|
“Ekologiya” Fanidan
|
bet | 1/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 113,56 Kb. | | #243198 |
Bog'liq Tajikulova Hilola
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Ekologiya”
Fanidan
1-Mustaqil ish
Talaba:Tajikulova Hilola
O’qituvchi:Saidova G.E.
Toshkent – 2024
Atmosfera havosining ekologik funksiyasi
Reja:
1. Atmosferaning chegaralari, asosiy xususiyatlari va ahamiyati.
2. Atmosferaning gaz balansi.
3. Atmosferani ifloslovchi asosiy manbalar va birikmalar.
4. Iqlim o‘zgarishi va uning kutilayotgan oqibatlari .
5. O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch iboralar: Havo qobig’i, havo massasi, troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera, ekzosfera, ozon qatlami, is gazi, karbonat angidrid, ftorxloruglevodorod(freon)lar, iqlim o‘zgarishi, “issiqxona effekti”, tabiiy ifloslanish, sun’iy ifloslanish, REM, RED, transport va atrof-muhit
Atmosfera havosi ko‘rinmas va elementlarga to’liq bo’lib, atrof muhitning abiotik omili sifatida ahamiyatga ega. Havo o‘z ichiga 78 % azot, 21 % kislorod, 0,94 % argon, 0,03 % karbonat angidrid va boshqa gazlarni oladi. Karbonat angidrid gazi fotosintez jarayonini amalga oshirishda qatnashadi. Fotosintez karbonat angidrid, suv va quyosh nuri ta’sirida borib, uning mahsuloti glyukoza, kislorod va suv bug’idan iborat. Inson faoliyati karbonat angidrid gazini atmosferaga tashlanishini orttirib yubormoqda. Gaz, ko’mir va boshqa isitish neft mahsulotlari million yil oldin yashagan organizmlarning qoldiqlari bo’lib, ularning zahirasi kamayib bormoqda. Bu yoqilg’ilar ishlatilishi natijasida atmosferaga chiqsa, CO 2 gazini miqdorini orttiradi va bu gaz bir qator muammolarni olib keladi. CO 2 gazini miqdorini atmosferada oshishi avvalo, Erda global isishga olib keladi. AQShdagi eng issiq iqlim Kaliforniyadagi O’lik vodiyda 1913 yil iyul oyida kuzatilgan. Yuqori harorat 57 0 C ni tashkil qilgan. Rekord darajadagi eng sovuq temperatura Antarktikada kuzatilib, - 89 0 C ni tashkil qilgan. Ozon molekulalarining kislorod atomlaridan tashkil topganligi. Ular quyosh nuri va kislorod orasidagi kimyoviy jarayonlar natijasida shakllanadi. Kislotali yomg’irdan oldin va keyingi holatda haykallarning tashqi qiyofasining ko‘rinishi. Global isish 1895- yildan 1995 - yilgacha Erdagi o‘rtacha kun harorat 100 yillik davr mobaynida 1 0C ga ko’tarilgani aniqlandi. Hech kim buning sababi insonlar faoliyati natijasi, yoki Erning tabiiy ob- havosi natijasi ekanligini aniq aytolmaydi. Global isish qanday o‘zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin? Bo‘ron soni oshishi mumkin. Muz qutblarining erishi boshlandi, bular dengiz suvi sathini ko’taradi va qirg’oqbo’yi hududlarini suvga g’arq qiladi. Ob-havoning isishi tropik kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, misol uchun bezgak kasalligi ko’p tarqalishi kuzatilmoqda. Ozon qatlamining emirilishi Er yuzining 20 km balandlik qismi atmosfera bo’lagi bo’lib, u Ozon qatlami sanaladi. Ozon qatlami quyoshdan zararli ultirabinafsha nurlarini ushlab qoladi. Chunki, ultirabinafsha nurlar tirik hujayralarni zararlaydi. Har yili bahor fasli davomida ozon qatlamining vaqti-vaqti bilan yupqalashib borishi kuzatilmoqda. Ozon qatlamining yupqalashib borishi ozon qatlamining emirilishi deyiladi. Ifloslangan gazlar bu muammoning asosiy sababi bo’lib, ayniqsa CFC ( xlor ftor uglerod ) muzliklar va sovuq hududlarning sovitish tizimida ishlatiladi. CFC havoga chiqarilgandan so’ng u toki ozon qatlamiga etmaguncha atmosferada ko’tarilib boraveradi. CFC ozon qatlamiga kimyoviy ta’sir etadi va ozon molekulalarini parchalaydi. Ultirabinafsha nurlari Ozon qatlamining emirilishi oqibatida Er yuziga tushayotgan