• 1998-yil fevral
  • 2001-yil 21-dekabr
  • 2004-yil sentabr oyida
  • Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi




    Download 19,48 Kb.
    bet2/3
    Sana20.11.2023
    Hajmi19,48 Kb.
    #101829
    1   2   3
    Bog'liq
    9 Mavzu Shortan gaz kimyo sanoati korxonasi obyektini organish

    1996-yil 11-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ning "Polietilen mahsulotlari ishlab chiqaradigan Shoʻrtan gaz-kimyo majmui qurilishi toʻgʻrisida" gi 395-sonli Qarori qabul qilindi.
    1998-yil 13-iyun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ning "Oʻzbekneftgaz korporatsiyasi markasiy apparati tarkibida Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi qurilishi boshqarmasini tashkil etish toʻgʻrisida" gi 249-sonli Qarori qabul qilindi. Gʻuzorda majmua qurilishi boshlandi.
    1998-yil fevral "Oʻzbekneftgaz" MXK ABB Lummus Global (AQSh), ABB Soimi (Italiya), Mitsui & Co, Toyo Engineering, Nisho Iwai Corp (Yaponiya) kompaniyalaridan iborat konsorsium bilan Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining texnologik qismini "foydalanishga tayyor holgacha" qurilishini amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Loyihaning umumiy qiymati $500 mln. ni tashkil qiladi, bu mablagʻning taxminan yarmi xalqaro konsorsium ishtirokchilari tomonidan moliyalashtiriladi.
    2001-yil 21-dekabr Majmuaning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Marosimda oʻsha paytdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va yuqori darajadagi ishtirok etdi.
    2002-yil 30-iyul kuni majmuada spesifikatsiyasiga koʻra birinchi polimer etileni olindi. Loyihalash paytida majmua yiliga 140 ming tonna etilen ishlab chiqarishi rejalashtirilgan. 15-avgust kuni UzClear savdo belgisi ostidagi birinchi "oʻzbek" polietileni ishlab chiqarildi. Loyihalash paytida majmua yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.
    2004-yil sentabr oyida AQShda "Mahsulot sifati uchun" mukofoti, Shveysariya (Jeneva shahri) da "Ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va biznesda ajoyib koʻrsatkichi uchun" medali bilan taqdirlandi.
    2005-yil Shahrisabz tumani Miraki qishlogʻida "Lochin" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi ishga tushirildi. Oromgohda neft-gaz tizimida ishlovchi xodimlarning farzandlari xordiq chiqaradi. Shu yili TUV CERT (Germaniya) sertifikatlashtirish tashkiloti yordamida korxonada ISO 9001:2000 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etildi va sertifikat olindi.
    2006-yil Shoʻrtan GKM hisobidan Nishon tumani Nuriston shaharchasida "Erkatoy" bolalar bogʻchasi hamda 844 oʻrinli maktab qurib beildi. 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qarshitermoplast davlat korxonasini qayta tashkil etish toʻgʻrisida" gi PQ-406-sonli Qarori bilan "Qarshitermoplast" korxonasi majmua balansiga oʻtkazildi va kimyoviy jihatdan barqaror boʻlgan 0-40C gacha haroratdagi suyuq va gazsimon moddalarni uzatish uchun diametri 25 mm. dan 250 mm. gacha boʻlgan polietilen quvurlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

    Download 19,48 Kb.
    1   2   3




    Download 19,48 Kb.