|
-2008 yillarda O‘zbekistonda atmosferaga ifloslovchi birikmalar chiqarilishining o‘zgarishi(ming.t)
|
bet | 2/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 113,56 Kb. | | #243198 |
Bog'liq Tajikulova Hilola1999-2008 yillarda O‘zbekistonda atmosferaga ifloslovchi birikmalar chiqarilishining o‘zgarishi(ming.t)
Atmosferani ifloslaydigan zararli birikmalarning 51% dan ortig’i uglerod oksidi (is gazi-SO)ga, oltingugurt qo’shoksidiga-16%, uglevodorodlarga-17,9%, azot oksidlariga-8,9%, qattiq birikmalarga-6%, va boshqa zararli chiqindilarga-0,2% to’g’ri keladi(2001 yil). Bu diagrammadaAtmosferaga chiqariladigan zararli birikmalar aks etgan. Respublikadagi sanoat korxonalari tomonidan atmosferaga 150dan ortiq ifloslovchi birikmalar chiqariladi. Asosiylari- oltingugurt qo’shoksidi, uglevodorodlar va qattiq birikmalar hisoblanadi. Uchuvchan organik birikmalarni kamaytirish ahamiyatga ega. Atmosferaga chiqariladigan birikmalarning 90% ga yaqini asosiy ekologik «iflos» ishlab chiqarish joylashgan Toshkent, qashqadaryo, Farg’ona, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarining korxonalari hissasiga to’g’ri keladi. Atmosferani ifloslashda energetika (34,1%), neft-gaz sanoati (31,9%), metallurgiya (16,5%), qurilish industriyasi (3,8%), kommunal xizmat (3,6%) va kimyo sanoati (2,6%) korxonalarining ulushlari(2001 yil) kattadir. Boshqa korxonalarning hissasi 7,4%dan oshmaydi. Respublikadagi asosiy sanoat tarmoqlarida zararli birikmalarni ushlab qolish va zararsizlantirish talab darajasida emas. Korxonalarda chang-gaz tozalash qurilmalari bilan ta’minlanganlik 85% ni tashkil qiladi va ularning ishi samaradorligi 70,86% bo’lib, qurilmalarning 77% eskirgan va yaxshi ishlamaydi. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani hollarida to’lov va jarimalar belgilangan. Sanoatda atmosferaning ifloslanishini kamaytirish uchun: yangi tozalash qurilmalarini ishga tushirish va samaradorligini oshirish; kam chiqitli va chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish; zararli korxonalarni chetga chiqarish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish zarurdir. Avtotransport kompleksi havoni ifloslovchi asosiy manba hisoblanadi va atmosfera ifloslanishining 70% ga yaqinini tashkil qiladi. Asosiy ifloslovchi birikmalari is gazi, azot oksidlari, uglevodorodlar, benz(a)piren, aldegidlar va qo‘rg’oshin hisoblanadi. Transport bevosita hayot muhitini ifloslaydi, insonlar organizmida qo‘rg’oshin va boshqa zaxarli va kantserogen birikmalarning to’planishiga sabab bo’ladi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona shaharlarida havo ifloslanishining 80% dan ortig’i avtotransport hissasiga to’g’ri keladi. O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Bunga sabab etil qo’shilgan benzin va tarkibida oltingugurt ko’p bo’lgan dizel yoqilg’isi(solyarka)dan foydalanish hisoblanadi. Davlat sektoridagi avtomobillarning 50% va xususiy sektordagi avtomobillarning 40% dan ortig’i 10 yildan ortiq foydalaniladi va atmosferani kuchli ifloslaydi. Transportda ekologik nazorat talabga to’la javob bermaydi. Gaz yoqilg’isidan foydalanadigan avtomobillar soni 7% dan ortiqni tashkil qiladi. 400 mingdan ortiq qishloq xo’jalik texnikasida, temir yo’l transporti va havo transportida atmosfera ifloslanishi nazorati yo’lga qo’yilmagan. Bir qator zararli birikmalar bo’yicha ko‘rsatkichlari REM dan yuqori bo’lgan shaharlarning ba’zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud. O‘zbekiston hududida ham «kislotali yomg’ir»lar kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda Olmaliq-Oxangaron sanoat rayonining ta’sirida Chotqol qo‘riqxonasi hududida «kislotali yomg’ir»lar qayd qilinadi. O‘zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish uchun transportda: Benzin tarkibidagi qo‘rg’oshinga nisbatan standart talablarini kuchaytirish, etil qo’shilgan benzindan asta-sekin butunlay voz kechishni ta’minlash; Siqilgan gaz va dizel yoqilg’isidan ko’proq foydalanish; Transport harakatini optimallashtirish; Transport parkini sekin-asta yangilash; Elektr transporti, metroni rivojlantirish; Yashil-ximoya zonalarini tashkil qilish va boshqalarni amalga oshirish zarurdir. O‘zbekistonda atrof-muhit holatini o‘rganish, baholash va bashorat qilish tizimi-monitoring amalga oshiriladi. Atmosfera havosini ifloslanishi monitoringi