|
I bob.Termodinamikaning birinchi qonuni
|
bet | 2/11 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 255,96 Kb. | | #133130 |
Bog'liq TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNII bob.Termodinamikaning birinchi qonuni.
Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (perpetuum mobile) yasash mumkin emasligini isbotladi. Ko‘rinib turibdiki, berilidigan issiqlik miqdori evaziga ish bajaradi va sistema davriy ravishda o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytib turadi, ya’ni: U 0 bu degani tenglama Q A ko‘rinishni oladi. Bunday holda dvigvtelning bajargan ishi unga berilayotgan issiqlik miqdoridan katta bo‘lishi kerak, ammo bunday bo‘lishi aslo mumkin emas. Shunday qilib aytish mumkinki, berilgan issiqlik miqdoridan katta miqdorda ish bajaruvchi abadiy dvigatel yasash mumkin emas.
1.2 Gaz hajmining o’zgarishida bajarilgan ish
Mexanikada ish va kuch bilan jism ko‘chishining yo‘nalishi orasidagi burchak kosinusi ko‘paytmasiga teng deb ta’riflanadi. Harakatlanayotgan jismga kuch ta’sir etganda ish bajariladi va bu ish jismning kinetik energiyasining o‘zgarishiga teng.Termodinamikada gaz hajmining o‘zgarishida ish bajariladi. Bu termodinamik ish deyiladi. Shu ishni quyidagi misol ustida hisoblab chiqaylik. Tsilindirik idish ichiga gaz qamalgan bo‘lsin. Yengil harakatlanayotgan porshenning siljishi tufayli gazning hajmi o‘zgarib, ish bajariladi. Porshenning harakati natijasida tsilindr ichidagi gazning hajmi o‘zgarib, kengayishi yoki siqilishi mumkin. Bunday holda ish bajariladi. Shu ishni hisoblaylik. Bunda porshenga gaz tomonidan ta’sir qiladigan kuchning moduli F 1 pS ga teng, bu yerda -gaz bosimi, Sporshen yuzi. Gaz kengayayotganda porshen F kuch yo‘nalishida juda kichik h h2 h1 masofaga siljisin unda gazning kengayish jarayonida bajargan elementar ishi quyidagicha bo‘ladi:
A' F'h pSh2 h1 pSh2 Sh1
Agar gaz hajmining Sh V qadar ortganligini hisobga olsak elementar ish quyidagi ko‘rinishni oladi:
A' pV2 V1 pV
bu yerda V V2 V1 gaz hajmining o‘zgarishi.Kengayganda gaz musbat ish bajarada, chunki kuch yo‘nalishi bilan porshenning ko‘chish yo‘nalishi bir xil. Kengayish jarayonida gaz o‘z atrofidagi jismlarga energiya uzatadi.Agar gaz siqilsa, u holda gaz bajargan ish uchun
(12.3) formula to‘g‘riligicha qolaveradi. Biroq gaz siqilganda V2 V1 bo‘ladi va shuning uchun A'0.
Tashqi jismlarning gaz ustida bajargan ishi A gaz bajargan ish A' dan faqat ishorasi bilan farq qiladi: A A' chunki gazga ta’sir etuvchi F kuch F' kuchga qarshi yo‘naladi, ko‘chish esa avvaligicha bo‘laveradi. Shuning uchun gazga ta’sir etuvchi tashqi kuchlarning ishi quyidagiga teng:
1- rasm 2- rasm
A A' pV
Gaz siqilganda, ya’ni V V2 V1 0 bo‘lganda tashqi kuch musbat ish bajaradi chunki kuchning yo‘nalishi bilan ko‘chish yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Tashqi jismlar gaz ustida musbat ish bajarib, gazga energiya beradi. Gaz kengayganda, aksincha, tashqi jismlar bajargan ish manfiy (A<0), chunki bu holda V V2 V1 0. Endi kuch va ko‘chish yo‘nalishlari qarama-qarshidir.
|
| |