Umumiy tabiiy geografiya




Download 1,98 Mb.
bet16/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86

Quyosh va Yer aloqalari


Quyosh va Yer aloqalari deb Quyoshdagi dog’larning o’zgarishiga Yerning aks ta’siriga aytiladi.
Quyosh va Yer aloqalarining energetik asosi bo’lib Quyosh radiatsiyasi va Quyosh shamoli hisoblanadi. Yerga keladigan Quyosh radiatsiyasining miqdori kam o’zgaradi, shuning uchun u doimiy hisoblanadi. Ammo mazkur radiatsiya Quyoshdagi o’zgarishlar tufayli sifat jihatdan o’zgarib turadi. Ularning sifat jihatdan o’zgarishi Quyoshdagi dog’larni paydo bo’lishi yoki g’oyib bo’lishi bilan bog’liq.
Quyosh faoligi o’zgarishining davriyligi isbotlangan. Hozirgi paytda quyosh faolligini o’zgarishining 11 – yillik, 90 – yillik davriyligi aniqlangan. Quyosh faolligi Volьf soni bilan o’lchanadi.
Yer Quyosh atrofida aylanish davomida yo’lda uchragan zarralarni tortib oladi, mazkur zarralar Yerga tushib uning og’irligini yiligi 10 mln. tonnaga ortishiga sabab bo’ladi.
Quyosh faolligini o’zgarishining 11 – yillik davri bilan zilzilalar, ko’llar sathini tebranishi, qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi, hashoratlarning soni, yuqumli kasalliklarning tarqalish va qaytarilish davrlari, aholining o’lim darajasi chambarchas bog’langanligi ma’lum. Ammo mazkur aloqalarning sabablari hali o’rganilmagan.

Magnitosfera
Magitosfera – Yerning eng tashqarisidagi va eng qalin qobig’idir. Magnitosfera Yer atrofidagi fazoning bir qismidir. Yer katta magnitdan iborat. Yerning magnit maydoni unda yadroning mavjudligi, yerning aylanishi va yadroning ichki qismida moddalarning harakatlanishi tufayli vujudga keladi. Bu harakatlar juda katta elektr tokini hosil qiladi va mazkur toklar magnit maydonini, ya’ni magnit kuchlari namoyon bo’ladigan makonning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Yer yadrosida ruy beradigan jarayonlar bir xil magnitlangan maydonni, ya’ni o’zgarmas maydonni ketirib chiqaradi. Bu maydon yer Yuzasidan 80 – 90 ming. km masofaga tarkaladi.
Yerning magnit maydoni doimo Quyoshdan kelayotgan zaryadlangan zarralar oqimi – Quyosh shamoli bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Quyosh shamoli proton va elektronlardan iborat. Quyosh shamolining magnitosfera bilan to’qnashishi natijasida urilish to’lqini hosil bo’ladi. Urilish to’lqinining ichida radiasion mintaqalar joylashadi. Mazkur radiasion mintaqalarda zaryadlangan zarralar spiralsimon (o’ramasimon) traektoriyada magnig kuchlari yo’nalishiga tomon harakatlanadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari bilan mazkur zaryadlangan zarralarning o’zaro ta’siri natijasida qutb yog’dusi hosil bo’ladi
agnit maydonining tuzilishi geografik kengliklarga qarab o’zgarib turadi. Har bir yarim sharda uchta kenglik zonasi ajratiladi:

  • ekvatorial zona (250 sh.k. – 250j.k.) Bu zonada kuchlangan magnit liniyalari yer yuzasiga parallel xarakatlanadi. SHuning uchun atmosferaning yuqori qismlariga zaryadlangan zarralar kam kirib keladi;

  • mo’’tadil kengliklar zonasi (300 sh.k. va 550 j.k.) Bu zonada yerda zaryadlangan zarralar oqimining sur’ati kuchayib boradi. Qutblar tomon magnit maydonining o’tkazuvchanligi ortib boradi;

  • qutbiy oblastlar zonasi. Bu zonada kuchlangan magnit liniyasi yer yuzasiga tikroq yo’nalgan va voronkasimon shaklga ega. Mazkur voronka orqali Quyosh shamoli magnitosfera so’ngra atmosferaga kirib keladi. Zaryadlangan zarralarni atmosfera bilan o’zaro ta’siri natijasida qutb yog’dusi sodir bo’ladi.

Yer yuzasining har bir nuqtasida kompasning magnit strelkasi kuchlangan magnit liniyalariga parallel joylashadi. Magnit maydonining o’lchamlari quyidagilardan iborat:
-magnit meridiani bilan geografik meridian orasidagi burchak magnit og’ishi deyiladi. Kompasdagi magnitlangan strelkaning bir uchi albatta shimolga, ikkinchi uchi esa janubga qaragan bo’ladi. Strelkaning bu holati magnit meridianining yo’nalishini ko’rsatadi. Ammo magnit meridianining yo’nalishi geografik meridian yo’nalishiga to’g’ri kelmaydi va undan g’arbga yoki sharqqa buriladi, ular orasidagi burchak ba’zan ancha katta bo’ladi, agar magnit strelkasi sharqqa og’sa magnit og’ishi musbat, g’arbga og’sa manfiy bo’ladi;
-magnit enkayishi deb, tekis yuza bilan tik aylanuvchi magnit strelkasi oralig’idagi burchakka aytiladi. Magnit enkayishi bir xil bo’lgan chiziqlar izoklinlar deyiladi. Enkayish magnit qutblari bilan ekvator oralig’ida 900 dan 00 gacha o’zgaradi. Bu o’zgarish miqdori shimoliy yarim sharda «q» alomati, janubiy yarim sharda «-« belgisi bilan belgilanadi;
-magnit ekvatori – magnitli strelka gorizontal holatda turadigan chiziqqa aytiladi. Ikkala qutbdan barobar uzoqlikda strelka gorizontal holatni oladi. Magnit ekvatori geografik ekvatorga mos kelmaydi. U Afrika bilan Osiyoda geografik ekvatordan shimolroqda, Amerikada esa janubroqda joylashgan. Magnit ekvatorida enkayish 00, qutblarda esa 900 ga teng. Magnit ekvatori geografik ekvatorni 1690sh.k. va 230 g’.u. da kesib o’tadi;
-magnit meridiani – magnit strelkasi joylashgan katta aylana yuzasiga aytiladi;
-magnit qutblari – magnit strelkasi tik holatda turadigan joylarga aytiladi. Yer yuzasida va quyi atmosferada Yer magnit maydonining yer po’sti va uning magnit massalari bilan bog’liq bo’lgan har xil qismi namoyon bo’ladi. Bu maydonning qutblari magnit qutblari deb ataladi. Magnit qutblarning o’rni yil sayin o’zgarib turadi. Hozirgi vaqtda shimoliy magnit qutbi Kanadada Butiya yarim orolidan sharqroqda (740sh.k. 920g’.u.), janubiy magnit qutbi esa Antarktidada (690j.k. 1440g’.u.) joylashgan. Yerning magnit qutblari doimo o’zgarib turadi. Masalan shimoliy magnit qutbi 1950 yili 72 sh.k. 960g’.u., janubiy magnit qutbi 700j.k., 1500g’.u.. 1970 yili esa 750421sh.k. 1010301g’.u. va 650301j.k. 1400181g’.u. joylashgan.



Download 1,98 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86




Download 1,98 Mb.