Geografik qobiqning yaxlitligi va bir butunligi




Download 1,98 Mb.
bet26/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86
Geografik qobiqning yaxlitligi va bir butunligi.
Geografik qobiqqa modda va energiyaning xilma-xil harakati uning hamma qismlarini yaxlit bir butun tizimga bog’laydi. Mazkur tizimning bir qismini o’zgarishi uning boshqa hamma qismlarini o’zgarishiga olib keladi. Masalan, agar Antraktida muzlari ertitilsa, Dunyo okeani sathi 60m. ga ko’tariladi. Bir paytning o’zida Yer yuzasida issiqlik va namlikning almashinishini, daryo eroziyasining sur’ati va boshqa jarayonlarni hosil bo’lishida o’zgarishlar ro’y beradi.
Agar biron joyda iqlim o’zgarsa, shu joydagi hamma narsa: tuproq va o’simliklar, o’simliklar bilan bog’liq ravishda hayvonot dunyosi, suvlar, nurash jarayonlari, tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida rel’ef hosil bo’lish jarayonlari va boshqalar albatta o’zgaradi. Hamma geotarkiblarning o’zaro ta’siri mazkur tarkiblarni bir butun yagona moddiy tizimga birlashtirib turadiki, bunda hamma tarkibiy qismlar bir-biriga bog’liq va bir-biriga ta’sir etadi. Bu tizimning bir butunligi shu qadar mustahkam va shu qadar umumiyki, geografik qobiqning biron-bir qismi o’zgarsa bas, shundan so’ng qolgan barcha qismlar ham o’zgaradi. Butun tizimning o’zgarish miqyosi ayrim tarkibiy qismlarning yoki mazkur tarkibiy qismlarni tashkil etgan elementlarning o’zgarish miqyosiga bog’liq. CHo’lda xurmozorlarning paydo bo’lishi xurmozorlardagi tabiiy jarayonga ta’sir etsa ham, cho’lning umumiy landshaftini o’zgartira olmaydi.
To’rtlamchi davr muzliklari Yer yuzasidagi butun quruqlikning uchdan bir qismini qoplanganligidan, u yerlarda katta izlar qoldirgan. Ammo turli geotarkiblarning o’zaro ta’sir etish ko’lamining bunday o’zgarib turishi geografik qobiqning bir butunligi to’g’risidagi qoidani hech inkor etmaydi.
Geografik qobiqdagi modda va enaergiyani oqimi tabiiy geografik voqea va jarayonlarni fazoda tartibli joylanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq turlari, geografik mintaqa va zonalar ma’lum bir qonuniy tizimda joylashgan. Ularning bunday tizimli joylashishi atmosfera va okean harakatlari bilan chambarchas bog’liq.
Demak, havo va suv boshqa moddalar oqimi hamda issiqlik oqimi geografik qobiqninig turli qismlarini yaxlit va bir butun qilib bog’laydigan yo’l bo’lib hisoblanadi.
Geografik qobiqda moddalarning aylanib yurishi ham geografik qobiqning bir butunligini va yaxlitligini ta’minlaydi. Ekvatorda yuqoriga ko’tarilgan havo yer yuzasidan ancha yuqorida qarshi passatlar shaklida tropiklar tomon oqadi u yerda pastga tushib, passatlar shaklida ekvatorga qaytib boradi. Okean oqimlari tufayli suv aylanib harakat qiladi. Okean oqimlari shimoliy yarim sharda soat mili yo’nalishiga qarama-qarshi oqadi. Suv havzalari yuzasidan, tuproq va o’simliklardan bug’langan suv atmosferaga chiqadi unda to’yinish holatiga keladi va Yer yuzasiga yog’in sifatida yana qaytib tushadi. Mavjudotlar nafas olish vaqtida yutilgan kislorod fotosintez jarayonida yana atmosferaga o’tadi. O’simlik ozuqani tuproqdan oladi, o’simlik halok bo’lgandan so’ng parchalanish jarayonida ozuqalar yana tuproqqa o’tadi. Ammo moddalar aylanma harakatining oxirigi bosqichi hech qachon daslabki bosqichga o’xshamaydi. Masalan, o’simlik tuproqqa undan olgan moddadan ko’proq modda beradi, chunki o’simlikning organik massasi ildizi orqali tuproqdan kelgan elementlardan emas, balki asosan atmosferadagi karbonat angidriddan tarkib topgandir.
Geografik qobiqning yaxlitligi va bir butunligi tabiiy muhitni muhofaza qilish va boshqarish muammosini ishlab chiqarishda asos bo’lib xizmat qiladi.


Download 1,98 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografik qobiqning yaxlitligi va bir butunligi

Download 1,98 Mb.