turg’un postlar va ko’chma labaratoriyalar yordamida o’tkaziladi. Ichki Ishlar Vazirligi avtotransportda ekologik nazorat hizmatini amalga oshiradi. Atrof-muhit ifloslanishining oldini olish uchun korxonalarni qurishdan oldin, loyiha bosqichida ekologik ekspertizadan o’tkaziladi. Ekologik ekspertiza inson salomatligini saqlash, ekologik havfsizlikni ta’minlash maqsadlarida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda 2000-yili «Ekologik ekspertiza to’g’risida» qonuni qabul qilingan. Mamlakatimiz hududi Rossiya, Tojikiston, qozog’iston va boshqa qo’shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilanchegaralararo ham ifloslanadi. Surxondaryo viloyatida Tojikiston alyuminiy zavodining ta’sirida havoning ftorli birikmalar, oltingugurt qo’shoksidi, azotli birikmalar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Har yili Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan 15-75 mln. tonna chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. O‘zbekistonda ozon qatlamini himoya qilish bo’yicha maxsus milliy dastur ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Vena Konventsiyasi va Monreal bayonnomasi tomonlari hisoblanadi. Ozon parchalovchi birikmalardan foydalanish 1996 yilga nisbatan 80%ga kamaygan, zararsiz birikmalargi o’tish amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston hududida ham iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuzatilmoqda. Issiqxona gazlarini chiqarish 1999 yili 160 mln. tonnani tashkil qildi va bu jahon bo’yicha 0,7% ni tashkil qildi. Havo harorati 0,8-1 0 S ga oshgan. Global isish bunday keyin ham ekstremal ob-havo hodisalari, ya’ni, qurg’oqchiliklar va yozning yuqori haroratli davrlari sonining ortishiga, suv resurslarining vujudga kelish rejimida o‘zgarishga imkon tug’diradi va bu mamlakatda qo’shimcha salbiy oqibatlarga olib kelish mumkin. Haroratning ortishi natijasida quruq subtropik va mo’’tadil iqlim mintaqalari o‘rtasidagi chegara 150-200 km shimolga, balandlik iqlim zonalari 150-200 m yuqoriga suriladi. Sovuqsiz kunlar 8-15 kunga ortadi. SO2 miqdorining ortishi ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va mahsuldorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, hosildorlik ortishi mumkin. Ammo iqlimning o‘zgarishi tufayli yuqori haroratli kunlarning ortishi va namlik etishmasligi sharoitlarida hosilni yo’qotish sabzovot ekinlarida 10-50%, paxtada 9-15%, sholida 10-20%, poliz ekinlarida 10- 30%ni tashkil qilishi mumkin. Iqlimning kutilayotgan o‘zgarishi Orol va Orolbo’yida qo’shimcha salbiy oqibatlar: bug’lanishning ortishi, tuz ko’chishining faollashuvi, sizot suv zaxiralarining kamayishi, namli landshaftlarning qisqarishi, oqmas ko’llar minerallashuvining ortishi, suv xavzalari botqoqlashuvining tezlashishiga olib keladi. Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayishi kutilmoqda. Bu Orol tangligining yanada kuchayishiga ishora qiladi. Iqlim o‘zgarishi muammosini hal qilish va uning oqibatlarini yumshatish bo’yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini tan olib, O‘zbekiston, o‘z ustiga jahon hamjamiyati oldida ma’lum majburiyatlarni olib, 1993 yili BMT ning iqlim o‘zgarishi Konventsiyasiga qo’shildi. 1998 yilning noyabrida O‘zbekiston Kioto bayonnomasini imzoladi va u 1999 yilning 20 avgustida ratifikatsiya qilindi. Ushbu yo’nalishda respublikada ilmiy-tadqiqotlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Sanoat korxonalarini ekologiyalash-tirish muhim ahamiyat kasb etadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish-monitoring tizimini takomillashtirish talab etiladi. O‘zbekistonda «Atmosferani muhofaza qilish to’g’risida» mahsus qonun (1996 yil, dekabr) qabul qilingan. qonunga muvofiq atmosferaga salbiy ta’siri uchun korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun to’lovlar belgilangan va boshqa majburiyatlar yuklangan. Belgilangan me’yordan ortiq ifloslovchi birikmalarni chiqarish uchun ham to’lovlar belgilangan.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.M.Begon, Colin R. Townsend, and John L.Harper. Ecology. UK. 2006.
2.Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005.
3.Tursunov X.T., Rahimova T.U. Ekologiya . - T.: “Chinor ENK”, 2006.
4. Ergashev A. Umumiy ekologiya.- T.: “O‘zbekiston”, 2003.
5.Chernova N.M., Bo’lova A.M. Ekologiya.-M.: “Prosvehenie”, 1988.
|
| |