1996-yil 11-noyabr Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
ning
"Polietilen mahsulotlari ishlab
chiqaradigan Shoʻrtan gaz-kimyo majmui
qurilishi toʻgʻrisida" gi 395-sonli Qarori
qabul qilindi.
1998-yil 13-iyun Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
ning "Oʻzbekneftgaz
korporatsiyasi markasiy apparati
tarkibida Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi
Tarixi
qurilishi boshqarmasini tashkil etish
toʻgʻrisida" gi 249-sonli Qarori qabul
qilindi. Gʻuzorda majmua qurilishi
boshlandi.
1998-yil fevral "Oʻzbekneftgaz" MXK ABB
Lummus Global (
AQSh
), ABB Soimi
(
Italiya
), Mitsui & Co, Toyo Engineering,
Nisho Iwai Corp (
Yaponiya
)
kompaniyalaridan iborat konsorsium
bilan Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining
texnologik qismini "foydalanishga tayyor
holgacha" qurilishini amalga oshirish
toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
Loyihaning umumiy qiymati $500 mln. ni
tashkil qiladi, bu mablagʻning taxminan
yarmi xalqaro konsorsium ishtirokchilari
tomonidan moliyalashtiriladi.
2001-yil 21-dekabr Majmuaning rasmiy
ochilish marosimi oʻtkazildi. Marosimda
oʻsha paytdagi Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti
Islom Karimov
va yuqori
darajadagi ishtirok etdi.
2002-yil 30-iyul kuni majmuada
spesifikatsiyasiga koʻra birinchi polimer
etileni olindi. Loyihalash paytida majmua
yiliga 140 ming tonna etilen ishlab
chiqarishi rejalashtirilgan. 15-avgust kuni
UzClear savdo belgisi ostidagi birinchi
"oʻzbek" polietileni ishlab chiqarildi.
Loyihalash paytida majmua yiliga 125
ming tonna polietilen ishlab chiqarishi
rejalashtirilgan.