Landshaftni hosil qiluvchi moddiy komponentlar-erning po‗sti, suv, atmosfera,
o‗simlik va hayvonot dunyosi, landshaftlar landshaftning tabiiy komponentlari
deyiladi. Landshaft hayotida yer po‗stining yuza qatlamlari (tog‗ jinslari ) va tashqi
hamda ichki kuchlar hosilasi bo‗lgan relef, atmosferaning
barcha xususiyatlari,
havo tsirkulyatsiyasi xosilasi bo‗lgan iqlimning ahamiyati juda katta (gaz tarkibi
hamma joyda deyarli bir xil). Shuning uchun ham relef, tog‗ jinslari
va iqlim
landshaftning aloxida komponentlarini tashkil etadi. Ular faqat landshaftnigina
emas, balki barcha geografik komplekslarning ham komponentlaridir. Masalan,
fatsiya ham ma‘lum relefda joylashadi, suv, atmosfera, o‗simlik, hayvonot dunyosi
va landshaftlardan tarkib topadi, lekin turli darajadagi
geografik komplekslarni
ta‘riflaganda tabiiy komponentlarning bir xil ko‗rsatkichlaridan foydalanib
bo‗lmaydi. Binobarin, landshaft komponentlariga yuqorida qayd qilingan qanday
ko‗rsatkichlarini kiritishni aniqlab olish zarur. Masalan,
landshaftning iqlim
komponenti sifatida mezoiqlimni qabul qilish mumkin va xakozo.
Landshaftga ta‘rif berilganda ko‗pchilik xollarda u bir xil geologik zaminga
ega deyiladi. Bu degan so‗z tog‗ jinslarining litologik tarkibi va ularning joylashishi
bir hil degan ma‘noni bildiradi.
Landshaftning geologik komponenti albatta faqat bir xil tipdagi tog‗ jinslaridan
iborat bo‗lishi shart emas. Zaminning litologik tarkibi deb ma‘lum bir xil sharoitda
vujudga kelgan, hamda hududiy jihatdan bog‗langan jinslarning genetik
kompleksini xosil qiluvchi geologik formatsiyani tushunish lozim. Masalan,
qumtosh, gil, mergel qatlamlari almashib turadigan flish formatsiyasi. Cho‗kindi
jins qatlamlari nisbatan gorizontal yotgan tog‗ jinslari yer yuzasiga chiqib yotadi.
Bunday joylarda bir hil tog‗ jinslarning o‗zi muayyan bir landshaftning geologik
zaminini tashkil etishi mumkin.