1 landshaftlarning tabiiy komponentlari va ularning o‘zaro aloqalari




Download 147,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.05.2024
Hajmi147,43 Kb.
#228187
  1   2   3   4
Bog'liq
LANDShAFTLARNING TABIIY KOMPONENTLARI



1-
 
LANDShAFTLARNING TABIIY KOMPONENTLARI VA 
ULARNING O‘ZARO ALOQALARI.
 
1.1.
 
LANDShAFTLARNING TABIIY KOMPONENTLARI VA 
LANDShAFT HOSIL QILUVChI OMILLAR. 
Komponent - lotincha so‗zdan olingan bo‗lib tarkibiy qism degan ma‘noni 
anglatadi. Landshaft ham barcha katta-kichik geotizimlar singari agregat holati 
nisbatan bir xil bo‗lgan moddiy qismlar- komponentlardan tashkil topgandir. 
Umuman olganda geografik adabiyotda komponent tushunchasi anchagina 
erkin talqin qilingan. Ba‘zan landshaft komponentlariga qum qoratuproq, muz, 
yashil 6arglar, suv yuzasi kabilarni ham kiritishadi. Ba‘zan esa inson tomonidan 
bunyod etilgan texnik inshootlar, shaharlar, yashil maydonlar ham landshaft 
komponentlari deb hisoblanadi. 
Masalan, D. L.Armand (1975) agregat tarkibi bir xil bo‗lgan qismlarni hayot 
bor yoki yo‗qligini hisobga olgan holda, landshaftning komponentlari deb 
hisoblaydi. U tabiiy komponentlarga turli gazlar suyuqliklar, tog‗ jinslari, tuproq. 
o‗simlik, qor va muz, hatto texnik inshoatlarni ham kiritadi. Uning fikricha iqlim va 
relef komponent emas, balki komponentning xususiyatidir. 
F.N.Milkov (1990) landshaftning komponentlariga tog‗ jinslari, yer os-ti va 
usti suvlari, tuproq. o‗simlik va hayvonot dunyosini kiritadi. 
Shunga o‗xshash ta‘rifni biz "Oxrana landshaftov" (1982) nomli izoxli 
lug‗atda ham ko‗ramiz. Unda landshaftning komponentiga geografik qobiqning 
litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning landshaft chegarasidagi qismlari 
kiradi deb ko‗rsatilgan. 
Landshaft komponentlari bir-biri bilan o‗zaro aloqada bo‗lib, birining 
o‗zgarishi qolganlarining ham o‗zgarishiga olib keladi. Lug‗at mualliflari 
komponenlarni ikkiga: tabiiy va antrpoogen komponentlarga bo‗lishgan. 
Birinchisiga tog‗ jinslari, havo yer osti va usti suvlari, tuproq. o‗simlik, 
hayvonot dunyosini kiritsalar, ikkinchisiga turli inshootlar, qishloq xo‗jalik 


maydonlari kabilarni kiritadilar. 
Landshaftshunos olim N.A.Solntsev ikkinchi landshaft tashkil topishi va 
rivojlanishida turli komponentlar turlicha o‗rin tutadi deydi. Ularning ba‘zilari 
kuchli bo‗lsa, ba‘zilari kuchsiz hisoblanadi, N.L.Solntsev landshaft-ning 
komponentlarini kuchlisidan kuchsiziga tomon quyidagi tartibda joy-lashtirgan: 
tog‗ jinslari – atmosfera - suvlar - o‗simlik - hayvonot dunyosi. Uningcha 
landshaftning geologik tuzilishi, tog‗ jinslarining litologik tar-kibi, relef, iqlim, 
tuproq kabilar landshaftning komponentlari hisoblan-maydi. 
Shunday qilib, yuqorida kelgirilgan fikrlarni umumlashtirib quyidagi-cha 
xulosa chiqarish mumkin. Landshaftning komponentlari deb, uning tarkibiy 
qismlari: tog‗ jinslari, havo, suvlar, o‗simlik va hayvonot dunyosi kabilarga 
aytiladi. Iqlim, relef, tuproq esa, komponent emas. Ulardan birinchisi havoning, 
ikkinchisi tog‗ jinslarining xususiyatlaridir. Uchinchisi esa tog‗ jinslarining havo, 
suv va organik hayot ta‘sirida o‗zgarishidan yuzaga kelgan hosiladir. 

Download 147,43 Kb.
  1   2   3   4




Download 147,43 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 landshaftlarning tabiiy komponentlari va ularning o‘zaro aloqalari

Download 147,43 Kb.
Pdf ko'rish