Yer po’sti tuzilishining asosiy xususiyatlari




Download 1,98 Mb.
bet29/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
Bog'liq
123, inklyuziv-madaniyat-inklyuziv-ta-lim-muvaffaqiyatining-asosiy-omili
Yer po’sti tuzilishining asosiy xususiyatlari.
Geosinklinallar. Platformalar.

Yer po’sti murakkab tuzilishi ega, u asosan geosinklinallardan, platformalardan, rift zonalaridan va aylanasimon tuzilmalaridan iborat.


Geosinklinallar- Yer po’stining harakatchan, keng cho’zilgan qismlaridir. Geosinklinallar yuqori sur’atlarda kechadigan tektonik jrayonlar, kuchli magmatizm tez-tez sodir bo’lib turadigan dahshatli zilzilalar bilan ajralib turadi.
Geosinklinallarni rivojlanishda to’rtta bosqich ajratiladi:
- birinchi yoki ilk bosqichda umumiy cho’kish, cho’kkan joyda dengizni hosil bo’lishi va yotqiziqlarni to’planishi sodir bo’ladi. Yotqiziqlar asosan qalin cho’kindi-vulkanik jinslardan iborat bo’ladi.
- ikkinchi yoki o’rta bosqichda geosinklinallarda yotiqiziqlar hosil bo’lishi davom etadi, ularni qalinligi 8-15 km yetganda cho’kish jarayoni ko’tarilish bilan almashinadi. CHo’kindi jinslar burmalanadi, katta chuqurlikda esa ular metomorfizmga uchraydi, vulkanlar otila boshlaydi, yoriqlar va darzlarga magma kirib qotib qoladi. Bu bosqich cho’kindi to’plangan zonaning qator bukilmalar va ko’tarilgan orollarga bo’linib ketishi bilan tugallanadi;
-uchinchi yoki oxirgi bosqichda geosinklinallarda Yer po’stini cho’kishi tugab, tog’lar paydo bo’la boshlaydi, tog’ jinslari qatlamlari burmalanadi, ular metamorfizmga uchraydi, tog’ tizimlari vujudga keladi. Oddiy burmalar sinklinallar va antiklinallar deb ataladi. SHunday qilib, geosinklinalning umumiy ko’tarilishi tog’larning paydo bo’lishi, tog’lararo bukilmalarning vujudga kelishi bilan tugaydi;
- to’rtinchi bosqichda tashqi jarayonlar ta’sirida ko’tarigan tog’lar bir necha o’n va 100 millionlab yillar davomida yemirila boshlaydi:
Yemirilgan tog’ jinslari hosil bo’layotgan platformalarning chekkalarida paydo bo’lgan suv bilan to’lgan kambar cheka bukilmalarga olib borib yotqiziladi. Tog’lar asta-sekin yemirilish jarayonida do’ngli tekisliklarga, ya’ni peneplenga aylanib qoladi. Mazkur tekisliklarda nurashga chidamli qoldiq tog’ jinslari chiqib turadi. Yer qobig’ini rivojlanishdagi geosinklinal bosqich juda katta davrni o’z ichiga oladi. U bir necha geologik davrlar mobaynida rivojlanishi mumkin.
Geosinklinal rivojlanish bosqichida Yer po’sti qalinlashadi, barqaror va qattiq bo’lib qoladi, yangi burmalanishga qodir bo’lmay qoladi.
Geosinklinal taraqqiyotining barcha bosqichlarida magma cho’kindi jinslar orasiga kirib boradi, vulkanlar otilgan vaqtlarda esa lava bo’lib Yer yuzasiga oqib chiqdi.
SHunday qilib, geosinkalinal Yer po’stini bukilib borayotgan xarakatchan qismi bo’lib, chuqur, yuzlarcha kilometrcha cho’zilgan va suv bilan to’lgan maydonlaridir. Geosinklinal tubida qalin cho’kindilar Yerning ichki qismlarida yuqori bosim va yuqori harorat ta’sirida burmalar hosil qiladi va tog’lar, tog’ tizimlari vujudga keladi. Okean Yer po’sti materik Yer po’stiga aylanadi.
Platformalar Yer po’stining barqaror qismlaridir. Geosinklinal taraqqiyotining oxirgi bosqichi platformalarni hosil bo’lishidir.
