• MEMORANDUMI 2024 yil Ushbu Anglashuv Memorandumi 2024 yil 1- martda tuzildi Qarshi davlat universiteti nomidan
  • 1-modda. Hamkorlik maqsadlari
  • 2-modda. Hamkorlik sohasi
  • Shurtan gaz kimyo majmuasi




    Download 210 Kb.
    bet1/3
    Sana13.05.2024
    Hajmi210 Kb.
    #229827
      1   2   3
    Bog'liq
    2 5406944641150896546




    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


    va
    SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI” MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI


    o‘rtasidagi

    ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlik




    MEMORANDUMI

    2024 yil
    Ushbu Anglashuv Memorandumi 2024 yil 1- martda tuzildi
    Qarshi davlat universiteti nomidan Rektor Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich, bir tomondan, “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ nomidan, Bosh direktor Aslanov Shuxrat Chariyevich, ikkinchi tomondan. Keyingi o‘rinlarda birgalikda “Tomonlar” deb nomlanuvchilar, ta’lim va tadqiqot sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik va rivojlanishni maqsad qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qaroriga muvofiq mazkur Anglashuv Memorandumini (keyingi o‘rinlarda “Memorandum” deb yuritiladi) imzoladilar.
    1-modda. Hamkorlik maqsadlari

    Ushbu Memorandumning maqsadi kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Qarshi davlat universiteti tarkibidagi ta’lim muassasalarining talabalarini neft-gaz sohasiga bo‘lgan qiziqishini orttirish, talaba va professor-o‘qituvchilarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish va rivojlantirishdan iborat.




    2-modda. Hamkorlik sohasi
    2.1. Tomonlar quyidagi sohalarda o‘zaro anglashuvga erishdilar:
    2.1.1. Iqtidorli kadrlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish;
    2.1.2. Neft va gaz ishi sohasida to‘plangan tajribasini nazariy va amaliy bilimlar almashish orqali foydalanish;
    2.1.3. Qisqa muddatli o‘qitish yoki ma’ruzalar kurslari, kasbiy seminarlar, biznes o‘yinlar, treninglar, o‘qishning qiziqtirgan yo‘nalishi yoki ilmiy fanlar bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etish;
    2.1.4. Talabalar, ilmiy-pedagogik kadrlar yoki tomonlarning xodimlar uchun ishlab chiqarish, o‘quv laboratoriya, ilmiy amaliyotini yoki stajirovkalarini tashkil etishga ko‘maklashish;
    2.1.5. Ilmiy-pedagog kadrlar, xodimlar yoki mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlashni tashkil etish;
    2.1.6. Ishlab chiqarishni optimallashtirish va texnologik jarayonlarda yuzaga keladigan muammolarni birgalikda hal qilish uchun tomonlarning professor-o‘qituvchi kadrlar, magistrantlar, doktorantlar, olimlar va tadqiqotchilarini jalb etgan holda qo‘shma tadqiqot va ishlanmalarni o‘tkazish, jumladan, fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni amalga oshirish yoki qo‘shma loyihalarni tayyorlash;
    2.1.7. Mutaxassislar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma konferensiyalar, ma’ruzalar, davra suhbatlar o‘tkazishga ko‘maklashish;
    2.1.8. Talabalar va professor-o‘qituvchi kadrlarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda hamkorlikni mustahkamlash;
    2.1.9. Yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish va stimullashtirish maqsadida ommaviy yoshlar tadbirlarini o‘tkazish (tanlovlar, sport musobaqalari, ijodiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar);
    2.1.10. Muntazam ravishda ishonchli axborotlar misolida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, keyinchalik esa ilmiy maqolalarni yozish va nashr etish;
    2.1.11.Turli yo‘nalishdagi qo‘shma tadbirlarda mutaxassislar, talabalar va professor-o‘qituvchi kadrlar ishtirokini kengaytirish, iloji bo‘lsa, yuqori sifatli axborot almashish uchun ilmiy sinfni tashkil etish.

    Download 210 Kb.
      1   2   3




    Download 210 Kb.