y beradi. Ba’zi bir makrojarayonlar atmosfera frontlarida ob-havoni keskin o’zgarishiga, yog’inlar yog’ishiga, momaqaldiroq va chaqmoq chalishiga olib keladi. Yer po’stida esa tutash (kontakt) metamorfizm jarayoni sodir bo’ladi. Quyi (kichik) tutash yuzalarda ximik va biologik o’zaro ta’sirlar sodir bo’ladi, ularni faqat sezgir priborlar yordamida o’rganish mumkin. SHuning uchun geotarkiblararo o’zaro ta’sirning bu shakli mikrotarkibli ta’sir deb ataladi. Ular landshaftlar geogfizikasi va geoximiyasi fanlari tomonidan o’rganiladi.


Download 1,98 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik qobiqdagi tutash yuzalar, simmetriya va disimmetriyalar

Download 1,98 Mb.