Platforma ikki qavatdan iborat.
-Uning birinchi qavati platforma poydevori hisoblanadi. Platforma poydevori mustahkam, kam harakatchan bo’lib, kristali tog’ jinslaridan, asosan magmatik va metamorfik jinslardan tuzilgan, ikkinchi qavat poydevor ustida joylashgan bo’lib, ko’pincha gorizontal yotgan cho’kindi jinslardan tarkib topgan. Ilgari aytganimizdek geosinklinal o’rnida uning taraqqiyoti davomida burmali tog’lar vujudga keladi. Mazkur tog’larning uzoq davr davomida yemirilishidan platformaning poydevori vujudga keladi. Ushbu poydevor kuchli bukilgan, metamorfizmga uchragan qadimgi tog’ jinslaridan tarkib topgan, ularni granitlar yorib chiqqan. Poydevorning asta-sekin cho’kishi natijasida uning yuzasida dengizlar vujudga kelgan. Dengiz tubida cho’kindi jinslar- qumlar, gillar, ohaktoshlar to’plana boshlagan. Poydevorning asta-sekin ko’tarilishi oqibatida dengizlar chekingan va ularning o’rnida yuzasida cho’kindi jinslar bo’lgan tekislik vujudga kelgan.
-Platformaning ikkinchi qavati, uning cho’kindi jinslardan iborat ustki qismidir.
Platformalar yoshiga qarab ham farqlanadi. Platformaning yoshi quyi qavat, ya’ni poydevor paydo bo’lgan davr bilan belgilanadi. Eng qadimgi platformalar tokemberiy, ya’ni arxey, proterozoy eralarida vujudga kelgan platformalardir. Ularga SHarqiy Yevropa, Sibir, Xitoy, Arabiston, Hindiston, Avstraliya, Afrika, Antarktida, SHimoliy Amerika va Janubiy Amerika platformalari kiradi.
Qadimgi platformalar yoshiga qarab epiproterozoy platformalardir. Ularni atrofida esa epibaykal, epikaledon, epigersin platformalari joylashgan.
Butun geologik rivojlanish tarix davomida platformalar maydoni kengayib, geosinklinllar maydoni qisqarib borgan.
Hozirgi geosinklinal oblastlarga Tinch okeanning Kuril va Aleut orollari joylashgan hududlar kiradi. Atlantika okeanida esa harakatdagi vulkanlar keng tarqalgan orollar kiradi. Uzoq kelajakda ko’p olimlarning taxmini bo’yicha geosinklinallar faoliyati to’xtaydi.
Platformalardan kristall jinslardan iborat poydevor Yer yuzasiga chiqib qolgan katta-katta maydonlar ajralib turadi. Bunday joylarni qalqonlar deyiladi. Qalqonlar odatda asta-sekin ko’tarilib boradi. Platformalar poydevori ancha cho’kkan va ular cho’kindi jinslar bilan to’lgan joylar plitalar deb ataladi. Ular asta-sekin cho’kishda davom etmoqda.
Platformaning turli qismlarida turli xil foydali qazilmalar uchraydi. Platformalarning plitasida, ya’ni cho’kindi jinslari orasida noruda qazilmalar uchraydi (tuzlar, toshko’mir, neftь, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar qurilish materiallari (oxaktosh, qumlar, gillar), ba’zan esa metali qazilmalar (boksitlar, marganes va temir rudalari) ham uchraydi. Platformaning poydevorida rudali foydali qazilmalar ko’p bo’ladi. Magmaning cho’kindi jinslar orasiga kirib kelishidan ham ko’pgina foydali qazilmalar hosil bo’lgan. Bular orasida noruda foydali qazilmalar (olmoslar, qimmatbaxo toshlar va x.k) ham bor.
