• MA’LUMOTLAR BAZASI FANIDAN 2-MUSTAQIL ISHI Bajardi: Amirova G Qabul qildi: Toʻrayev M
  • 2-mustaqil ishi bajardi: Amirova g qabul qildi: Toʻrayev M




    Download 148.14 Kb.
    Sana10.11.2023
    Hajmi148.14 Kb.
    #96947
    Bog'liq
    m.b. 2 mus ish
    testlar, informatika 9-10-11 sinf test (2), S164-22 ESTJ (TT) Sulaymonov Muhammad Ravshan o\'g\'li, 1060-XII 06.05.1994, Windows operatsion tizimlari, elektron-hisoblash-mashinalari-va-tarmoqlari, АТ topshiriqlar1-sem (1), 8-sinf mavzulashtirilgan testlar(2), 4436-Article Text-10797-1-10-20211217, d, 7-lab, 14 lab, 2-laboratoriya ishi 1-vazifa, ARNASOY TUMAN 8- MAKTAB YASHIL MAYDON XARITASI, talim tog\'risidagi qonun 23.09.2020

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
    VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI


    KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
    KI 19-21 GURUH TALABASINING


    MA’LUMOTLAR BAZASI FANIDAN

    2-MUSTAQIL ISHI
    Bajardi: Amirova G
    Qabul qildi: Toʻrayev M.

    Mavzu: Amaliyotda ma’lumotlar bazasini qurishda ma’lumotlarning relyatsion modeli


    Reja:
    1.MMB konseptual va mantiqiy loyihasiga relyatsion yondashuv
    2.Relyatsion algebra
    3. Xulosa
    MMB konseptual va mantiqiy loyihasiga relyatsion yondoshuv
    Relyatsion ma’lumotlar bazasi nazariyasi 70- yillar boshida munosabatlarning matematik nazariyasi asosida Kodd tomonidan ishlab chiqilgan. Relyatsion ma’lumotlar bazasida barcha ma’lumotlar jadval ko‘rinishida saqlanadi, bunda barcha amallar jadvallar bilan ishlashga keltiriladi. Bu nazariyada asosiy tushunchalar jadval, munosabat, misra, ustun, kalitlardan iborat. Xar qanday ma’lumotlar bazasining asosi jadvallardir. Jadval misralar va ustunlardan tashkil topadi va ma’lumotlar bazasida noyob nomga ega. Ma’lumotlar bazasi, ular oralaridagi bog‘lanish mos keluvchi ustma-ust tushuvchi) maydonlar yordamida o‘rnatiladigan, sanoqsiz jadvallardan tuzilgan. Jadvallarning xar birida qandaydir biror bir tur (gurux) ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot bor.

