Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi




Download 19,48 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi19,48 Kb.
#101829
  1   2   3
Bog'liq
9 Mavzu Shortan gaz kimyo sanoati korxonasi obyektini organish


9-Mavzu: ,,Sho’rtan gaz-kimyo kompleksi’’MCHJ ob’ektini o’rganish va tahlil qilish.
Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi — Oʻzbekistondagi eng yirik gaz sanoati korxonalaridan biri. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi unitar shoʻba korxona. Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidagi Shoʻrtan shaharchasida joylashgan. 150 ga dan ortiq maydonni egallaydi. Mahalliy konlardan olinadigan gazni qayta ishlab, organik sintez, polietilen, yoqilgʻi gazi, suyultirilgan gaz, gaz kondensati, donador oltingugurt, polietilen tagliklar, polietilen plenkalar ishlab chiqaradi.Mamlakatning eng yirik soliq toʻlovchi 20 ta korxonasidan biri
Shoʻrtan GKM qurilishi 1998-yildan boshlangan. "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining mustaqillik yillarida amalga oshirgan eng yaxshi loyihalaridan va xalqaro hamkorlik mahsullaridan biridir. 2001-yilda ishga tushirildi. 2002-yil 15-avgustda birinchi polietilen olindi.
Majmua qurilishida AQShning "ABB Lummus Global", "Honeywell", Germaniyaning "Fisher", "Ermafa", Kanadaning "Nova Chemicals", Italiyaning "Renco", "ABB Soimi", Yaponiyaning "Mitsui", "Nisho Ivai", Fransiyaning "Upedex", Rossiyaning "Soyuzvneshtrans", VNIIGaz firma va kompaniyalari faol qatnashdi. Shuningdek, AQSH ning "Eksimbank", "Cheyz Manxetten Bank", Fransiyaning "Pariba", Germaniyaning "Kommersbank", Yaponiyaning "Eksimbank", "Germes" sugʻurta agentligi oʻz investitsiyalari bilan ishtirok etdi. Majmuaning texnologiya qismi gazni tozalash qurilmasi, polietilen granula (donacha)lari ishlab chiqaradigan zddan iborat.
Loyiha quvvatiga koʻra, majmua bir yilda 4,2 mlrd. m³gazni qayta ishlaydi, 125 ming t polietilen granulalari, 137 ming t suyultirilgan gaz, 103 ming t gaz kondensati, 4 ming t donador oltingugurt, shuningdek, 4,2 mlrd. m³tovar gaz (yoqilgʻi) ishlab chiqaradi. 2004-yilda 100 ming t polietilen, 85 ming t suyultirilgan gaz, 88 ming t gaz kondensati, 2,6 mlrd.m3tovar gaz, 100 t oltingugurt ishlab chiqarildi.
Majmua mahsulotining 60% dan ortigʻi xorij — Ukraina, Rossiya, Qozogʻiston, Boltiqboʻyi, Polsha, Vengriya, Avstriya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Xitoy va boshqalar mamlakatlarga eksport qilinadi.
Bu hududda gazning birinchi kashfiyoti 1953-yilda Amudaryo gaz-neft provinsiyasining shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan Setalantepa hududida amalga oshirilgan bo‘lib, bu atrofdagi hududlarda faol qidiruv ishlarini olib borish uchun qo‘shimcha turtki bo‘ldi. 1956-yilda havzadagi birinchi yirik kashfiyot gigant Gazli gaz konidir. Boshqalar, jumladan, Sho‘rtan gazi kashfiyoti asosan 1960—1970-yillarda amalga oshirilgan.
1970-yillardan boshlab Oʻzbekistonda yangi hududlarda prognoz qilinayotgan va murakkab geologik sharoitlari va vodorod sulfidili gazning ulkan zahiralari bilan ajralib turadigan konlarni oʻzlashtirishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Ular orasida Muborak va Sho'rtan konlari guruhlari bor.
1980-yillarda Sho‘rtan konida qo‘shimcha quduqlar ishga tushirildi, Sho‘rtan-Sirdaryo gaz quvuri qurildi. 1990-yillarning oxirigacha tabiiy gaz asosan Oʻzbekistondan eksport qilinar edi.

Download 19,48 Kb.
  1   2   3




Download 19,48 Kb.