|
II bob Izoprosesslarda bajarilgan ish
|
bet | 4/11 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 255,96 Kb. | | #133130 |
Bog'liq TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI
Termodinamikaning birinchi bosh qonuni ifodalaydiganQ dU A munosabat ideal gazdagi turli izoprosesslar uchun qanday ko‘rinishga kelishini aniqlaylik.
1. Izobarik prosess. Mazkur prosessda ideal gaz bosimi o‘zgarmay saqlangan holda (p=const) kengayadi. Sistemaga berilayotgan issiqlik miqdori sistemaning ichki energiyasini o‘zgartirishga va o‘zgarmas bosim sharoitida ish bajarishga sarf etiladi.
Izobarik prosessning (pV) diagrammadagi grafigi abstsissa o‘qiga parallel to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi (12.3-rasm). Gaz hajmining V1 dan V2 gacha izobarik kengayishida bajariladigan ishning qiymati rasmdagi shtrixlangan to‘g‘ri to‘rt burchakning yuzi bilan aniqlanadi, ya’ni:
A pV2 V1 (12.7)
Ideal gazga berilayotgan issiqlik miqdori Q ning qolgan qismi, ichki energiyaning o‘zgarishi
U ga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun termodinamikaning bosh tenglamasini qoyidagicha o‘zgartirib yozamiz:
12.3–rasm. 12.4–rasm. 12.5–rasm.
Q U AU2 U1 p(V2 V1) (U2 pV2 )(U1 pV1). (12.8)
Bundagi
H U pV (12.9)
kattalik holat funktsiyasi bo‘lib, u entalpiya de6 ataladi. Shunday qilib, izobarik prosessda sistemaga berillayotgan issiqlik miqdori sistema entalpiyasining o‘zgarishiga sarflanar ekan, ya’ni:
Q H 2 H1 (12.10)
Shu sababli H ni, ba’zan, issiqlik saqlam deb ham ataladi.
2.Izohorak prosess. Bu prosess sodir bo‘layotganda ideal gazning hajmi o‘zgarmaydi (V=const), bosimi esa o‘zgaradi. Shu sababli izohorik prosessning (r V) diagrammadagi grafigi ordinata o‘qi (r o‘qi) ga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqdan iborat (12.4-rasm). Y holda ihki energiyaning o‘zgarishi berilgan issiqlik miqdoriga teng:
U Q (12.11)
Agar gaz isitilayotgan bo‘lsa, Q>0 va U >0 bo‘ladi, gazning ichki energiyasi ortadi. Gaz soviyotganda Q<0 va U = U2 – U1< Q ichki energiyaning o‘zgarishi manfiy, demak, gazning ichki energiyasi kamayadi. Demak, izohorik prosessda ideal gazga beriladigan issiqlik miqdorining hammasi gazning ichki energnyasini o‘zgaptirishga sarflanadi.
0>
|
| |