Yer po’sti tuzilishining yana bir xususiyatlaridan biri kontinental riftlardir. Ular geosinklinallarga o’xshab harakatchan bo’ladi, seysmiklik va vulkanizm yuqori darajada rivojlangan bo’ladi, uzoq masofalarga cho’zilgan va tor bo’ladi. Ikkalasini ham vujudga kelishi Yer po’stini gorizontal kengayishi natijasida vujudga keladi.
Ammo Yer po’stining tuzilishi nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, geosinklinallar va rift zonalari tamoan bir-biriga qarama-qarshi tuzilmalardir. Geosinklinallarda cho’kishdan so’ng qalin yotqiziqlarning hosil bo’lishi, keyin burmalanish natijasida tog’larni vujudga kelishi va ularni yemirilishi natijasida platformalarni vujudga kelishi sodir bo’ladi. Ammo rift zonalarida bunday jarayonlar kuzatilmaydi. Rift zonalarida mantiyaning yuqori qismida moddalarning ko’tarilma harakatlari ta’sirida Yer po’stini ko’taradi, parchalaydi va qisman qayta ishlaydi. Rift zonasining markaziy o’qi bo’lib tor tektonik botiq-graben hisoblanadi. Rift zonasi rivojlanib ketgan taqdirda mazkur zona kengayadi (ochiladi), kontinental rift, kontinentalaro (Qizil dengiz, Adan va Kaliforniya qo’ltiqlari) va keyinchalik, continental riftga aylanadi. Materiklardagi rift zonalari – bu materik yer po’stini yemirilishi va uni okean yer po’stiga aylanishidir.
Rift jarayoni hozirgi paytda Yer po’stining rivojlanishidagi eng muhim jarayonlardan biri hisoblanmoqda, ular o’z ahamiyati jihatidan geosinlinal jarayon bilan tenglashadi.
Yer po’sti tuzilishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan riftlar ham platformalarga o’xshab turlicha yoshga ega. Rifey davridan Kaynazoy davrigacha rivojlangan riftlar avlakogenlar (grekcha aulak-ariq, genes hosil bo’lish) deb ataladi Masalan, SHarqiy Yevropa platformasidagi Pripyatь-Dnepr-Donesk avlakogeni rifeyda hosil bo’lgan, uni shakllanish jarayoni chuqurda kristall poydevorda yirik yoriqlarni vujudga kelishi bilan kechgan. SHunga o’xshagan Yer po’stining «ariqlari» allaqachon faoliyatini to’xtatgan va cho’kindi yotqiziqlar bilan to’lgan.
Hozirgi yirik harakatchan avlokogenlarning hosil bo’lishi Kaynazoyda boshlangan. Ularga SHarqiy Afrika rift zonasi va boshqalar kiradi. SHarqiy Afrika rift zonasi 3000 km. ga cho’zilgan va uning hududida qator so’ngan va harakatdagi vulkanlar mavjud. Ulardan Kilimanjaro vulkani (5895 m) Afrikaning eng baland nuqtasidir. Efiya rifti Afar botig’i oraqali SHarqiy Afrika rift zonasi, Qizil dengiz va Adan qo’ltiqlari rifti bilan bog’lagan.
G’arbiy Yevropada yuqori Reyn rift zonasi ma’lum. Yuqori Reyn grabeni kengligi 30-40 km li vodiy sifatida relьefda aks etgan, uning yonbag’rini SHvarsvald va Vogeza tog’lari tashkil qiladi.
SHimoliy Osiyoda Baykal rift zonalar tizimi mavjud. Rift shimoliy-sharqiy tomon yo’nalgan qator riftlardan iborat. Baykal riftining o’zi 1000 km.ga cho’zilgan, rift doirasida Yer po’sti yupqalashib qolgan, seysmiklik xavfi juda yuqori, qadimda ko’p vulkanlar otilib turgan (oxirgi vulkan otilishi to’rtlamchi davrda sodir bo’lgan). Rift yosh hisoblanadi, paleogenning oxiridan boshlab shakllana boshlangan, xozir ham davom etmoqda. Uning tubi yiliga 6 mm.ga cho’kmoqda eni esa yiliga 2-3 mm.ga kengaymoqda.

Download 1,98 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yer po’sti tuzilishining asosiy xususiyatlari

Download 1,98 Mb.