ko‗rish mumkin. Birgina tektonik botiqlikdan iborat bo‗lgan va bir xil tabiiy
jarayonlar (akkumulyatsiya, eol jarayonlar) ro‗y berib turadigan bu tekislikda
iqlimiy sharoitning uzoqlik bo‗yicha o‗zgarishi ta‘sirida g‗arbiy qumli cho‗l,
markaziy sho‗rxoq cho‗l va sharqiy gilli cho‗l landshaftlari tarkib topgan.
Landshaftning tarkibiy qismi bo‗lgan suv har bir landshaft uchun xos va shu
landshaft xususiyatlari bilan juda yaqindan bog‗langan bo‗lib,
boshqa
landshaftlardagi suv xavzalari, xarakteri,
ximiyaviy tarkibi, termik rejimi va
xokazolariga ko‗ra farq qiladi.
Landshaftning iqlim komponenti zonal iqlim xususiyatlari va har bir joyning
o‗ziga xos xususiyatlari ta‘sirida tarkib topadi. Shuning uchun har bir tabiiy
geografik kompleksning o‗ziga xos iqlimi bo‗ladi.
Landshaft iqlimi maxalliy
iqlimga mos keladi. Maxalliy iqlim, har bir landshaftning tipik urochishelarida olib
borilgan meteorologik kuzatishlar asosida aniqlanadi. Mikroiqlim fatsiya iqlimi,
makroiqlim tabiiy geografik o‗lka va tabiiy zonalar iqlimidir.
Landshaftning o‗simlik va hayvonot dunyosi komponenti murakkab
kompleksni hosil qiladi. Har bir landshaftda turli o‗simlik tiplariga xos bo‗lgan
turkumlarni uchratish mumkin, shu bilan birga o‗simliklarning bir turkumini turli
landshaftlarda uchratish mumkin. Shuning uchun
ham har bir landshaftga xos
bo‗lgan o‗simlik turkumi yo‗q va landshaftlar o‗simlik turkumlarining qonuniy
to‗plamiga ega bo‗ladi. Bu o‗simlik turkumlari fatsiya va urochishelarga bog‗liq
ravishda shu landshaft uchun xos bo‗lgan tipik ekologik qatorlarni xosil qiladi.
Hayvonot dunyosi o‗simliklarga nisbatan juda ko‗chuvchan bo‗lganligidan
bevosita landshaft uchun xos bo‗lgan hayvonlar areallarini ko‗rsatish qiyin, lekin
bir landshaftning ekologik sharoitiga ko‗ra hayvonlar turlarining individualligi farq
qiladi.
Har bir landshaft uchun hududda faqat shu landshaftga xos bo‗lgan qonuniy
ravishda takrorlanuvchi landshaft tiplari, turlari, xillari mavjud.
Landshaftning energetika omili quyoshdan keladigan nur energiyasi va yerning
tektonik harakatlari vositasida namoyon bo‗ladigan ichki energiyasidir.
Landshaftdagi barcha biologik, biofizik jarayonlarning borishi quyosh energiyasiga
bog‗liq.
Yerning ichki energiyasi tabiiy geografik jarayonlarning,
gravitatsiya
sharoitining tarkib topishida katta rol o‗ynaydi, ya‘ni yuzasidagi tog‗ jinslarining
yemirilishi, siljishi, qayta yotqizilishining jadalligi relefga va tog‗ jinslariga boqliq,
relef esa o‗z navbatida Yer ichki energiyasining hosilasidir.
Geografik mintaqalarda iqlim hodisalari harakatlantiruvchi, materiklarda
geomorfologik,
sektorlarda yana iqlim, zona va kichik zonalarda yana
geomorfologik va nihoyat landshaftlarda gidrologik, aerogeomorfologik va
fitogeografik hodisalar harakatlantiruvchi kuchlar hisoblanadi. Bunga qo‗shimcha
qilib A.A. Grigorev aytadiki, har bir alohida holatda qaysi bir komponent eng kuchli
o‗zgarishni boshidan kechirayotgan bo‗lsa, o‗sha komponent
harakatlantiruvchi
kuch hisoblanadi. Bu fikrlarni xato deb bilgan D.L.Armand (1975),
komponentlarning yetakchi va yetakchi emasligi haqida so‗z yuritar ekan,
komponentlarni omillar bilan chalkashtirib yuboradi. Uning fikricha har qanday
komponent va uning xususiyati boshqa komponentlarga tasir ko‗rsata olsa, u
landshaft tashkil qiluvchi omil hisoblanadi. Qaysi bir omil boshqa komponentlarga
kuchli ta‘sir ko‗rsata olsa-yu va ularning tasirida o‗zi kamrok o‗zgarsa, uni yetakchi
omil deb atash mumkin. V.B.Sochava (1974) ham geotizimlarning
energetika va
dinamikasini belgilab beruvchi eng harakatchan va tez o‗zgaruvchan komponentlari
issiqlik, namlik va biota kabilarni "kritik komponenglar" deb ataydi". Tabiiy
geografik sharoitga bog‗liq holda turli xil komponentlar kritik komponentlarga
aylanishi mumkin. Bulardan biota komponenti kritik komponent bo‗libgina
qolmasdan, balki geotizimni barqarorlashtirib turadigan omil hamdir.
Ushbu masalada A.A.Krauklis (1979) bildirgan fikrlar ham e‘tiborga loyiqdir.
Uning yozishicha geotizimlarning mavjudligida va rivojlanishida
uning tarkibiy
qismlarining barchasining ahamiyati kattadir. Qaysi kompo-nent yetakchi va qaysi
komponent yetakchi emasligini aiiqlashdan ko‗ra geotizim-larning o‗z holatini
saqlashda qaysi komponent qay tarzda ishtirok etishini aniqlash ahamiyatliroqdir.