3.4
TABIATDA SUVNING ShAKLLARI.
A. A. Krauklisning o‗zi esa komponentlarni geotizimda bajaradigan o‗ziga xos
vazifasiga qarab uch guruhga bo‗ladi:
1)
Sust komponentlar (tog‗ jinslari va relef), ular geotizimlarning "o‗zagi"
hisoblanadi.
2)
Harakatchan komponentlar (asosan havo va suvlar) geotizimlarning ichki
qismlarini bir-biri bilan va tashqi muhit, jumladan qo‗shni geotizimlar bilan
bog‗lovchi komponentlar hisoblanadi. U o‗zidan katta bo‗lgan boshqa
geotizimlarga nisbatan tashqi kuchlar ta‘siriga beriluvchan va tez o‗zgaruvchan
bo‗ladi. Buning sababi shundaki, fatsiya doirasida uning komponentlari orasidagi
aloqadorlik va bog‗liqlik boshqa geotizimlardagidan ko‗ra murtroq, tez
shikastlanuvchan tashqi omillar ta‘sirida chidamsizroq ekanligidadir. Yer qobig‗i
juda murakkab va o‗zaro bog‗liq bo‗lgan litosfera (er kurrasining qattiq qismi),
atmosfera (xavo), gidrosfera (suv) va biosfera (tirik organizmlar) dan iborat. Yer
kurrasining geografik qobig‗i deganda ularning bir-biri bilan o‗zaro ta‘siri
natijasida shakllangan va yerning ustki qismini tashkil etgan murakkab tabiiy xosila
tushuniladi.
Biosfera yer qobig‗ini tarkibiy va tirik qismi bo‗lib asosan tirik organizmlar
(biomassa) ularning ishtirokida xosil bo‗lgan maxsulotlar (ko‗mir, neft, gaz, torf,
landshaft gumusi, oxak) tirik va jonsiz tabiatning o‗zaro ta‘sirida xosil bo‗lgan
moddalar (chiqindilar, troposferaning gaz qismi) dan iborat.
Biosfera - qadimiy, juda murakkab (ko‗p komponentli) umumkoinot, o‗zini-
o‗zi boshqaruvchi tirik va jonsiz moddalar tizimi.
Yerning geografik qobig‗i atmosfera, gidrosfera va litosfera ichki
qatlamlarining har xilligi va jozibadorligi bilan ajralib turadi. Geografik qobiqning
eng muhim hususiyatlaridan biri u bilan tashqi muhit orasida muntazam ravishda
modda va energiya almashish bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlari orasida o‗zaro
ta‘sir mavjudligidadir. Quyosh energiyasini yerga ta‘sir etuvchi va yer sathida hayot
shakllantiruvi har hil energiyaga aylanishi natijasida landshaft ko‗rinishi hosil
bo‗ladi.
Landshaft-litosfera, atmosfera, gidrosferaning o‗zaro jadal ta‘sirida yerning
geografik qobig‗ida hayot vujudga keladi.
Geografik qobiq (geo-er) - yer kurrasining qobig‗laridan biri, faqat unda
hayot mavjud. Shu qobig‗da inson paydo bo‗lgan va jamiyat shakllangan.
Geografik qobig‗-geografiya fani o‗rganadigan asosiy xosila (manba) bo‗lib:
a)
litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera orasida juda xilma-xil
munosabatlar mavjud bo‗lib, mazkur jarayonlar fizik, kimyoviy va biologik
yo‗nalishda sodir bo‗ladigan moddiy tizim;
b)
Davr va hududda bo‗ladigan o‗zarishlar vaqti-vaqti bilan va yo‗naltirilgan
holda (evolyutsiya) ochiq sodir bo‗ladigan o‗zgaruvchan tizim;
v) Har bir hududning iqlim sharoiti va boshqa ko‗rsatkichlariga qarab o‗ziga
xos tabaqalashgan, tarkibiy qismlari xar xil bo‗lishiga qaramasdan, o‗zaro
chambarchas bog‗langan murakkab keng qamrovli tizim. Uning alohida
shakllangan qismlari landshaft deb yuritiladi.
Landshaftning tabiiy komponentlariga relef, tog‗ jinslari, atmosfera, suv,
landshaft, o‗simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Bularning barchasi bir-biri bilan
uzviy bog‗liq holda rivojlanadi va bitta murakkab jarayon sifatida fizik-
geografiyaning alohida qismi landshaftshunoslik deyiladi.