    Relyatsion model


    Ma’lumotlarning relyatsion modeli 1970 yil IBM firmasining xodimi Edgar Kodd tomonidan taklif etilgan. Relyatsion ma’lumotlar bazasining asosiy g‘oyasi ma’lumotlar bazasi strukturasini soddalashtirishga qaratilgan. Unda ierarxik modeldagi kabi avlod va ajdodlarga yaqqol ko‘rsatgichlar yo‘q, barcha ma’lumotlar star va ustunlarga bo‘lingan oddiy jadvallarda tasvirlanadi. Relyatsion modeldagi asosiy tushuncha “munosabat” (relation) xisoblanadi..
    Relyatsion modelda o‘ziga xos atamalar ishlatiladi, biroq bu model moxiyatini o‘zgartirmaydi. Masalan, mantiqiy darajada element atribut deb ataladi. Bundan tashqari u uchun “kolonka”, “ustun” va “maydon” atamalari ham ishlatiladi. Atributlar to‘plami kortejni (qator, yozuv, satr) xosil qiladi. Kortejlar to‘plami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) xosil qiladi.
    Relyatsion modelda fayllar o‘rtasidagi bog‘lanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bog‘lanishlar ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari bo‘yicha o‘rnatiladi. Relyatsion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega.
    Har bir munosabat kalitga, ya’ni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga (oddiy kalit) yoki atributlar to‘plamiga (tarkibiy kalit) ega.
    Qaralayotgan munosabatda kalit bo‘lmagan atribut yoki atributlar guruxi boshqa munosabatda kalit bo‘lsa , bu atribut yoki atributlar guruxi tashqi kalit deb ataladi.
    Agar biror jadval tashqi kalitga ega bo‘lsau xolda u: a) mos birlamchi kalitga ega bo‘lgan jadval bilan mantiqan bog‘langan; b) bu bog‘lanish birga ko‘p xarakterga bo‘ladi.
    Shunday qilib relyatsion model 1969 – 70 yillarda Kodd tomonidan munosabatlarning matematik nazariyasi asosida yaratilgan bo‘lib, quyidagi asosiy tushunchalarga asoslanadi jadval, munosabat, satr, ustun, birlamchi kalit, tashqi kalit.
    Ma’lumotlarning shunday modeliga relyatsion model deyiladi, unda barcha ma’lumotlar foydalanuvchiga jadval shaklida xavola etiladi va ma’lumotlar bazasi ustidagi barcha amallar jadvalllar ustiga amallarga olib kelinadi. Har bir jadval ma’lumotlar bazasi tarkibida o‘z nomiga ega bo‘ladi, hamda satr va ustunlardan iborat bo‘ladi. Har bir jadval real dunyodagi ob’ektlar (mohiyat) tipini aks ettiradi, har bir satri esa ob’ektning konkret nusxasini bildiradi. Relyatsion modelning har bir tushunchasini “Xodim” – mohiyati (ob’ekti) misolida ko‘rib chiqamiz:
    Har bir ustun o‘z nomiga ega bo‘ladi va ustun nomi odatda jadvalning ustki qismida ko‘rsatiladi. Uning nomi joriy jadvalda boshqa ustun uchun takrorlanmasligi kerak, biroq bu nom boshqa jadvalning ustun nomi sifatida ishlatilishi mumkin. Ya’ni turli jadvallar bir xil nomli ustunga ega bo‘lishi mumkin.
    Ixtiyoriy jadval kamida bitta ustunga ega bo‘ladi; ustunlar jadvalda ularni yaratish tartibida joylashadi. Satrlar ustunlardan (atributlar) farqli ravishda nomga va joylashish tartibiga ega emas. Ularning miqdori chegaralanmagan.
    Ixtiyoriy jadval shunday ustunga yoki ustunlarga (kalitga) ega bo‘ladi, undagi qiymatlar har bir satrni takrorlanmas qiymat bilan identifikatsiyalaydi. Rasmda keltirilgan misolda kalit bu “tabel nomeri” ustunidir.
    Atributlar qiymati eng kichik axborot birligi – domen yordamida ko‘rsatiladi. Boshqacha aytganda domen – bu ob’ekt atributining mumkin bo‘lgan barcha qiymatlar to‘plamidir. Yana ikkita tushunchani ko‘rib o‘tamiz. Bu “daraja” va “Kardinal son” tushunchalari. Munosabatlarning kardinal soni deganda kortejlar soni tushuniladi, munosabat darajasi – bu joriy munosabatning atributlar sonidir.
    MB da ma’lumotlar bilan birga ma’lumotlar lug‘ati va boshqa ob’ektlar, masalan, ekran formalari, xisobotlar, tasvirlovchi formalar va amaliy dasturlar joylashadi.
    Relyatsion MB ni butunlik cheklanishi ba’zi talablarni, masalan, atribut qiymati faqat mos domen ichidan olinishini, yoki tashqi kalit jadvaldagi mavjud bo‘lmagan satrni ko‘rsatmasligi kerak (ko‘rsatgich bo‘yicha yaxlitlik).
    “Munosabat” tushunchasini batafsil ko‘rib chiqamiz.
    Relyatsion modellarda o‘zgaruvchi munosabatlar va munosabat qiymatini farqlash kerak. O‘zgaruvchi munosabat – bu xuddi dasturlash tilidagi kabi oddiy o‘zgaruvchilar, ya’ni qiymati vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi nomlangan ob’ekt. Ushbu o‘zgaruvchining ixtiyoriy vaqt momentidagi qiymati munosabat qiymati xisoblanadi.

    Relyatsion algebraga


    Relyatsion algebra Kodd tomonidan aniqlangan ikkita guruxga bo‘lingan 8 ta operatordan iborat.
    Birinchi guruxga to‘plar ustida bajariluvchi an’anaviy amallar kiradi: birlashtirish (U), kesishma (∩), ayirish (–) va dekart ko‘paytirish (*). Bunda barcha amallarda operandlar ixtiyoriy to‘plam deb emas, balki munosabatlar deb qaraladi.
    Ikkinchi gurux maxsus relyatsion amallarni tashkil etadi: tanlash, proeksiya, birlashtirish va bo‘lish.
    Jadval ustidagi har amal natijasi jadvaldan iborat bo‘ladi. Ushbu relyatsion xususiyat yopiqlik xossasi deb ataladi.
    Biror amal natijasi boshqa amal uchun boshlang‘ich ma’lumot sifatida qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun, masalan, birlashtirish proeksiyasini olish, yoki ikkita tanlanma ulnmasini olish mumkin. Bunday ifodalar murakkab xisoblanadi.

    Har bir munosabat sarlavxaga, tanasiga, kalitlar potensialiga (zaxirasiga) ega bo‘ladi. Relyatsion amallarni bajarishda atribut nomlarini yaratilishi va potensial kalitlar o‘zgarishiga e’tibor qilish kerak.


    Standart relyatsion amallar

    Jadvallar ustida amallar bajarilishini batafsil ko‘rib o‘tamiz.


