Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi




Download 93,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.01.2024
Hajmi93,25 Kb.
#142815
  1   2   3   4
Bog'liq
Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi - Vikipediya



Shoʻrtan gaz-kimyo
majmuasi
Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi —
Oʻzbekistondagi eng yirik gaz sanoati
korxonalaridan biri. "Oʻzbekneftgaz" milliy
xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi
unitar shoʻba korxona. Qashqadaryo
viloyatining Gʻuzor tumanidagi Shoʻrtan
shaharchasida joylashgan. 150 ga dan
ortiq maydonni egallaydi. Mahalliy
konlardan olinadigan gazni qayta ishlab,
organik sintez, polietilen, yoqilgʻi gazi,


suyultirilgan gaz, gaz kondensati,
donador oltingugurt, polietilen tagliklar,
polietilen plenkalar ishlab
chiqaradi.Mamlakatning eng yirik soliq
toʻlovchi 20 ta korxonasidan biri (2020)
SHoʻrtan GKM qurilishi 1998-yildan
boshlangan. "Oʻzbekneftgaz" milliy
xolding kompaniyasining mustaqillik
yillarida amalga oshirgan eng yaxshi
loyihalaridan va xalqaro hamkorlik
mahsullaridan biridir. 2001-yilda ishga
tushirildi. 2002-yil 15-avgustda birinchi
polietilen olindi.
Umumiy ma'lumotlar


Majmua qurilishida AQShning "ABB
Lummus Global", "Honeywell",
Germaniyaning "Fisher", "Ermafa",
Kanadaning "Nova Chemicals",
Italiyaning "Renco", "ABB Soimi",
Yaponiyaning "Mitsui", "Nisho Ivai",
Fransiyaning "Upedex", Rossiyaning
"Soyuzvneshtrans", VNIIGaz firma va
kompaniyalari faol qatnashdi.
Shuningdek, AQSH ning "Eksimbank",
"Cheyz Manxetten Bank", Fransiyaning
"Pariba", Germaniyaning "Kommersbank",
Yaponiyaning "Eksimbank", "Germes"
sugʻurta agentligi oʻz investitsiyalari bilan
ishtirok etdi. Majmuaning texnologiya
qismi gazni tozalash qurilmasi, polietilen


granula (donacha)lari ishlab
chiqaradigan zddan iborat.
Loyiha quvvatiga koʻra, majmua bir yilda
4,2 mlrd. m³gazni qayta ishlaydi, 125
ming t polietilen granulalari, 137 ming t
suyultirilgan gaz, 103 ming t gaz
kondensati, 4 ming t donador oltingugurt,
shuningdek, 4,2 mlrd. m³tovar gaz
(yoqilgʻi) ishlab chiqaradi. 2004-yilda 100
ming t polietilen, 85 ming t suyultirilgan
gaz, 88 ming t gaz kondensati, 2,6
mlrd.m3tovar gaz, 100 t oltingugurt
ishlab chiqarildi.
Majmua mahsulotining 60% dan ortigʻi
xorij — Ukraina, Rossiya, Qozogʻiston,


Boltiqboʻyi, Polsha, Vengriya, Avstriya,
Gretsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Xitoy va
boshqalar mamlakatlarga eksport
qilinadi.

Download 93,25 Kb.
  1   2   3   4




Download 93,25 Kb.
Pdf ko'rish