|
Geografik qobiqning mustaqil rivojlanish xususiyati
|
bet | 25/86 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #137276 |
Geografik qobiqning mustaqil rivojlanish xususiyati.
Geografik qobiqning eng asosiy xususiyatlaridan biri uning mustaqil rivojlanish xususiyatidir.
Geografik qobiqning mustaqilligi deganda uning tashqi ta’sirga va Yerning ichki qismlari ta’siriga nisbatan barqarorligi, turli xil jarayonlarning ta’siriga (Quyosh faolligi, tektonik hrakatlar) qaramasdan uning o’lchamlarini o’zgarmasdan qolishi tushuniladi.
Geografik qobiqda narsa va hodisalar o’zaro bog’liq bo’lgani uchun ulardan har birining taraqqiyoti tashqi ta’sirlarga duch kelmasdan iloji yo’q, bu taraqqiyot asosan ichki ziddiyatlarni bartaraf qilish tarzida boradi.
Geografik qobiqqa ko’rsatiladigan tashqi ta’sirlar asta-sekinlik bilan sodir bo’ladigan o’zgarishlar va tartibsiz harakatlar tarzida ro’y beradi. Ammo geografik qobiqning tashqi ta’sirga reaksiyasi tartiblidir.
Unda ayrim sekin va kam bo’ladigan o’zgarishlaridan keyin ham oldingi holatiga qaytish qobiliyati bor. Masalan, muzlik bosgandan keyin, ya’ni o’rtacha haroratga, namlikka va boshqa o’lchamlarga qaytishi.
Geografik qobiqning mustaqil rivojlanishi unda mavjud bo’lgan himoya tizimlariga bog’liq. Mazkur himoya tizimlari geografik qobiqni koinotning zararli ta’siridan saqlaydi. SHunday himoya tizimlariga Magnitosfera, ozon qatlami, atmosfera kiradi.
Yerning magnit maydoni geografik qobiqni Quyosh shamoli va kosmik nurlar ta’siridan saqlaydi. Ozon qatlami esa geografik qobiqni qattiq ultrabinafsha nurlardan saqlaydi. Atmosfera esa Yerni meteoritlardan, birdan isib va sovib ketishidan saqlaydi. Yerdan taralayotgan infraqizil nurlarni yutadi va Yerni kosmik sovuqdan saqlab qoladi.
Geografik qobiqni o’zida asosiy tabiiy geografik o’lchamlarni, tashqi ta’sirlarga qaramasdan ma’lum bir me’yorda ushlab turadigan va boshqaraib turadigan tizimlar mavjud.
Geografik qobiqning musaqilligi Yerning butun geologik rivojlanish tarixi davomida ortib borgan. Yerdagi moddalarning og’irligiga qarab tabaqalanishi natijasida atmosfera va gidrosfera Yerni kosmik sovuqdan va meteoritlardan muhofaza qila boshlagan. Yer po’stini rivojlanishi bilan quruqliklar o’sib, platformalar maydoni kengaya bordi, geografik qobiqqa Yerning ichki qismidan issiqlik kelishi kamaydi va Yerdagi jarayonlarni rivojlanishida Quyosh issiqligini ahamiyati keskin ortdi. Mazkur sharoitda geografik qobiqda hayot paydo bo’ldi.
Yer yuzasida suv massasining ko’payishi juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. U geografik qobiqning issiqlik me’yoriga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Hozirgi paytda geografik qobiqqa sanoat, qishloq xo’jaligi va transport katta ta’sir ko’rsatmoqda. Turli xil yoqilg’ilarning yoqilishi havoda karbonat angidridni miqdorini ortib ketishiga va haroratni ko’tarilib ketishiga olib kelmoqda. O’rmonlarni ayovsiz kesilishi atmosferada kislorod miqdorini kamayishiga olib kelmoqda. Okeanlar neftь mahsulotlari bilan ifloslanmoqda. Bularni hammasi geografik qobiqdagi termodinamik va ekologik muvozanatni buzilishiga olib keladi. Ularni oqibatlari esa hali atroflicha va chuqur o’rganilganicha yo’q.
|
| |