Landshaft doirasi quyidagi regional geokomplekslarga bo‗linadi: qit‘a,
kenglik, mamlakat, mintaqa, provintsiya, okrug, tuman va mikrotuman.
Tabiiy geografik landshaft hududning genetik jihatdan nisbatan bir xil (relef,
landshaft-iqlim sharoiti, suv va biotsenez) bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan va
ma‘lum darajada inson ta‘siri seziladigan qismi.
Landshaft doimiy tuzilishga ega bo‗lib, davr, hudud miqyosida o‗zgarib
turadi.
Bu o‗zgarish uch xil bo‗ladi:
1.
Davriy. Landshaft shakllanishida ishtirok etuvchi jarayonlar ma‘lum bir xil
davrda takrorlanib turadi. (Daryo uzanlarini suv bosishi).
2.
Mavjud landshaft tuzilishiga ayrim davr o‗tgandan so‗ng qaytish (o‗simlik
koplamini ma‘lum vaqt o‗tgandan so‗ng tiklanishi).
3.
Mutloq o‗zgarish. Landshaft ko‗rinishini ayrim komponent-larini,
morfologik (soy, qirg‗oq yonbag‗irliklari) belgilarini keskin o‗zgarishi (sel kelishi,
suv eroziyasi).
Landshaft-tipologik
majmualar
muqimligi
(stabilnыy)
bo‗yicha
quyidagilarga bo‗linadi.
-
Muntazam muqim. Landshaft rivojlanishida doimiy tenglik bo‗ladi, vaqt
o‗tishi bilan landshaft ko‗rinishi qayta tiklanaveradi.
-
Nisbatan muqim. Landshaft rivojlanishida (bo‗linishi va shakllarida)
sezilarli o‗zgarishlar sodir bo‗lib turadi.
-
O‗zgaruvchan. Landshaftning tashqi ko‗rinishi va tarkibi tez o‗zgarib
turadi.
Landshaft shakllantiruvchi tabiiy omillar ikki hil bo‗ladi:
-
Mintaqaviy (tabiat, suv, landshaft, o‗simlik va hayvonot dunyosi).
-
Nomintaqaviy (litosferaning geologik tuzilishi va relef).
Landshaftning ichki tuzilishi va shakllanishida relef hosil qiluvchi
(geomorfologik), iqlim va landshaft muhim ahamiyatga ega. Tabiiy landshaftning
geomorfologik asosida relefning har xil tipi va shakllari yotadi. Yer qurrasining
relefi asosan uzoq vaqt davom etadigan va bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan ikki
xil jarayon (ekzogen va endogen) ta‘sirida shakllanadi.
Endogen jarayonlar - Yer qurrasi ichida sodir bo‗ladigan fizik va kimyoviy
jarayonlardir. (radioaktiv moddalarning parchalanishi, mexanik harakatlar, yer
qimirlash, magmatik jarayonlar, kimyoviy reaktsiyalar)
Ekzogen jarayonlar - Yer qurrasining ustki qismida quyosh energiyasi,
og‗irlik kuchi va tirik organizmlarning hayoti natijasida vujudga kelgan relef
hosilalari (emirilish, eroziya, muzliklar, yer osti suvlari ta‘siri).
Quruqlikning ustki qismi ekzogen jarayonlar ta‘sirida hosil bo‗lgan har xil
kattalik va shakldagi releflardan iborat.
Relef hosil qiluvchi asosiy omillarni nazarda tutgan holda uning tiplari ajratiladi.
Ulardan eng ko‗p tarqalgan morfogenetik tipi-relef shakli, tashqi ko‗rinishi,
tuzilishi va kelib chiqishi bir-biriga o‗xshash majmualar.
Tog‗lik va tekisliklarda eng ko‗p tarqalgan morfogenetik tiplardagi relef
eroziya va akkumlyatsiya ta‘sirida shakllanadi. Bunda eroziya yemirilgan
jinslarning bir yerdan ikkinchi yerga ko‗chishi va yig‗ilishi asosiy jarayonlardan
xisoblanadi.
Eroziya - akkumlyatsiya jarayonida relef shakllanishining bir tipi daryo
xavzasi-vodiylarda relef hosil bo‗lishidir.
Bu tipdagi relefning asosiy ko‗rsatkichlari - daryo o‗zani, yonbag‗irliklar
(terrassa) va asosiy qirg‗oq.
Jarlik tipidagi relef past balandlik hududlarida tarqalgan. Nisbatan yengil
yotqiziqlarning yuvilishi (emirilishi) natijasida shakllangan releflar kiradi.
