• Yer po’stining yoshi va geoxronologik sana.
  • Yer po’stidagi tog’ jinslarining nisbiy va mutlaq yoshi ajratiladi.
  • Umumiy tabiiy geografiya




    Download 1,98 Mb.
    bet30/86
    Sana14.01.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #137276
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86
    Aylanasimon tuzilmalar ham Yer po’stining asosiy tuzilmalaridan hisoblanadi. Oxirgi 20-30 yillar ichida olimlar Yer po’stining aylanasimon tuzilmalariga ko’proq e’tibor berisha boshladi (F,N. Milьkov, 1990) Ilgari aylanisimon tuzilmalarga uncha e’tibor berilmagan, ularni qandaydir tasodif deb o’ylashgan. Ammo mayda o’lchamli aerosuratlar, ayniqsa kosmosuratlar tahlil qilinganda aylanasimon tuzilmalar Yer po’sti tuzilishini asosiy xususiyatlaridan biri ekanligi ma’lum bo’ldi. Ularning ko’ndalang bo’yicha uzunligi 10-15 km dan bir necha ming kilometrgacha yetishi aniqlandi. Ularning kelib chiqishi ham turlicha. Yirik aylansimon tuzilmalar million va milliard yillar davomida shaklanadi. Ular Yer po’stida metamorfik, magmatik va tektonik jarayonlarni majmuali ta’sirida vujudga keladi. Yirik aylanasimon tuzilmalarni bevosita joylarda ko’rish murakkab. Ammo kichikroq aylanasimon tuzilmalarni ko’rish mumkin. Ayniqsa, meteoritlar ta’sirida hosil bo’lgan aylanasimon tuzilmalarni o’rganish juda oson.
    Eng yirik meteorit tuzilmalaridan biri Xatanga daryosi vodiysidagi Popigay botig’idir. Botiqning chuqurligi 200-400 m. tashqi krateri diametri 100 m. Meteorit kraterida Kareliyadagi Yanisyarvi ko’li joylashgan.
    Germaniyadagi Riz kraterida Nordlinger shahri joylashgan. Aylanasimon tuzilmalar Yer turidagi sayyoralarning umumiy xususiyatidir
    Demak, Yer po’sti tuzilishining asosiy xususiyatlariga geosinklinallar, platformalar, rift zonalari va aylanasimon tuzilmalar kirar ekan.

    Yer po’stining yoshi va geoxronologik sana.
    Geologik vaqt Yer po’sti hamma joyda bir xilda bo’lmasdan, turli joylarda uning yoshi, qalinligi va tuzilishi turlicha. Bu esa uning qadimdan o’zgarib kelayotganligi oqibatidir. Yer po’stining hosil bo’lshi uchun ketgan vaqt geologik vaqt deb ataladi. Yer po’stining yoshi 4,6 mard. yil demak Yer po’stining paydo bo’lganiga 4,6 mard. yil bo’lgan.
    Yer po’stidagi tog’ jinslarining nisbiy va mutlaq yoshi ajratiladi.
    Tarkibi turlicha bo’lgan cho’kindi tog’ jinslarining qanday tartibda yotishini va ularda uchraydigan o’simlik va hayvonotlarning tosh bo’lib qotgan qolidiqlarini o’rganib, qanday qatlamlar oldin, qaysi birlari keyinroq hosil bo’lganini aniqlash, ya’ni ularning nisbiy yoshini bilib olish mumkin. Agar cho’kindi jinslarning qatlamlari dengiz tagida qanday paydo bo’lgan bo’lsa, shu tartibda (brini-ketin) joylashgan bo’lsa, pastdagi qatlam oldin, yuqoriroqdagisi esa keyinroq paydo bo’lgan, ya’ni ustki qatlam yoshroq qatlamdir.
    CHo’kindi tog’ jinslarining tarkibida ucharaydigan qadimgi hayvon va o’simliklarning tosh bo’lib qolgan-toshqotgan qoldiqlarini o’rganish Yer shari taraqiyotining uzoq davom etgan geologik bosqichlarini bilib olishga imkon beradi. Ana shu uzoq davom etgan vaqtlar eonlar va eralar deb ataladi. Yer po’sti taraqiyotida ikkita eon ajratiladi: Kriptozoy va Fanerozoy, Eonlar eralarga bo’linadi.
    Kriptozoy ikkita eradan, ya’ni arxey (eng qadimgi era), proterozoy (dastlabki yoki ilk hayot), Fanerozoy uchta erani o’z ichga oladi: paleozoy (qadimgi hayot), mezozoy (o’rta hayot), kaynazoy (yangi hayot). Eralar qisqaroq vaqtlarga-davrlarga bo’linadi. Arxey va proterozoy eralari davrlarga bo’linmaydi, chunki ulardagi yotiqiziqlar kam o’rganilgan. Paleozoy erasi olti davrga bo’linadi (qadimdan yoshiga qarab): kembriy (S), ordovik (O), silur (S), devon (O), karbon (S), perm (R). Mezozoy erasi uch davrdan iborat: trias (T), yura (Y), bor (K). Kaynozoy erasi ham uch davrdan iborat: paleogen (R), neogen (N), to’rtlamchi (Q). Eralarning har biri o’nlarcha va yuzlarcha million yillar davom etgan. Davrlar esa bir necha o’n million yil davom etgan va eng oxirgi, ya’ni odam paydo bo’lgan davrgina taxminan 1,8 million yil davom etmoqda (2-jadval).
    Biron bir tog’ jinsi paydo bo’lgan vaqtidan boshlab o’tgan yillar shu jinsning mutloq yoshi deb ataladi. Tog’ jinslarining yoshi radiaktiv usul bilan aniqlanadi. Mazkur usul ularni parchalanishini o’rganishga asoslangan. Uran vaqt o’tishi bilan bir xil tezlikda asta-sekin parchalanib ketadi, qo’rg’oshin esa jinslar tarkibida qolagan. Ularnning parchalanish vaqti ma’lum shuning uchun ham tog’ jinsida uchraydigan qo’rg’oshin miqdoriga qarab bu mazkur jinsning necha yil oldin paydo bo’lganini aytib berish qiyin emas. Yer yuzasining turli joylari tarkibida uran va qo’rg’oshin bo’lgan tog’ jinslarining ximiyaviy tarkibi aniqlangan va ana shu ma’lumotlarga qarab paydo bo’lgan vaqtidan boshlab tog’ jinslarining yoshi aniqlanadi.
    Geoxronologik jadval (2-jadval) tog’ jinslarining yoshini va o’simlik hamda hayvonlarning taraqqiyoti vaqtini aniqlash sohasida olimlarning uzoq vaqtlar davomida olib borgan ishlari natijasida tuzilgan. Geoxronologik jadvalda asosiy geologik voqealar geologik vaqt davomida rel’efning taraqqiyoti, foydali qazilmalarning vujudga kelishi, shuningdek hayot taraqqiyotining asosiy bosqichlari to’g’risida eralar va davrlar bo’yicha ma’lumotlar beriladi.
    2-jadval

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   86




    Download 1,98 Mb.