|
-yil Dekabr oyida "Qarshitermoplast" korxonasida polietilen quvurlarni bogʻlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
2008-yil
|
bet | 3/3 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 19,48 Kb. | | #101829 |
Bog'liq 9 Mavzu Shortan gaz kimyo sanoati korxonasi obyektini organish2007-yil Dekabr oyida "Qarshitermoplast" korxonasida polietilen quvurlarni bogʻlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
2008-yil OHSAS 18001 kasbiy sogʻliq va xavfaizlikni boshqarish tizimiga muvofiq xalqaro standart talablariga javob beradigan kasbiy xavfaizlik va sogʻliq tizimi joriy etildi.
2009-yil Iyul oyida suvi tanqis boʻlgan hududlardagi xoʻjaliklar uchun tomchilatib sugʻorish tizimi butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan liniya ishga tushirildi.
2010-yil Navoiy EIZda Shoʻrtan GKMning "Polietilen quvurlari" shoʻba korxonasi tashkil etildi. Maay oyida polietilen quvurlar assortimenti 315 mm. dan 630 mm. gacha boʻlgan diametrdagi polietilen quvurlar ishlab chiqaruvchi ekstruzion liniyani ishga tushirish hisobiga kengaytirildi. Aprel oyida binolarning old qismini jihozlashga moʻljallangan alyumin kompozitli panellar ishlab chiqarishga moʻljallangan liniya ishga tushirildi.
2011-yil Dehqonobod tumani da makaron va pechenie mahsulotlari hamda energiya tejovchi chiroqlar (uchchalasi alohida-alohida joyda joylashgan) ishlab chiqarish sexi ochildi.
2012-yil ShGKM yordamchi xoʻjaligida parrandachilik fabrikasi ochildi.
2015-yil Majmua unitar shoʻba korxona (UShK) mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida qayta tashkil etildi. "Shoʻrtan GKM" MChJ qoshidagi Qarshitermoplast sexida "Polimer boʻyogʻi ishlab chiqarish" loyihasi amalga oshirildi.
2017-yil Navoiy EIZdagi "Polipropilen quvurlari" ShK negizida "Shishabazalt tola asosida polipropilen trubalar ishlab chiqarish" loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
Polietilen
Asosiy mahsulot — polietilenni ishlab chiqarish jarayoni — SCLAIRTECH polimerizasiyaning suyuq faza texnologiyasi yordamida, NOVA Chemicals Shimoliy Amerika kompaniyasi litsenziyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning asosiy afzalligi bu — quvurli va avtoklav turdagi reaktorlarning ketma-ket rejimidan foydalangan holda polietilenning fizik-kimyoviy va reologik ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish imkoniyati hisoblanadi. Bu esa bir ishlab chiqarish liniyasida turli turdagi liniyali polietilen ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Olingan polimer erituvchilardan, katalizatorlar qoldiqlaridan butunlay ajratiladi, mavjud bo‘lgan zararli moddalardan tozalanadi va erigan holda, tarkibida uchuvchi birikmalarning eng kam miqdori bilan asosiy ekstruderga tushadi. Barcha zarur bo‘lgan qo‘shimchalar, ularning yaxshi aralashishi va to‘liq bir turdagi bo‘lishini ta’minlash maqsadida suyuq yoki erigan holda qo‘shiladi. Ushbu texnologiya asosida ishlab chiqarilgan polietilen, oziq-ovqatlar va inson tanasi bilan aloqada bo‘ladigan har qanday salomatlik uchun zararsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida foydalanish mumkin.
Suyultirilgan gaz
Suyultirilgan gaz, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash natijasida asosiy tarkibiy qismi propan-butan aralashmasidan iborat boʻlgan mahsulot boʻlib hisoblanadi. Suyultirilgan gaz aholining kommunal ehtiyojlariga va avtomobillarga yoqilgʻi sifatida ishlatiladi.Uning oʻrtacha zichligi 0,525 g/sm3 ni tashkil qiladi. DST 20448-90 bo’yicha Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun mo’ljallangan suyultirilgan uglevodorodli gaz.
Oltingugurt
Oltingugurt tabiiy gaz tarkibidan ajratib olingan vodorod sulfidni (H2S) toʻgʻridan-toʻgʻri oksidlash jarayoni yordamida ishlab chiqariladi. Hosil boʻlgan oltingugurt granulalar koʻrinishida 25kg dan polietilen qoplarga qadoqlanadi. 25 kilolik polietilen yukxaltalarga qadoqlangan O'z DSt 127.1-93 bo’yicha granulalangan texnik oltingugurt.
Gaz kondensat
Gaz kondensati, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash natijasida ogʻir uglevodorodlarni ajratib olish natijasida hosil boʻlgan mahsulot boʻlib hisoblanadi. Uning oʻrtacha zichligi 0,715 - 0,735 g/sm3 ni tashkil qiladi. Gaz kondensatining sifati TSt 39.0-02:2004 tarmoq standarti talablariga asosan nazorat qilinadi. Gaz kondensati neftni qayta ishlash zavodlariga joʻnatiladi.
Tovar gazi
Tovar gazi, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash natijasida asosiy tarkibiy qismi metandan iborat boʻlgan gaz boʻlib hisoblanadi. Tovar gazning sifati Oʻz DSt 948:2016 standarti shartlari asosida nazorat qilib boriladi. Tovar gazi “Oʻztransgaz” AJning magistral gaz quvurlariga yetkazib beriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-yil Dekabr oyida "Qarshitermoplast" korxonasida polietilen quvurlarni bogʻlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
2008-yil
|