ultirabinafsha nurlarning miqdori oshib bormoqda. Ultirabinafsha nurlar insonlarda teri rakining oshishiga ham sabab bo’lmoqda. Bu yana boshqa organizmlarga ham ziyon etkazishi mumkin. Ozon qatlami Erdagi hayotni ta’minlash uchun juda muhim sanaladi, shu sabab butun dunyo davlatlari sanoatida CFC ni ishlatishni to’xtatishi lozim. Ozon qatlami yerdagi hayotni va yer yuzini xavf – xatardan muhofaza etadi. Qayta ishlash Bu qayta foydalanishning bir ko‘rinishi bo’lib, unda tabiiy resurslarni yoki tovarlarni o‘zgartirib taqdim etishni o‘z ichiga oladi. Qayta ishlanadigan materiallar o‘z ichiga shishalar, metallar, qog’oz, plastmassa, hovli va oshxona jihozlarini qamrab oladi. Qayta ishlash va qayta foydalanishning farqi nimada? Plastiklarni boshqa materiallarga nisbatan qayta ishlash biroz qiyinroq. Chunki, ko’plab plastik turlaridan foydalanilmoqda. Har bir plastik konteynerlarida plastiklarni ishlashda foydalangan tur ko‘rsatiladi va qayta ishlash kodi belgilanadi. Ko’plab plastik qoplar 2 yoki 4 plastik turidan ishlab chiqariladi. 6 va 7- turlar har doim ham qayta ishlanmaydi, chunki ular turli xil plastiklar aralashmasidan hosil qilingan. Qayta ishlashdan avval har bir plastik turi ehtiyotlik bilan ajratilish kerak. *Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005 (49- bet, 61- bet, 68- bet; 103- 104;113-114; 135-betlar ) Atmosferaning tuzilishi va asosiy xususiyatlari Atmosfera er sharining havo qobig’i bo’lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobig’i bo’lmaganida er yuzasida kunduzi q1000S va kechqurun-1000S harorat kuzatilgan bo’lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o’tadi. Atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib, uning asosiy massasi(90%) 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan. Troposferada har 100 metrga ko’tarilganda havo harorati 0,60S ga kamayadi va q400S dan –500 S gacha pasayadi. Ob-havo va iqlim asosan troposferadagi jarayonlar bilan bog’liq. Atmosferaning shu qatlamida barcha yog’inlar va bulutlar hosil bo’ladi, bo‘ronlar yuz beradi. Troposfera ustida 40-50 km. gacha balandlikda stratosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. Stratosferada 22-24 km oraliqda Erdagi tirik organizmlarni ximoya qiladigan, ultrabinafsha nurlanishning katta qismini yutib qoladigan ozon(03) qatlami joylashgan. Ozon gazi yig’ilganda yupqa, 2-4 mm qatlamni hosil qiladi, lekin himoya ahamiyati juda Atmosferada uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo’lib, so’nggi yillarda inson ta’sirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o‘zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi azot va kislorodning miqdori juda katta bo’lishiga qaramasdan salbiy ta’sir tobora kuchayib bormoqda. Kislorodning asosiy manbai bo’lgan o‘rmonlarning maydoni tezlik bilan qisqarmoqda, okeanning neft maxsulotlari bilan ifloslanishi fitoplankton (suv yuzasida suzib yuradigan mikroskopik o’simliklar) faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmoqda. qazilma yoqilg’ilardan foydalanish jarayonida o’nlab milliard tonna kislorod sarf bo’lmoqda. Bu jarayonlar kelajakda kislorod balansining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Atmosferaning tuzilishi. Stratosferadan keyin, 50 km dan yuqorida mezosfera joylashgan va unda harorat pasayib boradi. 80 km yuqorida harorat –700 S ni tashkil qiladi. Undan yuqorida termosfera joylashgan bo’lib, 500-600 km balandlikda havo harorati q16000 S gacha ko’tariladi. 800-1600 km da ekzosfera joylashgan va unda havo juda ham siyrakdir. Begona qo’shimchalari bo’lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat : azot-78.09%, kislorod 20.94% , argon 0.93 %, uglerod qo’shoksidi- 0.03 % . Boshqa gazlarning miqdori nisbatan kam. Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug’lari mavjud, chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o‘ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir. Oxirgi 150 yil davomida inson faoliyati natijasida atmosferadagi uglerod qo’shoksidi(SO2 ) ortgan. SO2 zaxarli emas, o’simliklar uchun ozuqa hisoblanadi. SO2 qisqa to’lqinli quyosh nurlarini o’tkazadi, lekin erdan qaytarilgan uzun to’lqinli issiqlik nurlanishini ushlab qoladi. Natijada «issiqxona effekti» vujudga keladi. Erning o‘rtacha harorati(q15 0S) 0,8-1 0 S ga oshganligi qayd qilinmoqda. Yoqilg’ining ko’plab ishlatilishi muammoni chuqurlashtiradi. Atmosferada metan(SN4) va azot chala oksidi(N2O) miqdorining ortishi «issiqxona effekti»ni kuchaytirmoqda. Bu iqlim o‘zgarishini keltirib chiqarmoqda. Er tarixida iqlim o‘zgarib turgan, bir necha marotaba muz bosish davrlari kuzatilgan. Ayrim davrlarda sayyorada vulkanik faoliyatning kuchayishi natijasida iqlimning sovib ketganligi qayd qilinadi. Bunda atmosferaning yuqori qatlamlariga chiqarilgan tutun, gaz-changlar quyosh nurlarini qaytarib yuboradi va harorat pasayib ketadi. Atmosferaning antropogen ifloslanishining kuchayishi oqibatida harorat pasayib ketishi ham hech gap emas. Bu masalalar oxirigacha, chuqur o‘rganilmagan. Lekin so’nggi yillarda ob’ektiv ma’lumotlar global haroratning ortishi va iqlimning isish tomonga o‘zgarayotganligini ko‘rsatmoqda. Inson faoliyati natijasida tobora ko’plab chiqarilayotgan SO2 gazini o’simlik va okeandagi fitoplankton yutib ulgura olmayapti. Iqlim o‘zgarishi bo’yicha xalqaro ekspertlar guruhi(IO’XEG) fikricha, agar ahvol shunday davom etadigan bo’lsa yaqin 50 yil ichida harorat 2-4 0 S ga ortishi mumkin. Bu muzliklarning erishi va quruqlikni suv bosishi, ob-havo sharoitlarining keskin o‘zgarishlariga olib kelishi bashorat qilinadi. 1997-yil 10 dekabrda imzolangan Kioto Bayonnomasiga muvofiq alohida davlatlar o‘z zimmalariga issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirish majburiyatini olganlar va zarur tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Bunda issiqxona gazalarini chiqarishni 1990-yil darajasida qisqartirish ko‘zda tutiladi. Atmosferaning ifloslanishi muammolari. Atmosferaning ifloslanishi deganda uning tarkibi va hossalarining inson salomatligi, hayvonlar, o’simliklar va ekosistemalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgarishi tushuniladi. Atmosfera tabiiy va sun’iy yo’llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to‘zonlar, o‘rmon, dashtlardagi yong’inlar, o’simlik changlari, mikroorganizmlar, kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Sun’iy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda atmosfera ifloslanishining 75% tabiiy manbalarga va 25% antropogen manbalarga to’g’ri keladi. Atmosferaning sun’iy ifloslanish darajasi oshib bormoqda. Atmosferaning mahalliy,regional va global ifloslanishi kuzatiladi. Agregat holatiga ko‘ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni to‘rt guruhga bo’lish mumkin: qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar. Havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, chang, qurum, azot oksidlari(NOx), uglerod oksidlari(SO,SO2), oltingugurt oksidlari(SOx), xlorftoruglerodlar, metall oksidlari va boshqalar kiradi. Atmosferaga o’n minglab modda va birikmalar chiqarilgan bo’lib, ularning o‘zaro birikib hosil qilgan aralashmalari to’la o‘rganilmagan. Bunday noma’lum birikmalarning tirik jonzotlarga, shu jumladan inson sog’lig’iga ta’siri aniq baholangan emas. Atmosferaning kimyoviy, fizik, akustik (shovqin), issiqlik, elektromagnit ifloslanishi yirik shaharlar va sanoat rayonlarida yuqori