• Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mavzuning o‘rganganlik darajasi
  • Mavzu: Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi. Reja: Kirish




    Download 223,02 Kb.
    bet1/12
    Sana09.12.2023
    Hajmi223,02 Kb.
    #114504
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    kurs ishi takrorlashga oid...



    MAVZU: Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi.

    Reja:
    Kirish.

    1. Takrorlash darslarining maqsad va vazifalari.

    2. Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

    3. Bo‘limlar yuzasidan takrorlash darslarini olib boorish.

    4. Takrorlash darslarini tashkil qilish yuzasidan dars ishlanmalari.

    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi:
    Mavzuning o‘rganganlik darajasi: Mavzu yuzasidan O‘zbekistonlik metodist olimlarning aynan takrorlash darslarini tashkil qilish bo‘yicha ilmiy ish jiddiy o‘rganilmagan. Lekin respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda takrorlash darslarini tashkil ettirilishiga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar mavjud. Biz ishimizni amalga oshirishda mavzuga oid tadqiqotlarga nazariy asos sifatida tayandik.
    Ta'lim tamoyillari ta'lim tizimi oldiga qo‘ygan talablardan kelib chiqadi, shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish o‘qitish tamoyillarini amalda to‘g'ri qo‘llash bilan bog'liq. Chunochi, ona tili darslarida bir tomondan umum didaktik tamoyillar, ikkinchi tomondan shu fanni o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillarini hisobga olishga to‘g'ri keladi. Umum didaktik tamoyillar garchand ta'lim muassasalarida o‘qitildaigan barcha fanlarga aloqador bo‘lsa-da, ammo u har bir fanning ichki tabiatidan, o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ta'lim muassasalarida o‘qitiladigan hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan didaktik tamoyillar: o‘qitishning o‘quvchiga ma'lumot berish, tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilganligi; o‘qitishning ilmiyligi va o‘quvchi uchun tushunarliligi; sistemalilik (yoki tizimlilik) va izchillik; nazariya bilan amaliyotning uzviy aloqasi; onglilik, faollik va mustaqillilik; ko‘rsatmalilik; o‘quvchilarga individual munosabatda bo‘lish va ularning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish kabi tamoyillar garchand umumdidaktik tamoyillar sanalsa-da, ammo ona tili o‘qitish nazariyasi va metodikasida ularning har biri o‘ziga xos mazmun kasb etadi. Ma'lumki, ona tilidan tashkil qilinadigan takrorlash darslarida izchillik va ketmaketlilik, uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga amal qilish muhim o„rin tutadi.Ushbu tamoyilga ko‘ra til bilimiga oid jihat o‘zaro aloqadorlikda, izchil va uzviy taqsimlanmog'i va o‘quv yillari mobaynida tadrijiy takomilda o‘rganilmog'i kerak.Ma‟lumki, izchillik va muntazamlilik uzviylik va uzliksizlik ta'lim jarayonining ma‟lum tizim va ketma- ketlik asosida bo‘lishini nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal etib bo‘lmaydi. Muntazamlilik va ketma-ketlilik, uzluksizlik u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtirish su'rati uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi. Takrorlash darslarini tashkil etishda o‘quvchiga beriladigan topshiriqlar va mashqlar mohiyati oddiydan murakkabga qarab borilishini ta'minlashjni taqazo etadi.

    Download 223,02 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 223,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi. Reja: Kirish

    Download 223,02 Kb.