Fazoning Yerga ta’siri. Quyosh va Yer aloqalari




Download 1,98 Mb.
bet15/86
Sana14.01.2024
Hajmi1,98 Mb.
#137276
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Fazoning Yerga ta’siri. Quyosh va Yer aloqalari
Yer osmon jismlaridan biri bo’lganligi tufayli, ulardan juda uzoqda bo’lishiga qaramasdan Koinot Yerga doimo ta’sir etib turadi. Koinotning Yerga ta’siri quyidagilardan iborat .
1. Quyosh bilan Yer orasidagi masofa Yer uchun eng muhim issiqlik ko’rsatkichi bo’lgan Quyosh radiatsiyasining miqdorini aniqlab beradi. Yerga Quyosh taratayotgan issiqlikning ikki milliarddan bir qismi yetib keladi. Bu miqdor esa Yer uchun xos bo’lgan termodinamik sharoitni ta’minlaydi. Quyoshdan Yerga keladigan nur issiqligi Yer yuzasidagi issiqlikning asosiy manbai bo’lib, quruqlikda, okeanlarda, atmosfera hamda tirik mavjudotlarda ro’y beradigan juda ko’p jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchdir.
2. Yerning Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida joylashgan o’rni Yerdagi moddalar zichligini aniqlab beradi, uning o’lchamlari esa, uning massasini aniqlab beradi. Yerdagi moddalarning o’rtacha zichligi 5,5 gg’sm3, hajmi 1,0834 – 1021m3, massasi (og’irligi) 5,976 ∙ 1024 kg. Yerning bunday og’irligi atmosferani ushlab turishga qodirdir.
Dengiz qalqishini hosil qiluvchi kuch Yer meridional kesimining tortishi va markazdan qochma kuchlari natijasi ekanligi va suv ko’tarilishi elipsoidi. (SHubaev L.P., 1975y)
1-markazdan qochma kuch, 2-Oy tortilishi, 3- suv qalqishini hosil qiluvchi kuch, Z-zenit, N-nadir, C-Er markazi
3. Yer yuzasidagi atmosfera bosimini mavjudligi suvni suyuq holda bo’lishiga imkon beradi, aks holda suv bug’lanib ketgan bo’lar edi. CHunki berilgan harorat va bosimga to’g’ri keladigan muvozanat buzilgan bo’lar edi.
4. Oy bilan Quyoshning tortishi tufayli Yer davriy ravishda deformasiyalanib (shakli o’zgarib) turadi. Natijada dunyo okeani, atmosfera va yer po’stida qalqish hodisalari sodir bo’lib turadi. Bundan tashqari Oy tortishi natijasida Yerning sutkalik harakati doimo sekinlashib boradi. Bu esa juda katta geografik ahamiyatga ega. Buning natijasida yerning sutkalik harakat tezligi qutbiy siqiqligi va Koriolis kuchi kamayadi. Natijada atmosfera havosi va okean suvlari harakatlari o’zgaradi, oqibatda iqlim ham o’zgaradi. Yerning sutkalik harakatining sekinlashishi natijasida sutkaning uzunligi 1mlrd. yilda 6 soatga ortadi.
5. Yerda ma’lum bir doimiy termodinamik sharoitni ushlab turishda atmosfera va okeaning ahamiyati juda katta. Atmosfera Quyoshdan kelayotgan Yer uchun zararli bo’lgan elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. Okean esa juda katta issiqlik manbaidir. Doimiy termodinamik sharoitni ushlab turishda yer orbitasining aylanasimon shakli ham katta ahamiyatga ega, shu tufayli Yerga keladigan issiqlikning miqdori o’zgarmaydi, ya’ni doimiydir.
6. Yerning og’irligi Yerga tushib turadigan meteoritlar hisobiga muntazam ravishda ortib boradi. Ayni vaqtda Yer atmosferasining tashqi baland qatlamlaridan fazoga doimiy ravishda turli xil gaz zarralari uchib ketib turadi.
7. Quyoshdan yerga issiqlikdan tashqari, elektr zaryadli juda ko’p turli tuman zarralar ham kelib turadi. Koinotning uzoq qismidan Yer atmosferasining yuqori qatlamariga ko’rinmas va juda yuksak energiyaga ega bo’lgan kosmik nurlar kelib turadi (asosan vodorod atomining yadrolari). Yerdagi ko’p hodisalar – qutb yog’dusi, magnit bo’ronlari, havoning ionlashishi, atmosferadagi ba’zi gazlarning molekula holatidan atom holatiga o’tishi va boshqalar – Yer atmosferasiga koinotdan kirib keladigan zarralar va nurlar ta’sirida vujudga keladi.


Download 1,98 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Download 1,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fazoning Yerga ta’siri. Quyosh va Yer aloqalari

Download 1,98 Mb.