• Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
  • Termodinamikaning birinchi qonuni




    Download 255.96 Kb.
    bet1/11
    Sana09.01.2024
    Hajmi255.96 Kb.
    #133130
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI
    4-маъруза ХФХ, YERNING TORTISHISH KUCHI, Amonashvili Shalva Aleksandrovichning shaxsiy-insonparvarlik yon-fayllar.org, УХОД ЗА БОЛЬНИМИ С ПИЩЕВАРЕНИЯ, Пирназарова Насиба Баймановна, IQTISODIYOTDA MATEMATIK MODELLARDAN FOYDALANISHGA DOIR MASALALAR, TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI.KARATEODORI PRINSIPI VA KARNO SIKLI.

    TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI



    MUNDARIJA:
    Kirish
    I bob.Termodinamikaning birinchi qonuni.

      1. Gaz hajmining о’zgarishida bajarilgan ish.

      2. Ichki energiya.

    II bob.Izojarayonlarda bajarilgan ish.

      1. Ideal gazning issiqlik sig’imi.

      2. Puasson tenglamasi.

      3. Adiabatik jarayonda bajarilgan ish.

    III bob. Termodinamika birinchi qonunining tenglamasi
    3.1. Termodinamika birinchi qonunining tenglamasi
    3.2 Entalpiya
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish
    Har qanday jismda molekula va atomlar to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Ularning kinetik enegiyalari yig’indisi jismning issiqlik energiyasini tashkil etadi. Molekulalardagi yoki jismning kristall panjarasidagi o’zaro ta‘sirlashuv potentsial energiyasi uning kimyoviy energiya zapasidir. Umuman, sodda qilib aytganda, kinetik energiya – jismning harakatdagi ish bajarish energiyasi, deyish mumkin. Energiyaning bu ikki turi – kinetikaviy va potentsial energiya bir – biriga o’tib turishi mumkin. Masalan, biror jism yuqoriga ko’tarilganda uning kinetikaviy energiyasi kamayib, potentsial energiyasi ortadi. Bunda yerning tortish kuchiga qarshi ish bajarilgan sari, kinetikaviy energiya potentsial energiyaga aylana boradi.
    Biz kundalik turmushda doim bir turdagi energiyaning boshqa turdagi enegiyaga aylanishiga duch kelamiz. Masalan, metall parmalanganda parma qiziydi – mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi, elektr oqimi motorni haraqatga keltiradi. – elektr energiyasi mexanikaviy enegiyaga aylanadi va hokazolar. Ammo, bunday o’zgarishlarda, bir turdagi energiyaning qancha miqdori ikkinchi turdagi energiyaga aylanganini bila olmaymiz. Buni bilishda bizga termodinamika yordam beradi.
    Termodinamika turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga va sistemaning bir qismidan ikkinchi qismiga o’tishini, shuningdek, berilgan sharoitda jarayonlarning o’z – o’zicha borish yo’nalishi va chegarasini o’rganadigan fandir.
    Termodinamikaviy sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi termodinamikada protsess yoki jarayon deyiladi. Termodinamika yunoncha «termi» va «dinamis», ya‘ni «issiqlik» va «ish» so’zlaridan olingan bo’lib, issiqlik va ishning bir – biriga aylanishi haqidagi fandir.
    Demak, biz termodinamikani o’rganish uchun issiqlik va ishning o’zi nima ekanligini bilib olmog’imiz kerak.


    Download 255.96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 255.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termodinamikaning birinchi qonuni

    Download 255.96 Kb.