darajaga etgan. Atmosferaning eng xavfli ifloslanishi radioaktiv ifloslanishdir. Radioaktiv ifloslanishning asosiy manbalari yadro qurolining sinovlari, atom eektrostantsiyalaridagi falokatlar hisoblanadi. Radioaktiv ifloslanish rak va boshqa kasalliklarning ortishiga olib keladi. Havoning kuchli ifloslanishi inson sog’lig’iga, barcha jonzotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shaharlar va sanoat rayonlarida kishilar o‘rtasida asab, yurak-qon tomir, surunkali bronxit, emfizema, nafas qisishi va o’pka raki kasalliklarining ko’payishi kuzatiladi. Ko‘z kasalliklari va bolalar kasalliklarining ortishi qayd qilingan. Shahar havosida sanoat korxonalari va avtotransport chiqindilarida kantserogen moddalar bo’lib (benz(a)piren, aromatik uglevodorodlar), ularning surunkali ta’siri natijasida rak kasalliklari kelib chiqadi. Avtotransportning chiqindi gazlaridagi qo‘rg’oshin birikmalari ham inson sog’lig’i uchun ayniqsa havfli hisoblanadi. Atmosferadagi turli zaharli gazlar o’simlik va hayvonlarga ham zarar etkazadi. Oltingugurt gazi, ftorli vodorod, ozon, qo‘rg’oshin, xlor va boshqalar o’simliklarga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O’simliklarning nobud bo’lishi, hosilning kamayishi, fotosintez intensivligining o‘zgarishi kuzatiladi. Havoning kuchli ifloslanishi ba’zi uy hayvonlarining nobud bo’lishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli tasir ko‘rsatmaydigan miqdori ruhsat etilgan miqdorREM(PDK) deb yuritiladi. Bunda zararli birikmalarning odamning mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur etkazmasligi ham nazarda tutiladi. Havo ifloslanishining muntazam REM dan yuqori bo’lishi aholining kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko‘rsatkichlari bo’yicha belgilanadi. Atmosferaning ifloslanishi indeksi(AII) kompleks ko‘rsatkichi ham qo’llaniladi. Turli moddalarning ta’sir darajasiga qarab xilma-xil REM ko‘rsatkichlari belgilangan. Masalan, quyidagi REM ko‘rsatkichlarini ajratish mumkin: is gazi-3 mgg’m3 ;oltingugurt qo’shoksidi-0.05 mgg’ m3 ; xlor-0.03mgg’m3 ; fenol-0,01mg g’ m3 ; formaldegid-0.003 mgg’m3 ;qurum-0,05 mgg’m3 va boshqalar. REM ko‘rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Atmosfera ifloslanishini me’yorlash uchun sanoat va transportda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan tashlanmalar-PDV me’yorlari belgilanadi. Har bir turg’un manbalar uchun alohida PDV me’yorlari tasdiqlanadi. Ushbu me’yorga amal qilish havo ifloslanishining REM darajasida bo’lishini ta’minlaydi. Ozon muammosi. Atmosferaning 20-30 km oralig’ida joylashgan o‘ziga xos himoya qobig’i-ozon (O3) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Yer yuzida dastlab 1970-yillarda stratosferadagi ozonning kamayishi kuzatildi. 1980-yillarda Antarktida ustida ozonning 50% ga kamayishi qayd qilindi. Ko’pchilik mutahassislar ozonning kamayishi texnogen yo’l bilan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Atmosferada ozon miqdorining o‘zgarishi tabiiy jarayonlar, jumladan, quyosh faolligining o‘zgarishi, boshqa omillar ta’sirida ham o‘zargan bo’lishi ham mumkin. Lekin, sabablaridan qat’iy nazar ushbu muammoni ijobiy hal qilish yo’llarini izlash, choralar ko‘rish lozimdir. Ozon qatlami insonlar va barcha jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarning zararli ta’siridan himoya qiladi, sayyoramizni o‘ziga xos isituvchi «qobig’i» hisoblanadi. Sovutkichlarda ishlatiladigan xlorftoruglerodlar (freonlarCFCI3, CF2CIF2, CHCIF2)), azot oksidlari ta’sirida ozon parchalanadi. Yer yuzi qutblarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Ozonning siyraklashuvi natijasida teri raki kasalligi ko’payadi, ko‘z kasalliklari