    Birlashtirish (union), kesishma (intersect) va ayirish (minus) amallari uchun quyidagi 2 ta xossa qanoatlantirilishi kerak:
    − operandlar bir xil darajaga ega bo‘lishi kerak;
    − mos atributlar bitta domenda aniqlanishi kerak..
    Ko‘paytirish amali bu shartni bajarilishi talab etmaydi.
    Bog‘lanish turlari va xususiyatlari: Atributlar va kalitlar
    Ma’lumotlar bazasida jadvallar orasida munosabatlar o‘rnatiladi. Jadvallar orasidagi munosabatlarning to‘rtta turi mavjud: bir-birga, bir-ko‘pga, ko‘p-birga, ko‘p-ko‘pga.
    Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash masalalariga o‘tishdan avval mumkin bo‘lgan munosabatlar turining xar biriga batafsilroq to‘xtaymiz.
    Bir-birga munosabatning ma’nosi shuki bitta jadvalning xar bir yozuvi boshqa jadvaldagi faqat bitta yozuviga to‘g‘ri keladi (mos keladi). Misol uchun, agar ikkita jadvalni ko‘radigan bo‘lsak, ulardan birida korxona ishchilari to‘g‘risida ma’lumotlar, ikkinchisida esa-professional ma’lumotlar bo‘lsa, u holda bu jadvallar orasida bir-birga munosabat mavjud, chunki bitta jadvalda ma’lumoti bo‘lgan odam uchun prfessional ma’lumotlari bo‘lgan ikkinchi jadvalda faqat bitta yozuv bo‘lishi mumkin.
    Hammadan ko‘p uchraydigan ma’lumotlar bazasidagi munosabatlar turi bu bir-ko‘pga munosabat. Berilgan munosabatlar turini ko‘rsatish uchun, korxona mijozlari va ular bergan buyurtmalar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan jadvallarga murojaat qilishimiz mumkin. Boshqa misollar sifatida korxona va unda ishlaydigan mexnatkashlar orasidagi munosabatlar ko‘rilishi mumkin. Huddi shunday munosabatlar kompyuter va unga kiruvchi komponentlar orasida mavjud va x.k.
    Ko‘p-birga munosabat avval ko‘rilgan tur bir-ko‘pga munosabat bilan o‘xshash. Ob’ektlar orasidagi munosabatlar turi sizning nuqtai nazaringizga bog‘liq. Misol, agar siz qilingan buyurtmalar va mijozlar orasidagi munosabatlarni ko‘rsangiz, u holda ko‘p-birga munosabat olasiz.
    Ikkita jadvallar orasida ko‘p-ko‘pga munosabat hosil bo‘ladi, qachonki:
    Birinchi jadvaldagi bitta yozuv ikkinchi jadvaldagi bittadan ortiqrok yozuv bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lsa;
    Ikkinchi jadvaldagi bitta yozuv birinchi jadvaldagi bittadan ortiqroq yozuv bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lsa.
    Misol uchun ulgurji savdo magaziniga murojaat qilamiz. Ikki gurux ob’ektlarni ko‘rib chiqamiz: yetkazib beruvchi (ta’minlovchi) korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar ro‘yxati va iste’molchilar buyurtma qilgan tovarlar ro‘yxati.
    Bu ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadvallar orasida ko‘p-ko‘pga munosabat mavjud, chunki har qaysi yetkazib berilayotgan maxsulotga bittadan ortiq buyurtma bo‘lishi mumkin. Huddi shunday, xar qaysi buyurtma qilingan maxsulot bittadan ortiq korxona tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin.

    Xulosa
    MB ni tashkil qilish, uni to’ldirish, nusxasini olish kabi vazifalarni bajarish uchun maxsus dastur ta'minoti bolishi lozim. Bunday dastur ta'minoti MB (yuqorida qayd qilganimizdеk) dеyiladi. Mazkur tizimlar bir vaqtning ozida bir nеcha foydalanuvchiga xizmat korsata oladi, ya'ni ma'lumotlardan bir vaqtda bir nеcha kishining foydalanishi mumkin



    ADABIYOTLAR

    1. И.С. Андреев, Х.К. Арипов, Ж.Т. Махсудов, Ш.Б. Рахматов. Полупроводниковые приборы многослойной структуры. Транзисторы и тиристоры. Част 1: Учебное пособие. — Т.: ТЭИС, 1994. 164 с.

    2. 2. И.С. Андреев, Х.К. Арипов, Ж.Т. Махсудов, Ш.Б. Рахматов. Полупроводниковые приборы многослойной структуры. Транзисторы и торы. Част 2: Учебное пособие. — Т.: ТЭИС, 1994. 98 с

    3. 3. Х.К. Арипов, Н.Б. Алимова, З.Е. Агабекова, Ж .Т Махсудов. Аналоговая и интегральная схемотехника. Т.: ТЭИС, 2000. 90 с.

    Download 148.14 Kb.




    Download 148.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mustaqil ishi bajardi: Amirova g qabul qildi: Toʻrayev M

    Download 148.14 Kb.