• “Namoyish qilish” (demonstratsiya) usulidan
  • Qo‘llanilishi
  • “Guruh munozarasi” usuli
  • Modellashtirish (mashq qilish) usulining tavsifi




    Download 223,02 Kb.
    bet4/12
    Sana09.12.2023
    Hajmi223,02 Kb.
    #114504
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    kurs ishi takrorlashga oid...

    1.Modellashtirish (mashq qilish) usulining tavsifi. O‘qitishning bu usuli real hayotni qayta tiklash uchun olingan bilimni takrorlash uchun foydalaniladi. Qo‘llanilishi: -turli vaziyatlarda kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar hosil qilishda; -oddiy, murakkab mavzular bo‘yicha ko‘nikmalar va qaror qabul qilishni amalga oshirishda; -xavfli va kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatda boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlashda; — real hayotiy vaziyatlarda ilgari o‘rganilgan prinsiplarni qo‘llashda.
    Afzalligi: -o‘quvchilar faolligini ta’minlaydi; -eslab qolishni kuchaytiradi.
    Ona tili darslarida o‘tilgan mavzuni va olingan bilimni takrorlashda “Namoyish qilish” (demonstratsiya) usulidan foydalanish mumkin: -namoyish qilish, demonstratsiya-“ko‘rsataman, isbotlayman”, degan ma’noni anglatadi. Bu usulda o‘qituvchi topshiriqni bajarish tartibini o‘quvchilarga ko‘rsatadi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga topshiriqni mustaqil bajarish imkoniyati berilishi kerak.
    Qo‘llanilishi: -topshiriqni bajarilish tartibini ko‘rsatishda; -muammolarni hal qilish va analitik mohirlikka o‘rgatishda; -bilimlarni takrorlashni o‘rgatishda; Afzalligi: -o‘quvchi o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishi, tushunish va eslab qolishga yordam bera olishi, qiziqishni oshirishi, o‘qitishning juda faol shakli ekanligidan iborat.
    Ona tilidan takrorlash darslarida “Guruh munozarasi” usuli ancha samara beradigan usullardan biri hisoblanadi. O‘qitishning mazkur usuli o‘quvchilarning o‘zaro muloqot va fikr almashuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayan mavzu yoki savollar ishlab chiqiladi.
    Qo‘llanilishi: -qiziqishni kuchaytirish va o‘ylash, fikr yuritishga chorlashda, ma’ruza, o‘qish va boshqa usullarni takrorlashda, mashg‘ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda, muammoning ko‘zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda, yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda qo‘llaniladi. Bundan tashqari mavzu tushunarliligini baholashda, o‘quvchilarni kelgusi darsga tayorlashda ham samarasi bor.

    Download 223,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 223,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modellashtirish (mashq qilish) usulining tavsifi

    Download 223,02 Kb.