ortadi, hayvonlarga, o’simliklarning fotosintetik faolligiga ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarning oldini olish uchun milliy, regional va umumjahon miqyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ozon muammosini hal qilishga qaratilgan Vena Konventsiyasi va mamlakatlarning ozon parchalovchi birikmalarni chiqarishini kamaytirish majburiyatlarini olish bo’yicha Monreal bayonnomalari qabul qilingan. «Kislotali yomg’ir»lar ayrim davlatlarda xaqiqiy ekologik falokatga aylanib qolgan. Har qanday qazilma yoqilg’i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingurgut va azot qo’shoksidlari bo’ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomg’irni kislotaga aylantiradi. 2SO2 q O2 q 2H2O q 2H2SO4 4NO2 q 2H2O q O2q 4HNO3 AqSh, Kanada, Germaniya,Shvetsiya,Norvegiya,Rossiyavaboshqarivojlangandavlatlardakislotaliyomg’irlarta’siridakattamaydondagio‘rmonlarqurishikuzatilgan. Bundayyomg’irlarhosildorliknipasaytiradi, suvxavzalarininordonliginioshiribyuboradi, binolar, tarixiyyodgorliklarniemiradi, insonsog’lig’igazararetkazadi. Kislotaliyomg’irlarninguzoqmasofagako’chishinatijasidaturlidavlatlaro‘rtasidakelis hmovchiliklaryuzagakeladi. Ushbuekologikxatarnibartarafqilishuchunmahalliy, regionalvaxalqaromiqyosdatadbirlaro’tkaziladi. Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi- inversiya oqibatida kuzatiladigan zaharli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog’lig’iga o’ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4000 dan ortiq kishi nobud bo’lgan. Keyingi yillarda dunyoning yirik shaharlarida London tipidagi smog, Los-Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta’sirida reaktsiyaga kirishib havfli birikmalarni hosil qilishi tushuniladi. Jumladan, ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo’lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko‘rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Battan aytganidek: «Yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks holda tutun er yuzidagi insonlarni kamaytiradi». Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqbatlarga olib keladi. Insonlar sog’lig’ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o’cimlik va hayvonlarning nobud bo’lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o‘z o‘zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin yirik sanoat rayonlari, shaharlarda atmosferaning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o‘zlari amalga oshirishlari lozim bo’lgan vazifadir. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo’yicha 600 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o’pka raki va boshqa og’ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benz(a)piren, qo‘rg’oshin va boshqalar) mavjud. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg’i sifatini yaxshilash, dizel va siqilgan gazdan foydalanish va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. O‘zbekistonda atmosferaning ifloslanishi va uning oldini olish muammolari O‘zbekiston Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog’ oldi va tog’ oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanish darajasining nisbatan yuqori bo’lishiga olib kelgan. O‘zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to’plangan Toshkent va Farg’ona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi aholining salomatligi, o’simliklarning holati va hosildorligi, binolar, metall konstruktsiyalar, tarixiy obidalar va boshqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishi va so’nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining nisbatan kamayishi kuzatiladi. Ifloslovchi birikmalarning yalpi chiqarilishida harakatlanadigan manbalarning hissasi ortiqdir(5-jadval )
|
| |