• TIBBIYOT GEOGRAFIYASI FANIDAN
  • Tibbiyot geografiyasi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti geografiya va tabiiy resurslar fakulteti iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi 70530402- geografiya




    Download 81.35 Kb.
    bet1/6
    Sana26.10.2022
    Hajmi81.35 Kb.
    #28225
      1   2   3   4   5   6

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA KAFEDRASI 70530402- GEOGRAFIYA (o’rganish obyekti bo’yicha) magistratura mutaxassisligi 1-kurs magistranti Amirova Nilufarning

    TIBBIYOT GEOGRAFIYASI FANIDAN

    Tibbiyot geografiyasi va nozogeografiya mavzusida

    MUSTAQIL ISHI

    Qabul qildi: prof., Komilova N

    Tibbiyot geografiyasi va nozogeografiya

    Tibbiyot geografiyasi

    • Sotsial geografiyaning yangi yo‘nalishlari orasida aholi hayotining tibbiy-geografik jihatlari bilan chambarchas bog‘langan tibbiyot geografiyasi alohida o‘rin tutadi. Ushbu ilmiy yo‘nalishning shakllanishi va rivojlanishida g‘arb olimlarining tadqiqotlari va ayniqsa sobiq Ittifoq olimlarining ilmiy izlanishlari katta ahamiyat kasb etadi.
    • Tibbiyot geografiyasi geografiyasi o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra qirraviy xarakterga ega bo‘lib, geografiya hamda tibbiyot fanlari oralig‘ida vujudga kelgan fandir. Uning shakllanishi va rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning sotsiallashuvi (ijtimoiylashuvi) jarayonlari yanada jadallashdi. Bularning natijasi o‘laroq, tibbiyot geografiyasi zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy (sotsial) geografiyaning sotsial qanotidan o‘rin olib, uni yanada rivojlantirdi.
    • Ko‘pchilik olimlar tibbiyot geografiyasini mustaqil fan tarmog‘i sifatida vujudga kelishi vaqtini XIX asrning o‘rtalari deb xisoblaydilar. SHu davrdan boshlab, to hozirga qadar tibbiyot geografiyasining tadqiqot ob’ekti va predmeti borasida olimlar tomonidan turli tuman fikrlar bildirildi va shunday qilib, mazkur fanning predmeti muttasil takomillashib bordi.

    Tibbiyot geografiyasi

    • Tibbiyot geografiyasining ob’ekti ko‘p qirrali va murakkab bo‘lishi bilan birga, u o‘z ichiga aholining salomatlik holati va uni o‘zgarishlarini, kasalliklar hamda sog‘liqni saqlash sohasini qamrab oladi.
    • Tibbiyot geografiyasining ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan ta’rifini A.A.Keller quyidagicha ifodalaydi: «Tibbiyot geografiyasi, geografik muxitning . kompleks tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy omillarini aholining salomatlik holatiga, inson kasalliklarining vujudga kelishi va tarqalishiga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganadi»1.
    • Tibbiyot geografiyasining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalari juda keng va xilma-xildir. U avvalo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning aholi geografiyasi bilan chambarchas bog‘langan, so‘ngra demografiya, sotsiologiya, kartografiya, mamlakatshunoslik, etnografiya, sotsial statistika, landshaftshunoslik, iqlimshunoslik, ekologiya, biogeografiya, sotsial ekologiya, epidemiologiya, parazitologiya, sotsial gigiena va sog‘liqni saqlashni tashkil etish, kurortologiya, zoogeografiya kabi fanlar bilan mustahkam aloqalarga ega.

    Download 81.35 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 81.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti geografiya va tabiiy resurslar fakulteti iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi 70530402- geografiya

    Download 81.35 Kb.