Karst tipdagi relef - tog‗ jinslari tarkibida har xil kimyoviy jarayonlar va suv
ta‘sirida shakllanadi. (ohak, gips, dalomit, tosh, tuz, mergelning yuvilishi)
Suffoziya-tog‗ jinslari tarkibidagi mayda mineral va erigan moddalarning
shimilayotgan suv ta‘sirida yuvilishi natijasida o‗ziga xos relef tipi shakllanadi.
Tog‗lardagi muzliklarning erishi natijasida ularning yuqori qismiga xos relef
shakllanadi.
Shamol ishtirokida (qum ko‗chishi, yig‗ilishi) eol tipidagi relef hosil bo‗ladi.
Inson ta‘sirida relef shakllanishi juda hilma-xil xo‗jalik ishlarini yuritish
jarayoni texnogen tipdagi relef shakllanadi.
Masalan:
a)
Yer osti boyliklarini qazish, qarierlar, tog‗lardagi mineral yotqiziqlarni kovlab
olish, tog‗ yonbag‗irlarini o‗pirilishi, chuqirliklarni to‗ldirish:
b)
sanoatda - chiqindilarni tashlash, tashlandiq suvlarni tindirish:
v) dehqonchilikda-nishabliklarda ekin uchun maydon yaratish, sug‗orish
shaxobchalari, kollektor-zovurlar, suv omborlari qurish.
Iqlim - sharoitini landshaftga ta‘siri juda keng, mintaqaviy va cheklangan
hududda bo‗lishi mumkin.
Landshaftni shakllanishi va rivojlanishi yer sharining quruq va suv bilan
(okean) band qismi orasida namlik va issiqlik almashinuvi katta ahamiyatga ega.
Yani kontinet va sayyoralarda makroiqlimning o‗zgarishiga bog‗liq.
Iqlim sharoiti yer sathidan iqlimiy landshaft mintaqalarini ajratishni
taqazo etadi. Iqlimiy mintaqalarda (o‗rmon, cho‗l, sahro) atmosfera va yer
sathi-ya‘ni landshaftning shakli, tarkibi va hususiyatlari ajralib turadi.
Landshaftning
ayrim
komponentlari
ta‘sirida
mintaqaviy iqlim
(mezoiqlim) hosil bo‗ladi. (cho‗l, tayga, sahro iqlimi) Alohida hududlarda
mikroiqlim shakllanadi.
Makro, mezo va mikroiqlim shakllanishida inson faoliyati muhim
ahamiyatga ega.
Tirik organizmlar va tog‗ jinslarining o‗zaro ta‘siri, parchalanishi
natijasida landshaft qatlami hosil bo‗ladi. Bu qatlam yer qobig‗ining ustki
qismi bo‗lib unda landshaft komponentlari-ning barcha ko‗rinishlari bir-
biri bilan bog‗liq bo‗ladi.
Landshaftning tabiat komponentlari bilan o‗zaro ta‘siri natijasida,
landshaft oynasi (V.Dokuchaev) - qishloq va o‗rmon xo‗jaligi mahsulotlari
chiqarish vositasi shakillanadi.
O‗simlik va hayvonot dunyosi yer yuzida modda va energiyaning
aylanishi landshaft hosil bo‗lishida muhim ahamiyatga ega.
Biotsenoz yoki ekotizim landshaftning organik qismi bo‗lib uning
tashqi ko‗rinishini belgilaydi. Landshaftdagi hayot biologik modda
almashinuvi natijasida hosil bo‗ladi. Ya‘ni fotosintez jarayonida tirik
organizmlar oddiy brikmalarga parchalanadi (SO
2
, suv). O‗simlik va
hayvonlar tomonidan iste‘mol qilinadi va qaytadan murakkab organik
brikmalar hosil qiladi. Bu jarayonning jadalligi landshaft hosil qiluvchi
komponentlarning o‗zaro ta‘siriga bog‗liq bo‗ladi.
Umuman biotsenoz tabiiy landshaftning o‗zini-o‗zi boshqaruvchi
qismi bo‗lib, o‗simlik va hayvonot dunyosi orasidagi munosabat nisbatan
bir xil darajada saqlanib turadi.
Landshaft zahiralaridan foydalanishni rejalashtirilganda tabiatda
sodir bo‗ladigan biogeoximik jarayonlarni asosiy ko‗rsatkichlari va
yo‗nalishini inobatga olgan holda tabiat-landshaft tizimidagi tenglikni
inson ta‘siri natijasida buzilmasligiga erishish nazarda tutilishi kerak.
|